Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini


Download 111.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.01.2023
Hajmi111.12 Kb.
#1123284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13 150-сон 22.12.2006

(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli 
qaroriga
asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
24. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, garovga oluvchiga
berilgan garov narsasiga undiruvni qaratish tartibi garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq
belgilanadi. Shu bilan birga, bunday shartnomaning predmeti faqat ko‘char mol-mulk bo‘lishi
mumkinligi hisobga olinib, shartnomada garov narsasiga nisbatan undiruvni qaratish shartlari
belgilanmagan bo‘lsa, bunday holda garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratishning
umumiy qoidasi qo‘llanilishidan kelib chiqish lozim.
25. FKning 48-moddasi 
birinchi qismiga
muvofiq yuridik shaxs o‘z majburiyatlari bo‘yicha
o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
FKning 281-moddasi 
yettinchi qismiga
ko‘ra, agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan
tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga yetarli bo‘lmasa, u qonunda yoki
shartnomada boshqacha ko‘rsatma bo‘lmaganida, yetishmayotgan summani garovga asoslangan
imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, kreditorning asosiy shartnoma bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan
garovga beruvchiga talabi garov narsasining sotilishidan tushgan summa bilan chegaralanadi,
Oldingi
 tahrirga qarang.
26. Sudlar undiruvni garov narsasiga qaratish to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rishda shundan kelib
chiqishlari kerakki, garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish
huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud
universal huquqiy vorislik tartibida garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov
huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan
mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda
boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno (FKning 284-moddasi
birinchi qismi
). Bunda, agar garovga oluvchi bilan kelishuvda o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lmasa,
garovga qo‘yuvchining huquqiy vorisi garovga qo‘yuvchining majburiyatlarini oladi. Garovga
qo‘yuvchining mulklari bir necha shaxsga o‘tganda huquqiy vorislarning har biri garovga qo‘yilgan
mol-mulkning unga o‘tgan miqdoriga mutanosib ravishda garov majburiyati bo‘yicha javob beradi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Garov narsasining bu mol-mulk ishonib topshirilgan shaxs tomonidan qonunga xilof
ravishda, shu jumladan kreditor (garovga oluvchi)ning roziligisiz tasarruf etilishi natijasida unga
zarar yetkazilganligi holati aniqlanganda sudlar qonunda belgilangan tartibda choralarni ko‘rishlari
lozim.


(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli 
qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, kreditor qarzdordan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun
qarzni qaytarish kuniga kadar hisoblangan foizlarni undirish va uning undiruvini garov narsasiga
qaratish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqli.
Bunday holda, agar boshqa sud qarori bilan kredit qarzdorligini undirish garov obyektiga
qaratilgan va u belgilangan tartibda realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, sud da’voning foiz undiruvini
garov narsasiga qaratish talabini qanoatlantirishi mumkin.

Download 111.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling