Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


Download 0.68 Mb.
bet12/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

Tarmoqlar

2011

2012

2013

2014

2011yilga nisbatan

1.

Sanoat

41,38

45,25

47,73

48,12

6,74

2.

Qishloq xo’jaligi

11,3

9,5

9,31

8,39

-2,91

3.

Transport va kommunikatsiya

5,14

4,83

3,98

3,92

-1,22

4.

Qurilish

6,63

6,17

5,02

4,61

-2,02

5.

Savdo va umumiy ovqatlanish

10,63

9,76

9,75

9,93

-0,7

6.

Moddiy-texnikta’minotivamaishiyxizmat

3,33

3,11

2,5

1,98

-1,35

7.

Uy joy va kommunal xizmati

1,36

1,47

1,48

1,29

-0,07

8.

Boshqa tarmoqlar

20,24

19,91

20,23

21,76

1,52

Jadval ma`lumotlaridan shuni ko`rish mumkinki,kreditportfeliniiqtisodiyottarmoqlaribo’yichatarkibinio’rganadiganbo’lsak, bundasanoatgaberilgankreditlarningjamikreditportfelidagiulushi 2011 yil 41,3 %nitashkilqilganbulsa, 2012 yilda 45,25% ni, 2014 yildaesa 48,12 % tashkilqilib, 2011 yilganisbatan 2014 yilda 6,74 punktgako’paygan. Bu shundan dalolat beradiki, 2013 yilda jami kredit portfelining tarkibida sanoatning ulushi yanada ko’payib borayotganidan dalolat beradi. 2014 yilda qishloq xo’jaligi 8,39% ni, transport va kommunikatsiya sohasiga 3,92% ni, qurilish sohasiga 4,61% ni, moddiy-texnik ta’minoti va maishiy xizmat sohasiga 1,98% ni va boshqa sohalarga 21,76% ni tashkil qiladi. Kredit portfelida tarmoqlarning ulushi tahlili shuni ko’rsatadiki, 2011 yilga nisbatan 2014 yilda portfel ulushida sanoat 6,84 punktga ko’payib, qishloq xo’jaligi ulushi 2,91 punktga pasaygan. Qolgan tarmoqlarda ham jami portfelga nisbatan uncha katta bo’lmagan pasayish kuzatilgan.


Banklarning kredit portfeli bo`yicha tahlil qilganda shunga amin bo`lamizki, aksariyat banklar kredit portfeli o`sganligini ko`rishimiz mumkin. Jami kredit portfeli esa o`tgan yilga nisbatan 25,44 foizga oshgan va 17724378 mln so`mni tashkil qilgan. Bunda eng kata ulush TIF Milliy banki xissasiga to`g`ri keladi va u 26,06 foizni tashkil etadi. Jami kredit portfelining 70 foiziga yaqini dastlabki to`rtta bankga to`g`ri keladi. Tijorat banklari kredit siyosatidagi mavjud qator kamchiliklar, jumladan, kredit portfelini tarmoqlar bo`yicha kamchiliklar kredit limitlarini o`rnatishdagi kamchiliklar kredit risklarini oshishiga olib keladi.
Tijoratbanklario`zlariningkreditportfelisifatiniyaxshilashmaqsadidamijozlarnikreditlashningnafaqatindividualrisklarni, balkirisklarningbirqatorumumiykategoriyalarinihamqilishlarishart. Shuning uchun ham alohida mijozlarning kreditlash limitlari bilan bir qatorda, kredit riskiga uchrash darajasi bir qator umumiy kategoriyalarni ham tahlil qilishlari shart.
Banklarning investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari miqdori ham 2013-yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobardan ziyod oshib, 2014-yilning 1-aprel holatiga ko'ra 2,1 trln. so'mni tashkil etdi.
Mamlakatimiz rahbarining kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida qabul qilgan direktiv hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar oshib, joriy yilning 1 aprel holatiga ko'ra 2,1 trln. so'mdan oshib ketdi.
Jumladan, mikrokreditlar hajmi 444,2 mlrd. so'mni tashkil etib, bu ko'rsatkich ham 2013 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,3 barobarga ko'pdir. Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan kreditlar miqdori 2013-yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar oshib, 2014-yilning 1-aprel holatiga ko'ra 240 mlrd. so'mdan ortdi. Shuningdek, banklar yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga ham jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda. Xususan, 2014-yilning I choragida mazkur yo'nalishga 26,8 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilib, mazkur ko'rsatkich 2013-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod oshdi.
Mamlakatimiz banklarining barqaror holati, bank tizimiga bo'lgan ishonchning yildan-yilga oshishi hamda aholi real daromadlarining o'sib borishi aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini omonatlarga jalb qilishning mustahkam asosi bo'lib xizmat qilmoqda va pirovardida banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Xususan, ushbu ko'rsatkich 2013-yilning shu davriga nisbatan 30,5 foiz o'sib, bugungi kunda uning miqdori 26,2 trln. so'mdan oshdi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling