Kurs ishi bajardi: 20. 15 guruh talabasi B. Fozilova Ilmiy rahbar: M. Ahmedov. Farg‘ona-2022 mundarija


Baliqni qaynatib, dimlab pishirish


Download 252 Kb.
bet9/17
Sana13.02.2023
Hajmi252 Kb.
#1194577
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Barno Kurs ishi - для слияния

Baliqni qaynatib, dimlab pishirish
Qaynatib pishirish uchun barcha turdagi baliqlardan foydalaniladi. Qaynatib pishirganda liiar, pishka, dengiz okuni, stavrida, tunes, kainbala mazali bo'ladi. Navaga, putasu, skumbriya baliqlari esa ma/ali bo'linaydi. Baliqni butun holda yoki bo'laklarga ajratib terisi bilan qaynatiladi. bunda terisining ikki - uch yeridan kesib qo'yiladi. shunda bo'laklarning shakii o'zgarmaydi. Qozonga baliqni terisini yuqoriga qilib bir qator teriladi va ustiga qavnoq suvni 1-2 sm baliq bo'laklaridan vuqori turadigan qiiib qo'yiladi. Baliq qaynatilavotgan suvga to'g'ralgan piyoz, sabzi. tuz solinadi. hir qaynab chiqgandan so'ng. past olovda mildiratib qaynatiladi. O'rtacha hajmdagi bo'laklarga ajratilgan baliqni 15-20 daqiqa qaynatiladi. Baliqni pishganligini oshpaz ignasi yoki sanchqi bilan aniqlanadi. agar u baliq tanasiga oson kirsa urida baliq tayyor bo'lgan hisoblanadi. Pishgan baliqni polyakcha. smetanali sardaklar bilan tortiladi. Garnir sifatida qaynatilgan kartoshka yoki kartoshka pynresi beriladi. Dimlash shunisi bilan farqlanadiki, baliqqa ishlov berish jarayonida ko'p miqdorda ziravor va dorivorlar qo'shiladi. Dimlashdan oldin baliq bolaklarini qovurib olinadi. Tayyorlangan baliq qozonga solinib, sho'rva yoki qayla quyiladi, so'ngra turli xil xushbo'y ziravorlar, dorivorlar qo'shiladi va qopqog'i /ich yopilib past olovda dimlanadi. Kambala. \ek, skumbriya. stavrida, sardin baliqlari dimlanganda mazali bo'ladi. Dimlangan baliqni likopchalarga 2-3 bo'lakdan solinib, dasturxonga tortiladi.
Baliqni qovurib pishirish
Qovurish uchun hamma turdagi baliqlami ishlatish mumkin. Leshch, sazan, vobla, xek. salaka kabi baliqlar qovurilganda juda mazali bo'ladi. Qovurilayotgan baliq yuza qismida jigarrang qobiq liosil qiladi. Qobiq qovurilgan mahsulotlarga xos bo'lgan xushbo'y mazaga ega bo'ladi. Baliq tarkibidagi moddalarni, yog'ini saqlab qolish va idish tubiga yopishmasligi uchun unga bulanadi. Bulash uchun quyidagilardan foydalaniladi: 1. Unli talqon-bu elangan un. 2. Oq talqon - bu qotgan non talqoni. 3. Lezon - bu ham tuxum ning tuzli suv yoki sut bilan aralashmasidir. 1 dona tuxumga yarim stakan suv yoki sut, 2-4g tuz solib aralashtiriladi. 4. Klyar - bu yuqori navli unga sut yoki suv, tuxum, tuz qo'shib tayyorlangan suyuq hamir. Un va sutning nisbatini I:I qilib olinadi, har 1 choy qoshiq unga 1 dona tuxum solinadi. Hamirga tuxum sarig'i qo'shiladi. Tuxum oqi alohida ko'pirtiriladi va tayyor hamirga solinadi. So'ngra hamirni 15-20 daqiqa sovuqxonaga tindirish uchun qo'yiladi.
Baliq tez pishiriladi va sog'lom, juda mazali mahsulotdir. Bularning barchasi uni kechki ovqat uchun ajoyib tanlov qiladi. Uni tayyorlashni tezroq va osonroq qilish uchun siz bir nechta foydali sirlarni bilishingiz kerak.
To‘la ishlov berilib, yeyishga tayyor bo‘lgan mahsulot oshpazlik mahsuloti deyiladi. Qovurilgan, qaynatma, qo‘yilma, yopilgan, dulma baliq, kotletlar, ilvira, seld qiyma, sosiska, baliq moylar, baliq unidan qilingan mahsulotlar va boshqalar oshpazlik mahsulotlariga kiradi.Qaynatma baliq, osyotr baliqlar turlaridan tayyorlanadi. U sellofanga uralgan burdalar shaklida chiqariladi. Bunday ba­liq go‘shti yumshok, lekin uvalanmaydigan va unda qaynatma ba­liq ta’mi bo‘lishikerak.
Qovurilgan baliq karplar, treska baliqlar, okean baliqlari oilasiga kiradigan va yangi tutilgan yoki muzlagan ba­liqlardan tayyorlanadi. Usimlik moyida qovurishdan oldin baliq tilimlanadi, yuviladi, burdalab to‘g‘raladi, urvoqda bulanadi. Urvoq tariqasida un, suxari yoki ularning aralashmasi ish­latiladi. Qovurilgan baliqning rangi och jigar rang bo‘ladi, bulama qobigi kuchib turmasligi kerak.
Qo‘yilma baliq osyotr baliq zotlaridan, ela, dengiz olabugasi va boshqa baliqlardan tayyorlanadi. Tozalangan baliq burdalari qaynatib pishiriladida, ustiga shu baliqning boshidan va suzgichlaridan tayyorlangan bulon qo‘yiladi. Baliq chiroyli ko‘rinishi uchun formalarga yaproqlangan limon, sabzi, qattiq pishirilgan tuxum solinadi. Bulon qotganda jelesi zich va tiniq chiqishi, baliq burdalari esa butun bo‘lishikerak.
Yopilgan baliq mayda baliqlardan, boshqa baliqlar maydasidan, selddan va boshqa baliqlardan qilinadi. Baliq pechlarda butunligicha yopiladi. Rangi och kulrangdan jigar ranggacha, ta’mi va hidi esa yopilgan baliq bo‘lishi kerak.
Dulma baliq cho‘rtandan, sladan tayyorlanadi. Oldin baliq qiyma q linib, unga non, piyoz va ziravor qo‘shiladi. Keyin qiyma sellofanga solib, qaynatib pishiriladi. Baliqning konsistensiyasi zich, qiltanoqsiz, baliq burdalarisiz va bushliq joylarisiz bo‘lishikerak.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling