Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 guruh bilan bo’lsak, buni qo’ldan chiqaramiz. Uchinchi maslahatim shuki: Hayotda bir umidi bo’lgan, zafar istagan, huzur va baxtiyorlik qidirgan inson, o’zini o’rganadi, o’z qadrini va borliqni kashf etadi. Bulardiz zafarlarga erishi o’tkinchi va lazzatsizdir. Har kuni o’zimizga shu savolni berishimiz lozim. ”Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim?Qayoqqa ketyapman? Bu dunyoni va butun borliqni bizga xizmatkor qilib yaratgan qudrat sohibi bizdan nimani istaydi? Dunyoni kashf qilishga intilgan, sir- sinoatlarini o’rganmoqchi bo’lgan inson o’zligini qanchalik bilarkin?Atrofning, hayotning va insonlarning fe’li, nuqsonlari bilan qiziqqan kishi, o’z fe’li, nuqsonlarini qay darajada bilarkin? Bu mavzuga shunday qarash ham mumkin: Tongda uyqudan turib o’zimiz bilmagan sirli bir olamda, koinot bilmagan bir burchakda, hech ma’lum bo’lmagan jonzotlar ichida ekanimizni ko’rsak, hech narsa bo’lmagandek, hayotimizni davom ettira olamizmi? Ha, ko’z ochganimizda o’zimizni begona bir olamda ko’rdik. Tasodiflar bilan to’la ro’yolar olami bu. Quyoshning bunchalar go’zal chiqib, chiroyli botadigan boshqa bir koinot yo’q biz bilgan olamda. Har soniyada o’n minglab tonna suvni havoga parlanib, yana yerga qaytishi, samoda bir-birlarida go’zal jonzotlarning qanot qoqishi, zamini rango-rang gilamlar bilan bezalgan, osmoni nurli yulduzlar bilan bezangan boshqa bir joy yo’q. Sharsharalar shu yerda, tog’lar shu yerda. Dengizlar, tekisliklar, cho’llar, muzliklar shu yerda. Atrofimiz milyon xil jonzotlar bilan to’la. Shunaqa dunyoga keldik. Yohud keltirildik. Yillardan bir yil, kunlardan bir kun to’satdan bu yerda ko’z ochdik. Keyin yana, biz umid qilmagan va istamagan bir paytda bu ro’yolar o’lkasini ham tashlab ketamiz. Mana, dunyo va koinotni sirlari bilan aloqador ishlar. ”Bular nima? Qanday bo’lgan? Nega yashyapti?” kabi o’nlarcha savollarni kuniga necha marta o’zingizga berib:”Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim? Qayoqqa ketyapman? Mening borligimni sababchisi kim?” deya so’rayapsizmi? Inson, avvalo, o’zini tanishi, o’zini so’roq qilishi va o’zi bilan aloqador muammolarga javob qidirishi kerak emasmi? Bu insoniylikni ilk sharti emasmi? Inson shoshma-shosharlik, bezovtalikdan qutulishi, nima va kimligini tushunishi uchun shu va shunga o’xshash savollarga javob topishi kerak. Kimligini bilmagan va o’zini tanimagan kishi hayotda qanday huzur topadi?Qanday baxtli bo’ladi?. . . Afsus men uning gaplarini tinglab, tushunadigan ahvolda emasdim. Ruhim-dunyoyim ostin-ustun edi. Bu jiddiy mavzular havoda qolib, yuragimga, ongimga yetib kelmasdi. Hasta kishiga eng lazzatli taomlar keltirsangiz, uni ishtaha bilan yeya oladimi? Bu jiddiy mavzular men uchun huddi shunday edi. Men o’qituvchining maqsadini bilardim. Yahshi banda bo’l, Alloh buyurganini qil. Yo’qsa, baxtli bo’lolmaysan, demoqchi. Ammo bu mavzuga e’tirozim bor. Zero, mening ishim ham unga mos. Ma’qul bo’lmagan gapni hech qachon tinglamasdim. Natija nima bo’lsa bo’lsin, bahslashardim. Shu sababli bunday guruh bilan ko’p tortishardim. Ularning gaplari ma’qul bo’lmadimi, shartta e’tiroz bildirardim. Hozir bu o’qituvchining gaplariga ham e’tirozim bor edi. Juda ko’p. Ammo meni shunday nazokat bilan mehmon qilishdiki, bir kuddat ilk marotaba “ayb bolar” deb o’yladim. Demakki, o’sha payt endi-endi “ayb” tushunchasi ham borligini bilayotgandim.
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling