Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini


Download 111.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana25.01.2023
Hajmi111.12 Kb.
#1123284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13 150-сон 22.12.2006

Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, FKda belgilab qo‘yilgan asoslar bo‘yicha o‘z-o‘zidan
haqiqiy bo‘lmagan garov shartnomasi bo‘yicha ham manfaatdor tarafning uni haqiqiy emas deb
topish haqida talab bildirgan yoki bildirmaganidan qat’i nazar kredit shartnomasidagi
majburiyatlar bo‘yicha undiruvni garov narsasiga qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli 
qaroriga
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
16. Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov
bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unda garovga
qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi shart (FKning 271-moddasi
birinchi qismi
).
Garovga qo‘yuvchi asosiy majburiyat bo‘yicha qarz oluvchi bo‘lgan hollarda, agar garov
shartnomasida asosiy majburiyatni tartibga soladigan va tegishli shartlarni o‘z ichiga olgan
shartnomaga havola qilish ko‘rsatilgan bo‘lsa, garov bilan ta’minlangan majburiyatning mohiyati,
miqdori va bajarish muddatlari to‘g‘risidagi shartlar kelishilgan deb tan olinadi.
Garov to‘g‘risidagi shartnomada garovga qo‘yilgan mol-mulkning xususiy alomatlari haqidagi
ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, bunday shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
17. Ko‘char mol-mulk yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlar garovi bilan bog‘liq nizolarni hal
etishda, bunday garov shartnomasi garov bilan ta’minlanadigan shartnoma FKning 271-moddasi
beshinchi qismiga
muvofiq notarial shaklda tuzilishi shart bo‘lgan hollardagina notarial
tasdiqlanishini inobatga olish lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli 
qarori
tahririda)
18. FKning 272-moddasi 
to‘rtinchi qismiga
muvofiq, bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir
vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud
uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga
qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini
bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Nizolarni hal etishda inobatga olish lozimki, mazkur qoida bino yoki inshootni garovga
qo‘yuvchi sifatida qatnashayotgan shaxs tegishli yer uchastkasining mulkdori yoki ijaraga oluvchisi


bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Agar garov narsasi hisoblangan bino yoki inshoot garovga qo‘yuvchining umrbod egaligida
va foydalanuvida bo‘lgan yer uchastkasida joylashgan bo‘lsa, ipoteka shartnomasi FKning 272-
moddasi 
to‘rtinchi qismiga
 asosan qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak (FKning 271-moddasi 
oltinchi
qismi
, “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
12-moddasi
).
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
19. Garov majburiyatlari bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar garov bo‘yicha munosabatlar
garov to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan
hollarda esa — u ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishini hisobga olishlari kerak.
Ayni vaqtda shartnomaga yoki qonunga asosan garov narsasi garovga oluvchida bo‘lishi
lozim bo‘lsa, garov huquqi garov narsasi berilgan paytdan va agar bunday topshirish shartnoma
tuzilgunga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.
20. Agar garov majburiyati bilan bog‘liq nizoni ko‘rishda javobgar tomonidan umumiy mulk
huquqi asosida tegishli bo‘lgan garov narsasining barcha mulkdorlari roziligi olinmaganligi bois
garovni haqiqiy emasligi haqida e’tiroz bildirilsa, sud tegishli talabni taqdim etish huquqini
tushuntirishi lozim.

Download 111.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling