Oldingi
tahrirga qarang.
43 . Sudlar kredit shartnomalari bo‘yicha asosiy qarz va boshqa to‘lovlarni sug‘urta
tashkilotidan undirish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sug‘urta
shartnomasida belgilangan
sug‘urta hodisasi haqiqatda sodir bo‘lganligi, bu holatni tasdiqlovchi
dalillarning mavjudligi va
qonuniyligiga e’tibor qaratishlari lozim.
(43 -band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan)
44. Sudlarga kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlashga oid
qonun hujjatlarining tatbiq etilishi bilan bog‘lik amaliyotni
muntazam umumlashtirish,
kredit
munosabatlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi hollariga xususiy ajrim va taqdimnomalar
bilan munosabat bildirib borish lozimligi uqdirilsin.
Toshkent sh.,
2006-yil 22-dekabr,
13/150-son
1
1