Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli
qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan) 27. Sudlar inobatga olishlari lozimki, garovning bekor bo‘lish asoslari quyidagilar hisoblanadi: garov bilan ta’minlangan majburiyatning bekor bo‘lishi; FKning 274-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganida garovga qo‘yuvchining garovni bekor qilish haqidagi talabi; garovga qo‘yilgan ashyoning nobud bo‘lishi yoki garovga qo‘yilgan huquqning bekor bo‘lishi, agar garovga qo‘yuvchi FKning 276-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo‘lmasa; garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosida sotilishi, shuningdek uni sotish mumkin bo‘lmagan taqdirda (FKning 283-moddasi birinchi qismi 4-bandi ). Oldingi tahrirga qarang. garovga oluvchi Fuqarolik kodeksi 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan) Shu bilan birgalikda garov boshqa asoslar bo‘yicha xam bekor bo‘lishi mumkinligini inobatga olish lozim. Xususan: garov shartnomasining bekor qilinishi munosabati bilan; garovga oluvchidan garov narsasining jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun jinoyat yoxud huquqbuzarlik predmeti sifatida olib qo‘yilishi munosabati bilan; majburiyat bo‘yicha garov bilan ta’minlangan qarzning garovga qo‘yuvchi kredit tashkilotiga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bildirmaganida boshqa shaxsga o‘tkazilishi munosabati bilan; garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish jarayoni undiruvni garovga qo‘yilgan mol- mulkka qaratishning suddan tashqari tartibida tugaganda va boshqalar. 28. Kafillik — uchinchi shaxsning boshqa shaxs kreditori oldidagi mazkur shaxsning kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlari bo‘yicha to‘la yoki qisman javobgar bo‘lish majburiyatidir. Kafillik shartnomasi boshqa shaxsning kreditori va kafil o‘rtasida tuziladi, Kafillik shartnomasi bo‘yicha majburiyatning mazmuni qarzdor asosiy majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda kafilning qarzdor bilan birga kreditor oldida javob berish majburiyati hisoblanadi. 29. Kafillik alohida shartnoma bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek kafillik to‘g‘risidagi shartlar ular bilan qaysi shartnoma majburiyatlari ta’minlanayotgan bo‘lsa, shu shartnomaga kiritilishi mumkin. Bunday holda shartnoma kreditor, qarzdor va kafil tomonidan imzolanadi. Ayni paytda sudlar e’tiborga olishlari lozimki, kreditorning (bank yoki boshqa kredit tashkilotining) vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, qarzdor va kafil o‘rtasida tuzilgan kafillik shartnomasi uch tomonlama bitim hisoblanishi mumkin. 30. Qonunga muvofiq qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda eki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa (FKning 293-moddasi birinchi qismi ). Asosiy majburiyat bo‘yicha qarzdorning javobgarligiga nisbatan kafil majburiyatining solidarligi kreditorning asosiy majburiyat bo‘yicha ham qarzdorga, ham kafilga, ham birgalikda, ham alohida, ham to‘la, ham qarzning qismiga nisbatan o‘z talablarini taqdim etishga haqli ekanligini anglatadi. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar, qarzni undirib olish bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘rgan boshqa zararlarni to‘laydi. Kreditor tomonidan da’vo bir vaqtning o‘zida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalarni qo‘llash lozim bo‘lgan hollarda, bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak. Kreditorning kafilga nisbatan da’vosini ko‘rishda asosiy qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish haqida kafilning iltimosnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud bunday iltimosnomani qanoatlantirishi shart. Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling