Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
qarori
tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Sudlar kredit summalarini muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi talabning yo‘qligi kredit summasi va foizlarni muddatidan oldin undirish haqidagi talablarni qanoatlantirishni rad etish uchun asos hisoblanmasligini e’tiborga olishlari lozim. (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda) 5. Qarz oluvchilar (qarzdorlar)ning kreditlarni qaytarmaganlik uchun kredit tashkilotlari oldidagi javobgarligi doirasini aniqlashda sudlar qarz tarkibiga kreditning yoki uning bir qismining summasi, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit shartnomasida belgilangan hajmda boshqa to‘lovlar (komissiyalar) kirishidan kelib chiqishlari zarur. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit tashkiloti tomonidan qarz oluvchi (qarzdor) bankning pul mablag‘laridan amalda foydalangan butun davri uchun, hatto aktiv (kredit/qarz) o‘stirmaslik maqomiga o‘tkazilgan taqdirda ham, pul majburiyatlarini kechiktirish davrini qo‘shgan holda hisoblanishi mumkin. 6. Kredit mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, garov, kafillik shartnomalari hamda kafolat, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlardan tashqari, ularni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida tegishli da’volar mavjud bo‘lgan taqdirdagina haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi asosiy majburiyatning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi. 7. FKning 114-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra qarz (kredit) shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda sudlar qarz mablag‘laridan foydalangan taraf kreditordan olgan mablag‘larini qaytarishi, shuningdek ulardan foydalangan hamma davri uchun FKning 327- moddasiga muvofiq foizlar to‘lashi lozim ekanligini hisobga olishlari kerak. 8. Kredit summalari va foizlarni qaytarish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilganda bir vaqtning o‘zida kredit shartnomasida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan neustoyka ham undirilishi mumkin, agar uni undirish talab qilingan bo‘lsa. Kredit shartnomasida taraflar tomonidan kreditni qaytarishni kechiktirganlik (kredit majburiyatini buzganlik) uchun yuqori foiz turi sifatida belgilangan javobgarlik uzluksiz joriy sanksiya hisoblanadi. 9. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kredit majburiyatlarining ijrosi kechiktirilgan davr uchun neustoyka (penya va jarima shaklida) yoki majburiyatlarning bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlamaganlik uchun oshirilgan foizlar belgilanishidan farqli o‘laroq, kredit shartnomasida mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi muddati kredit tashkiloti tomonidan uzaytirilgan taqdirda kreditdan foydalanganlik uchun foiz ustamasining oshirilishi (ko‘paytirilishi) nazarda tutilishi mumkin. Kredit shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzni (yoki asosiy qarzning bir qismini) qaytarish muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun to‘lanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar shaklidagi javobgarlik bo‘lmay, sudlar tomonidan unga kredit mablag‘laridan foydalanganlik uchun shartnomaviy to‘lov shakli sifatida qaralishi lozim. Muqaddam kechiktirilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun (majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun) javobgarlik choralari sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Agar kredit shartnomasida majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llashni talab qilishga haqlidir. 10. FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda FKning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak. Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling