Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
Oldingi
tahrirga qarang. Shuningdek, agar garov majburiyati bilan bog‘liq nizoni ko‘rishda garovga qo‘yuvchi garovda bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa majburiyatlarni ta’minlash uchun berganligi aniqlansa (navbatdagi garov), sudlar ushbu shaxsni ishni yuritish va nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirish huquqi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan) 21. Garov majburiyatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda shuni ham hisobga olish zarurki, qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) qonun hujjatlariga muvofiq garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirish olish huquqiga boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozga ega bo‘ladi. Garov narsasi bo‘lgan mulkni garovga oluvchining egaligiga topshirish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi har qanday kelishuvlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek garov bilan ta’minlangan majburiyatning voz kechish haqi yoki yangilanishi sifatida malakalanishi mumkin bo‘lgan kelishuvlar bundan mustasno (FKning 342 , 347- moddalari ). Oldingi tahrirga qarang. 22. Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga muvofiq garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da’vosiga ko‘ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. (22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda) Sudlarning e’tibori qaratilsinki, “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37- moddasining birinchi qismiga muvofiq, ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin o‘z talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, yoxud ipotekaga qo‘yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli, ko‘rsatilgan moddaning uchinchi qismida sanab o‘tilgan, talablarni qanoatlantirishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. 23. Undiruvni garov narsasiga sud tartibida qaratishda sudning qarorida garovdagi mol- mulkning nomi, joylashgan joyi ko‘rsatilishi lozim. (23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19- dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. (23-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24- dekabrdagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan) Oldingi tahrirga qarang. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish bahosi sud qarori bilan belgilanmaydi. Shunga ko‘ra, agar da’vo arizasida garovga qo‘yilgan mol-mulkning kim oshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlang‘ich sotish bahosini belgilash haqida talab mavjud bo‘lsa, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ushbu mol-mulk garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinishi to‘g‘risida tushuntirish berishi lozim. Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling