Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
Oldingi
tahrirga qarang. Kredit shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi kredit tashkilotini kredit shartnomasini bekor qilish paytidan boshlab qaytarish kuniga qadar pul mablag‘laridan foydalanilgan butun davr uchun FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni olish huquqidan mahrum qilmaydi. (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda) Agar shartnomada qarz to‘lovining kechiktirilganligi munosabati bilan foizlar miqdori oshirilishi belgilangan bo‘lsa, qarz mablag‘laridan foydalanganlik uchun to‘lov oshirilgan stavka miqdori FKning 327-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq shartnomada belgilangan boshqa foizlar miqdori deb hisoblanishi lozim. FKning 736-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan, qarz summasini qaytarishni kechiktirish munosabati bilan undiriladigan foizlar, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun qaytarish kuniga hisoblangan foizlarsiz ushbu summaga hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Agar da’vogar tomonidan FKning 327-moddasiga asosan foizlarni undirish va aynan shu qonunbuzilishi uchun neustoyka undirish haqida talablar bildirilgan bo‘lsa, sud o‘z xohishiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralaridan birini qo‘llashi va talabni yoki foizlar undirish qismi bo‘yicha, yoxud neustoyka undirish qismi bo‘yicha qanoatlantirishi mumkin. (10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 10 . Sudlar e’tiborga shuni olishlari lozimki, agar qarz shartnomasiga ko‘ra qarz beruvchi qarz oluvchidan foizlar olish huquqiga ega bo‘lsa, lekin shartnomada foizlar miqdori belgilanmagan bo‘lsa, foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarz summasi berilgan kundan qaytarilgan kungacha bo‘lgan davrda belgilangan qayta moliyalash stavkasi miqdorlari bo‘yicha undirilishi kerak. (10 -band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan kiritilgan) 11. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar kredit mablag‘larining tegishli summasiga va shu mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlarga to‘lanadi. Sudning boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlarni qarzdordan undirish to‘g‘risidagi qarori foizlar hisoblangan pul summasi, shuningdek tegishincha da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab hisoblangan foizlar summasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. 12. Kredit shartnomasi shartlarining kredit tashkiloti tomonidan buzilganligi munosabati bilan yuzaga kelgan zararni undirish yuzasidan qarz oluvchilarning da’volari bo‘yicha nizolarni ko‘rishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, majburiyatlar buzilishi oqibatlariga: da’vogar tomonidan olinmay qolgan mulk va pul mablag‘lari; ko‘rilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda); da’vogar amaldagi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq umid qilishga haqli bo‘lgan boshqa mulkiy huquqlar kiritilishi mumkin. Da’vogar zararni undirish uchun majburiyatlarning buzilishi holatini, yo‘l qo‘yilgan buzilish va yuzaga kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjudligini, shuningdek talab qilinayotgan zararlar (olinmay qolgan foyda) miqdorini isbotlashi kerak. Sudlar zararni qoplashda majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yoki bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararlar miqdorining oshishida kreditor yoki qarz oluvchining aybi bor-yo‘qligini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilmasligidan kelib chiqqan zararni kamaytirish choralari ko‘rilgan- ko‘rilmaganligini tekshirishlari lozim. 13. Qonun hujjatlarining mazmuniga ko‘ra, qonun bo‘yicha har qanday haqiqiy majburiyat garov bilan ta’minlanishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishiga yo‘l qo‘yiladigan har qanday mol-mulk (korxona, bino, inshoot, jihoz, boshqa ishlab chiqarish jamlamalari, qimmatbaho qog‘ozlar, pul mablag‘lari, mulkiy huquqlar va hokazo) garov narsasi bo‘lishi mumkin. 1 1 Shu bilan birga, garov huquqi shartnoma bilan garovga qo‘yuvchining mulki (to‘la xo‘jalik yuritishi)ga kelgusida qo‘shiladigan mol-mulkiga ham tatbiq etilishi mumkin. Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. 14. Sudlar garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan kreditni qaytarish va foizlarni to‘lash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda kredit tashkiloti va garovga qo‘yuvchi o‘rtasida mustaqil garov shartnomasi shakliga ega yoki kredit shartnomasiga tarkibiy qism bo‘lib kirishi mumkin bo‘lgan yozma garov shartnomasi mavjudligini aniqlashlari kerak. Oxirgi holatda kredit shartnomasining tarkibidagi garov majburiyati FKning 271-moddasi va “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida belgilangan garovning zarur huquqiy shartlarini o‘z ichiga olishi lozim. Kredit shartnomasining tarkibiga kiritilgan garov majburiyati, agar qonun hujjatlarida bunday shartnomalarni ro‘yxatga olish nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli mol-mulk garovi shartnomasini ro‘yxatga olish tartibi kabi ro‘yxatga olinishi kerak. 15. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, garovga qo‘yuvchining operativ boshqarish huquqida bo‘lgan mol-mulk (ko‘char va ko‘chmas) faqat mulkdorning roziligi bilan kreditorga (garovga oluvchiga) garovga berilishi mumkin. Xo‘jalik yuritish huquqi asosida shaxsga biriktirilgan mol- mulkka undiruvni qaratishda, sudlar garovga qo‘yuvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarining mulkdor yoki u tomonidan vakolat berilgan organ bilan mol-mulkning alohida turlari garovini kelishish haqidagi talablariga rioya etilganligini tekshirishlari zarur. Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar, shuningdek qonun hujjatlarining garov shartnomasiga nisbatan qo‘yiladigan boshqa talablariga taraflar tomonidan rioya etilmasligi manfaatdor tarafning da’vosi bo‘yicha uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi va kredit shartnomasidagi majburiyatlar bo‘yicha garov narsasiga undiruvni qaratishga yo‘l qo‘ymaydi. Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling