Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi. E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,
- o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,
-yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
-ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
-dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi. Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak.
Korxona strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Korxona strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |