Kurs ishi bajardi: 20. 15 guruh talabasi B. Fozilova Ilmiy rahbar: M. Ahmedov. Farg‘ona-2022 mundarija


Download 252 Kb.
bet11/17
Sana13.02.2023
Hajmi252 Kb.
#1194577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Barno Kurs ishi - для слияния

Hamirga botirib qovurilgan baliq
Masalliqlar me’yori: baliq 1 kg, 2 ta tuxum, un 80g.. sut yoki suv 80g., o'simlik yog', tuz ta’bga ko'ra.
Tozalangan baliqni suyaklaridan lahmi ajratilib, to'g'n to'rtburchak shaklida kesib olinadi, tuz sepib yarim soat qo'yib qo'yiladi. Hamir tayyorlab, ya'ni klyar tayyorlanib baliq bo'laklarini oshpaz ignasi yoki sanchqi yordamida botirib olinadi va qizdirilgan ko'p yog'da qovuriladi. Qovunsli 3-5 daqiqa davomida olib boriladi. Baliq yuzi bir tekis sarg'ish qobiq hosil qilgandan so'ng suzib olinib, yog'i silqitiladi. Tayyor pishgan baliqlarni 3-4 donadan likopchalarga solinib, dasturxonga beriladi. 7.3. Baliqni yopib pishirish Duxovkada yopib pishirish uchun barcha turdagi juda katta bo'lmagan daryo va dengiz baliqlari ishlatiladi. Mayda baliqlar butun holda, yirik baliqlar esa bo'laklarga bo'lib, yopib Iste’molga tayyorlanadi. Yopilgan baliqlarni maxsus tovalarda yoki ovalsimon uzunchoq laganlarda dasturxonga tortiladi.
Duxovkada yopilgan baliq
Masalliqlar me ’yori: sudak balig'i 2 39g., yoki xek 254g., treska 161 g., kartoshka 160g., ui-voq4g., margarin 11g. Chiqishi 350g.
Baliqqa birlamchi ishlov berilib, lahmi terisi bilan ajratiladi va bo'laklarga bo'linadi. Tayyorlangan baliq lahmini maxsus yog'langan tovaga terilib, tuz va murch sepiladi. Qaynatib sovutilgan kartoshkani po'stini tozalab, parraк parrak qilib to'grab, baliqning atrofiga teriladi, uning ustidan urvoq sepiladi va eritilgan margarin yoki sariyog' quyiiadi. Baliqni duxovkada 250-280°C da qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha 15-20 daqiqa davomida yopiladi. Pishgan baliqni tovaning o'zida ustiga ko'katlar sepib dasturxonga tortiladi.
Baliq kotleti
Masalliqlar me’yori: baliq 110g.,tolqon12g., non 24g., suv 32g., kartoshka 220g., sariyog' 10g.
Birlamchi ishlov berilgan baliqni suyak va qiltanoqlaridan ajratib, go'sht qiymalagichdan o'tkaziladi. Bo'lka non suvda bo"ktirilib qiymalangan baliq go'shtiga aralashtiriladi. tuzi rosalanadi, ziravorlar qo'shiladi va yaxshilab pisintiladi. Tayyorlangan kotlet massasidan 60g dan uzilib kotlet shakli beriladi va non tolqonida bulanadi. Tayyorlangan kotletlar tovada qizdirilgan yog'da ikki tomoni qizartirilib qovurib olinadi. So'ngra duxovkada 5-7 daqiqa yetiltirib pishirib olinadi. Hamir uchun kartoshkadan pyure tayyorlanadi. Dasturxonga berishda likopchaga pyure solinib, yoniga 2 tadan kotlet qo'yilib, ustiga sariyog' qo'yib beriladi.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling