Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


Respublikamiz tijorat banklarining kredit siyosati va kredit portfeli tahlili


Download 0.68 Mb.
bet11/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

2.2 Respublikamiz tijorat banklarining kredit siyosati va kredit portfeli tahlili
Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash bosqichida mamlakatimizdagi bank tizimining o'rni katta. Tijorat banklari kredit operatsiyalari bank daromadlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Shu sababli bank kredit portfelining sifat darajasini barqarorligini ta'minlash banklarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Tijorat banklari kredit portfeli sifatining pasayishi ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir qiladi, chunki kreditlash tijorat banklari uchun birlamchi ahamiyatga ega bo'lgan faoliyat turi hisoblanadi, muddati o'tgan kreditlarning kredit qo'yilmalari hajmidagi salmog`ining oshishi bankning likvidligini keskin pasayishiga olib keladi, tijorat banklari kredit portfelini samarali tarzda boshqarish ho'jalik sub'ektlarining kredit mablag`lariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Bank kredit portfeli, o’z tuzilishiga ko’ra, xilma xildir. Unda iqtisodiyotning turli sohalari qamrab olingan.
Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Tijorat banklarining jami aktivlari, kapitali va depozitlari miqdorining yuqoriligi investitsion loyihalarni moliyalashtirish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Banklarning kapitallashuv darajasining o’sishi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish, xususan, kreditlash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga mustahkam zamin bo’ldi.






Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling