Tajavuzkor Chag’dash uch kun o’tib o’lgandi
-Alloh seni eshitdi!-deya menga otildi.
-Nima bo’ldi?-dedim.
-Chag’dash o’lik topilibdi!
O’libdi degan so’zini eshitib turib ketdim. Dugonamni sochlariga yopishdim.
-To’g’risini gapir, -dedim. Ortiq na tasalliga, na ovutishga bardoshim bor.
-To’g’risini aytyapman, -dedi. Uyidan o’ligi topilibdi. Doktorlar zaharlanganini aytishdi.
Lekin aslida nimadan o’lganini bilmayman.
Shu on ilk marotaba:”Sen borsan, sen buyksana, Allohim”, deya hayqirgim keldi. Go’yo
butun shaharni kezib, buni hammaga aytgim keldi. Men bir dagriy qiz edim. Bu mening
falsafamga zid edi. Ammo bo’lgan hodisa esa, chin haqiqat edi. Go’yo kimdir menga
qilingan bu zulmni his qilmagandek…Endi buning kimligi muhim emas. Muhimi bu zolim
va benomus kishining o’limi va shu shaklda qasd olganimdir. Joyimda o’tirgancha
ho’ngrab yig’lay boshladim. Bu yangi bir hayajonning, bir nafratning, bir intiqomning
ko’zyoshlari edi. Yana maktabga qaytdim. O’sha kuni janozasi qoldirilgandi. Tobutni
maktabga keltirib tantana qilishdi. Qilgan numossizligini hech kim bilmasdi. Minbarga
chiqqan har bir o’quvchi uning fazilatini, harakatchanligini va namunali o’quvchi
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |