Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


–jadval Xalqaro bank amaliyotida kredit bahosi shakllantirishda


Download 0.68 Mb.
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)

12–jadval

  • Xalqaro bank amaliyotida kredit bahosi shakllantirishda

  • qo`llaniladigan modellarning afzalligi va kamchiliklari39

    • Model nomi

    • Afzalliklari

    • Kamchiliklari

    • “Qiymat plyus”

    • Kreditlash amaliyotidagi barcha xarajatlar hisobga olinadi va kredit bahosi aniq o`rnatiladi.

    • Boshqa kreditorlar tamonidan raqobat omilining hisobga olinmasligi

    • “Baho yetakchiligi”

    • Foiz risklarini boshqarish imkoniyatini beradi.

    • Bazida kredit risklarining ortishiga olib kelishi minkin

    • “Qiymat – foyda ”

    • Bank risklarini optimal boshqarish mumkin va bankning mujoz bazasini oshiradi

    Texnik jihatdan murakkab usul, barcha omillarni hisobga olish va ko`p vaqtni talab etadi.

  • “Qiymat – foyda ” modeli asosida kredit stavkasini o`rnatish. Bu model kredit foiz stavkasini o`rnatishga yondashuv “mijozning daromadliligi tahlili”nomi bo`lgan konseptsiyalarning bir yo`nalishi hisoblanadi. Taxlil obyekti mijozdan keladigan daromadlar hisoblanib, bank mijozidan olinadigan kredit foizlaridan tashqari daromad keltiradigan boshqa manbalar ham tahlil qilinadi. Mijozdan olinadigan bank daromadlariga kredit foizlari,majburiyatlar bo`yicha komission haq, vositachilik haqi va ma`lumotlar taqdim etishdan olinadigan daromadlar kiritiladi.

  • Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosida yuzaga keladigan bir necha muommolarni bartaraf etsak maqsadga muofiq bo`lar edi:

    • asosiy muommalardan biri mamlakatimizda kredit siyosati kredit bahosi mijozlarning toifasiga va kreditalash usullariga qarab tabaqalashtirilmagan;

    • amaliyotda aksariyat hollarda kreditlash jarayonida kreditlar bahosi mijozning kredit tarixiga mos ravishda shakllantirilmaganligicha qolmoqda;

    • kreditlash jaroyonida mijozlarning to`lov qobiliyatini baholash tizimida kamchiliklar mavjud;

    • kredit bahosi belgilashda uning foiz stavkasi nisbatan past, lekin tijorat banklari tamonidan qo`shimcha to`lovlar foiz stavkasi esa balandligicha qolmoqda:

    , mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq quyidagi muammolarni alohida ko’rsatib o’tish zarur:
    - aholi ayrim toifasining to’lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi;
    - olingan kreditlarning ko’pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
    - tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo’yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
    - banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
    - iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining sun’iy ravishda oshirilishi.
    Kredit bahosi bilan bog`liq ushbu muommolarni bartaraf etish uchun quyida keltirilgan taklif va mulohazalarni e`tiboringizga taqdim etamiz. Aminmizki, ushbu takliflar kredit bahosining ijobiy o`zgarishiga olib keladi.

    1. Yuqoridagi keltirib o`tgan modellardan kelib chiqib, O`zbekiston bank amaliyotida ham ularni qo`llashni tavsiya etamiz. AQSH bank tizimida uchbu modellar orqali kredit bahosi mexanizmi ancha samarali faoliyat yuritib kelmoqda:

    • avvalo, bankning jalb qilingan resurslar bahosi, kreditladh amaliyoti xarajatlari va yetarli foyda marjasini ta`minlaydi;

    • yana bir tarafdan, bank mijoz bazasini mustahkamlab, uning kredit xizmatlari bozoridagi faolligini oshiradi.

    Shularni inobatga olib, tijorat banklarida kredit bahosi iqtisodiy asoslanishi, ya`ni bank mijozi va bank manfaatlarini hisobga olgan holda yo`lga qo`yish lozim.
    Tijorat banklarida kredit bahosining asosini tashkil qiluvchi jaln qilingan majburiyatlarga to`lanadigan foiz xarajatlarining jami xarajatlar tarkibidagi ulushi, uning tarkibini optimallashtirish, tahlil qilish va samarali boshqarish zarur. Chunki tijorat banklarining barqaror moliyaviy resurslarga ega bo`lishi bank majburiyatlarining tuzilmasiga bog`liq. Banklar avvalo, kredit bahosini chiqarishda kredit xizmati tannarxini hisobga olmasdan shakllantirilishi banklar faoliyati natijalarining zarar bilan yakunlanishiga, ayrim hollarda bankrotlik holatlarini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olib, tadqiqot natijasida shunga amin bo`lamizki, kreditlash amaliyotida bankning kreditlash bilan bog`liq xarajatlari, birinchidan bankning jalb qilingan resurslar bahosini hisobga olish lozim ekan.

    1. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli chalkashliklarning bartaraf etish darkor.

    Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Masalan, OATB “Asabank” da jismoniy shaxslarga beriladigan ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish uchun 200 ming so`m miqdorda, OATB “Qishloq qurilish bank” da ushbu davrdagi eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida haq olinadi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin. Axir mijoz belgilangan kredit foizini to`lasa-yu, buning ustiga yana qo`shimcha haq to`lasa. Bizningcha, uchbu vositachilik haqlari kredit bahosi tarkibida inobatga olinsa kerak. Bunday qo`shimcha to`lovlarning undirilishi mijoz tomonidan to`lanadigan to`lovlarning oshishiga olib kelmoqda. Bu esa mijozning moliyaviy ahvoliga yanada ta`sir qiladi. Tijorat bankalari tomonidan kreditlar bo`yicha qo`shimcha to`lov va yig`imlarning joriy qilinishi qonuniy man etilmagan. Lekin, bank tijorat tashkiloti sifatida daromad olishni ko`zlab, mijozlar manfaatiga qarshi faoliyatni amalga oshirmasligi zarur.
    Shuni ta`kidlash kerakki, mamlakatimiz banklari depozit va kredit operatsiyalariga doir muddatlar va shartlar, foiz stavkalari, mukofotlar va yig`imlar to`g`risida o`z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari darkor. Tijorat banklari raqobatni ta`minlaydigan bahoni shakllantirish tizimiga o`tishlari lozim.
    Bu tajribani Rossiya Federatsiyasining bank amaliyotidan o`rganish maqsadga muofiqdir. Federatsiyaning “Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni himoyalash to`g`risida” gi qonuniga muofiq, bank xizmatlari bo`yicha bahoning o`rtacha bozor bahosidan o`n foizgacha o`zgarish yuz bergandabank faoliyati Monopoliyaga qarshi Federal xizmat tomonidan nazoart amalga oshiriladi.

    1. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibiniyo`lga qo`yish.

    Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi. Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim.
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to`g`risidagi axborotlarni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga muoviq, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida Kredit axboroti milliy instituti tashkil qilindi. Bu muassasa tijorat banklarining kredit operatsiyalari va ularning qarzdorlari to`g`risidagi axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, saqlash va ularni taqdim etish bilan shug`ullanadi. Kredit axboroti milliy instituti tashkil qilinishi bilan banklarda qarz oluvchi mijozlar kredit tarixini o`rganish orqali kredit risklarini aniqlash imkoniyati yanada oshdi. Tijorat bankalari o`z mijozlarining kredit tarixini tahlil qilishi va olingan natijalardan kreditlash jarayonida foydalanishi juda zarur hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, banklarimiz mijozning kredit tarixini baholash va kredit bahosini shakllantirishda hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz.

    1. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish.

    Mamlakatimiz rahbari o`z maruzalarida “Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishnirag`batlantirishga alohida e`tibor qaratishni ta`kidlaydilar. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institsional islohatlarni yanada chuqurlashtirishni o`z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kreditlar jamg`armasining resurs bazasini 2 barobar oshirish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag`larni to`ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi”40 deya e`tirof etgandilar.
    Shundan kelib chiqqan holatda, inqirozga qarshi choralar dasturida ko`zda tutilgan ichki talabni qondirish uchun kredit foiz stavkasi barqaror bo`lishi zarur. Bu esa Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik darajasini oshirishni taqozo etadi. Lekin mamalakatimizda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastikligi past. Markaziy bank qayta moliyalash kreditlari hajmini oshirish va qayta moliyalash stavkasini pasaytirish tijorat banklarining likvidlilik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bizningcha, Markaziy bank qayta moliyalsh stavkasi inflatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasidan va foiz marjasining me`yoriy darajasidan kelib chiqib o`rnatilishi kerak. Buning natijasida, tijorat banklari taklif etayotgan kreditlar bahosi yanada tushishiga zamin yaratiladi.
    Yuqorida olib borilgan tahlillarga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati tijorat banklari kreditlash amaliyotiga sezilarli ta’sir etuvchi omillardan hisobilanadi. Ayniqsa, qayta moliyalash siyosati banklarning kreditlash salohiyatini va kredit taklifini oshirishga ijobiy ta’sir qiladi.
    O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2006 yildan hozirgi kunga qadar barqaror o’zgarishsiz qolmoqda. Bu tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ammo, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining bunday holati bank tizimiga va shu orqali xo’jalik sub’ektlari faoliyatiga ijobiy ta’sir qilmaydi. Mazkur holat Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik darajasi past ekanligini ko’rsatadi va ushbu holda Markaziy bank qayta moliyalash siyosati orqali iqtisodiyotga va sub’ektlar faoliyatiga ta’sir o’tkaza olmaydi. Chunki, O’zbekiston Respublikasi bank amaliyotida qayta moliyalash kreditlari amalda berilmaydi. Bu esa o’z navbatida Markaziy bankning banklar faoliyatiga va ularning kreditlash imkoniyatlariga ta’siri yo’q ekanligini ko’rsatadi.
    Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi va banklarning kredit potentsialiga bevosita ta’sir etadi.

    1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim.

    Buning natijasida:
    birinchidan, tijorat banklarining kichik biznes sub'ektlarinikreditlash bilan bog`liq bo'lgan kredit riskining darajasi kamayadi;
    ikkinchidan, kichik biznes sub'ektlarining berilgankreditlarni qaytarish imkoniyati oshadi, chunki, foiz stavkasikreditning bahosi hisoblanadi. Foiz stavkasining pastligi kichikbiznes sub'ektlarining kreditlar bo'yicha foiz to'lovlari yukiniengillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kredit riski darajasining pasayishi esa, tijorat bankining kredit zararlarini qoplashga mo'ljallangan zaxira ajratmalari miqdorining kamayishiga olib keladi.

    • 6. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi.

    • Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyasini ta’minlash lozim. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o’sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlarini baholash tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.

    • Mijozlarning kreditlarni o’z vaqtida foizlari va asosiy qarz summalarini qaytara olishi ularning kredit to’lov qobiliyati darajasiga bog’liq. Mijozning kreditga layoqatligini tahlil etish va aniq baholash bankning kreditlash samaradorligini oshiradi.

    • Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

    • - bank mijozlarining to’lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan kredit bo’yicha riskni boshqarish usullarini belgilash;

    • - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya’ni qishloq xo’jaligi, sanoat, savdo, aloqa va boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to’loviga layoqatlilikni baholashni joriy etish;

    • - banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlarini baholashda faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma’lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.











    • Xulosa

    • Ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda tijorat banklarining o`rnini bundanda mustahkamlash, har bir operatsiyada banklarning ahamiyati o`ziga xosligi, bank – mijoz o`rtasidagi o`zaro ishonchning mustahkamligi, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo`lgan talabini vaqtida ta`minlash, bu borada ularga imkoniyatlar yaratish, kredit bahosini kredit siyosati bandida alohida ko`rib chiqish zarurligini belgilab berdi. Kredit bahosi bilan bog`liq muammolarni o`z vaqtida aniqlagan holda, mijozlarga ilochi boricha arzon kreditlar bilan ularni rag`batlantirib, bank aktiv operatsiyalariga ijobiy ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. Shuni to`g`ri tushunishimiz lozim, bizning mamlakatimiz bank amaliyotida bir qancha muommolar bor, bunday muammolarga hech birimiz ko`z yummasligimiz kerak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatdiki, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida har qanday yo`l bilan mijoz ishonchini oqlash, ularni ilochi boricha bank xizmatlaridan foydalanishga rag`batlantirish, “bank - mijoz uchun” shiorini doim tushurmasligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Chunki, bankning barqaror rivojlanishi mijozlar manfaatlarining ustuvorligi bilan belgilanadi.

    • Mamlakatimizda tijorat banklari kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari juda keng bo'lib, ulardan samarali foydalanishga erishish milliy iqtisodiyotning rivoji va aholining turmush darajasini yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

    • Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari yildan-yilga o’sish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o’sishini ta’minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.

    • 2014-yil davomida Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shu jumladan, iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabini bank kreditlarini ajratish hajmlarini kengaytirish hisobiga to'liq qondirish, bank hizmatlaridan foydalanish shart-sharoitlarini soddalashtirish va arzonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda qayta moliyalash stavkasining 2 foiz bandga tushirilganligi tijorat banklarining foiz siyosatiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shuningdek, respublikadagi mavjud makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik ham kreditlar va depozitlar bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z ijobiy aksini topdi.

    • Birgina 2012 yilning o’zida bank tizimining resurs bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida banklarning jami kapitali mazkur yilda 24,3 foizga o’sib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so’mni tashkil etgani, natijada tijorat banklarining umumiy aktivlari o’tgan yilga nisbatan 8,3 trln. so’mga yoki 30,2 foizga oshib, 35,7 trln. so’mga etgani va banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qoldig’i esa 4,7 trln. so’mga yoki 30,2 foizga oshib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 20,4 trln. so’mni tashkil etgani yuqoridagi fikrlarimizni yaqqol isbotlab turibdi.

    • Xususan, depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan 7,7 foizgacha pasaydi. Bunda jismoniy shahslar depozitlari (talab qilib olinguncha depozitlar hisobga olinmagan xolda) bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,8 foizdan 8,0 foizgacha, yuridik shahslar depozitlari bo'yicha esa yil boshidagi 7,4 foizdan 5,5 foizgacha pasaydi.

    • Shu bilan birga, banklararo pul bozorida o'rtacha foiz stavkasi yil davomida 1,0 foiz bandga pasayib, 9,0 foizni tashkil etdi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish bilan bog’liq harajatlarning qisqarishi mos ravishda kreditlar bo'yicha foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi. Bunda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4 foizdan 10,5 foizgacha, imtiyozli kreditlarni hisobga olmagan xolda esa 14,3 foizdan 12,5 foizgacha pasaydi.

    • Lekin, respublikamiz tijorat banklari kreditlash salohiyatini oshirish va unga belgilanadigan baho sifati bilan bog`liq bir qator muammolar ham ko’zga tashlanmoqda. Respublikamiz tijorat banklarida kreditlash faoliyati bilan bevosita bog’liq va ularning kreditlash salohiyatini oshirish bilan bog’liq asosiy muammolar quyidagilar:

    1. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlanishida diversifikatsiya darajasining pastligi, ya’ni mamlakatning qator tijorat banklarida kredit portfelini diversifikatsiyalash talabiga rioya etilmayotganligi;Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar xususiyati tahlili shundan dalolat beradiki, respublikamizda bank kreditlarining asosiy qismi sanoat tarmog’iga ajratilgan kreditlar hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa banklarda tarmoq riskini keltirib chiqaradi.

    2. Aholi ayrim toifasining to’lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi;

    3. Olingan kreditlarning ko’pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;

    4. Tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo’yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;

    5. Banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;

    6. Iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining su’niy ravishda oshirilishi;

    7. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko’rsatkichlarini baholash tizimining takomillashmaganligi;

    8. Respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining mustahkam emasligi va beqarorligi;

    Olib borilgan tahlillar natijasida respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining zaif ekanligi va etarli uzoq muddatli resurs bazasiga ega emasligi aniqlandi. Mamlakatimiz tijorat banklari brutto depozitlari tarkibida talab qilib olingunga qadar depozitlar ulushining xalqaro amaliyotdagi me’yorlardan yuqori ekanligi bir tarafdan resurs bazasi zaifligidan dalolat bersa, boshqa tarafdan bankning likvidlilik ko’rsatkichlariga salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Shuning uchun yurtimiz banklari ko`proq muddatli depozitlar jalb qilib, kelajakda kredit operatsiyalarining prognoz ko`rsatkichlarini ijobiy holatga olib kelishi mumkin.
    Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotini va ularning kreditlash salohiyatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

    1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim.

    2. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi.

    Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyasini ta’minlash lozim. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o’sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlarini baholash tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.

    1. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish.

    2. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibini yo`lga qo`yish.

    Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi. Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim.

    1. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli chalkashliklarning bartaraf etish darkor.

    Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz.
    Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit bahosi mexanizmining tartibga solinishi, ularning kreditlash salohiyatinining barqarorlashiga, banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi faolligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi degan umiddamiz.
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling