Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


III bob. Tijorat banklaridakredit bahosini takomillashtirish yo`llari va istiqbollari


Download 0.68 Mb.
bet15/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

III bob. Tijorat banklaridakredit bahosini takomillashtirish yo`llari va istiqbollari
Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning bittasi bank bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin.Shuni ta’kidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o‘zining emas, balki jalb etilgan mablag‘lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga olib keladi.

  • Kredit bahosidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo‘llaniladigan vositalar, choralar to‘plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:

  • foiz darajasini shakllantirish usullari;

  • foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari;

  • Markaziy bank tomonidan foiz me’yorlarini muvofiqlashtirish usullari;

  • foizlar bo‘yicha o‘zaro to‘lovlar va undirishlar tartibi;

  • foizni to‘lash manbalari;

  • qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o‘rtasidagi bog‘lanish;

  • kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda foizning o‘rni.

  • Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish maqsadiga bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv ustuvorlik namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlarigacha, ya’ni xo‘jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan davlatning xo‘jalik yuritish siyosatiga bo‘ysungan holda amalga oshgan. Bu siyosat o‘zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham o‘zgargan.

  • Foiz me’yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan quyidagilarni inobatga olish nazarda tutiladi:

  • Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko‘rsatkich, odatda, ta’minlangan ssudalar bo‘yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun o‘rnatiladi.

  • Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘.

  • Risk uchun qo‘shimcha quyidagi mezonlarga bog‘liq holda tabaqalashadi:

  • mijozning kreditga layoqatliligi;

  • ssudabo‘yichata’minotningmavjudligivaxarakteri;

  • berilayotgan kredit muddati;

  • bank bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning mustah-kamligi;

  • foiz to‘lovlari usullari;

  • kreditlash muddatlariga rioya qilish.

  • Bugungi kunda kredit bahosi quyidagi mexanizmlaridan foydalanilmoqda:

  • foiz darajasi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda subyektlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida o‘rnatiladi;

  • ssudalar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatishi kredit kelishuvlari amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya’ni:

  • – ssuda summasi va uni uzish muddati;

  • – ssuda ta’minotining mavjudligi;

  • – mablag‘larni jalb qilish sarflari;

  • – kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari;

  • – bankni rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati;

  • – mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi.

  • Kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash (o‘tkazish) turlicha bo‘lishi mumkin:

  • – aylanma mablag‘lari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi;

  • – asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag‘lari bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi.

  • Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari Markaziy Bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi. Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.

  • Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida kredit bahosini shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari qiymati, kredit darajasi riski darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, kreditga bo`lgan talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslangan. Rivojlangan mamlakatlarda bank amaliyotida kredit bahosini belgilash turli bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib borishadi. Chunki kredit bahosini bunday chuqur tahlil qilishdan asosiy madsad bank kredit operatsiyalarining samaradorligiga erishish va bankning strategik maqsadlarni amalga oshirish hisoblanadi.Xorijiy banklar amaliyotida kredit bahosini belgilashda bir qancha modellar belgilanadi. Xususan AQSH tijorat banklari amaliyotida kredit bahosini belgilashda foydalanilgan metodlar va modellarga to`xtalib o`tamiz. Kredit tizimi rivojlangan mamlakatlarda kredit bahosini belgilashda:

  • “Qiymat plyus” modeli;

  • “Baho yetakchiligi”modeli;

  • “Qiymat – foyda ” modeli.

  • Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishing oddiy modeli “Qiymat plyus” modeli bo`lib, bunda bank tamonidan jalb qilinadigan mablag`lar va kredit amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda kredit bahosi shakllantiriladi. Ushbu modelda quyidagi komponentlar hisobga olinadi va ularning yig`indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi:

  • bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb qilingan mablag`lar qiymati;

  • bajarilmasligi mumkin bo`lgan majburiyatlar riski darajasiga to`lov (bankning risk ustamasi);

  • kredit bo`yicha bank marjasi yoki bankning oladigan minimal daromadi;

  • bank operatsion xarajatlari, kredit boshqarmasi xodimlarining oylik ish haqlari, kreditni rasmiylashtirish, kredit monitoring va kreditni so`ndirishi bilan bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar.

Ushbu ma`lumotlar asosida quyidagi formula orqali ifodalaymiz38:


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling