1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va Korxona rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab o’zoq muddatli istiqbolni belgilash;
2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish;
3) ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish;
4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
5) bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning o’zoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga to’zatishlar, yangi g’oyalar kiritish .
Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: «Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz ?» «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi Korxonaning yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini
beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning missiyasini anglatadi. Menejer o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko’rishini shakllantiradi.
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar
Strategiya to’zishga yondoshuvlar quyidagicha bo’ladi12:
1)Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi. Bunday xolda boshqaruvchi axvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi.
2)Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani to’zish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday xolda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardan to’zilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
3)Qo’shma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv o’rtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab chiqish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni ushalarning o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi.
4)Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan xam, «g’oyalar generatorlari» guruxini boshqarishdan xam manfaatdor emas. Bilaks, boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, ximoya qilish va xayotga tadbiq etish
uchun menejerlarni o’zlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo’lgan turt asosiy yondoshuvning birortasi xam eng yaxshi yondoshuv sifatida yo’zaga chiqmaydi. Ularning xar birini kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |