Kulyozma xukukida
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Download 321.4 Kb.
|
Adabiyotlar tahlili 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo’lajak dasturchilarni “Upgrade”ga asoslangan foydalanuvchi interfeysini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vositalar ustuvorligini ta’minlash orqali kasbiy faoliyatga yo’naltirib o’qitishning axboriy-didaktik ta’minoti matematik tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlar integrasiyasi asosida takomillashtirilgan; bo’lajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-funksional komponentlari (mazmunli, texnologik, tashhislash) mazmuni motivasion-maqsadli, metodologik yondashuvlar ( kompetentli, faoliyatli, kreativ) asosida ishlab chiqilgan; fizik jarayonlarni matematik modellashtirish, sonli usullarda dasturlash, tadqiqotlar olib borish, pedagogik dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish orqali dasturiy injiniring ta’lim yo’nalishi talabalarining loyihaviy-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (“Loyihalash”, “Qisman izlanishli”, “Tadqiqotchilik”) dasturiy interfeys asosida takomillashtirilgan; talabalarni loyihalash, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi dasturiy injiniring mutaxassisligiga xos sifatlarini va kasbiy faoliyat turlariga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlarini (reproduktiv, qisman izlanishli, kreativ) pedagogic dasturiy mahsulot vositasida statistik tahlilni vizuallashtirish imkoniyatlari takomillashtirilgan. Azizova Gulnoza Ganijanovna. Oliy ta’lim muassasalari professor- o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish(ingliz tili materiallari misolida) Ped. fan. bo’y. falsa. dokt. .Diss. Samarqand-2019.-139 b Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy kompetentlik elementlari (ijtimoiy faollik, qadriyatlilik, ochiqlik, o’ziga xoslik, uzluksizlik) tarkibini belgilash asosida aniqlashtirilgan; ingliz tili materiallari asosida o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini rivojlantirish mazmuni interfaol yondashuvni (kommunikativ, kreativ, faollik) leksik va fonetik layoqatni rivojlantirish jarayoniga intensive qo’llash orqali takomillashtirilgan; ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish bosqichlari (reproduktiv, ijodkorlik, madaniyatshunoslik) ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar tuzilmasiga kiritish asosida takomillashtirilgan; ingliz tilini o’rgatishda lingvistik, sossiolingvistik, pragmatic, nutqiy, leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti axborot- kommunikasiya, til muloqoti muhiti, o’yinlar, mualliflik yondashuvi, kompyuter resurslari ta’sirini darajalash asosida takomillashtirilgan. Ernazarova Gulnora Oblaqulovna. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish. Ped. Fanlari doktori(DSc). Diss. Toshkent-2018. -235 b Download 321.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling