L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova
T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni»
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
44679-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Aholi nufusi qonuni»
T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni».
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ilgan. Uning asosiy asarlari « Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820) hisoblanadi. Tadqiqot predmeti – ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‘li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini aholining o‘sishi bilan bog‘lashga harakat qilingan. «Aholi nufusi qonuni» Muallifning xulosa qilishicha, aholi o‘sishi, agar u ongli suratda cheklanmasa, unda kambag‘allik, urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to‘xtatib turiladi. T.Maltus aholining tez o‘sish sur’atini pasaytirish maqsadida kambag‘allarning nikohdan o‘zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif qiladi. Lekin uning o‘zi ham o‘z tavsiyalarining to‘g‘riligiga unchalik ishonmagan. T.Maltus o‘z nazairyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o‘ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o‘sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog‘liq bo‘ladi. U berishi mumkin bo‘lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo‘lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo‘jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‘sishi, aholining soni esa geometrik progressiyada o‘sishi mumkin. T.R.Maltus «Nufus qonuni»ning matematik ifodasi Aholining o‘sishi Geometrik progressiya 1,2,4,8,16,32,64,128… (2 barobar kup buladi) Tirikchilik vositalarining o‘sishi Arifmetik progressiya 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,… (absolyut miqdorga oshib boradi) 200 yildan so‘ng Aholining o‘sishi 256 marta Tirikchilik vositalari 9 marta 300 yildan so‘ng Aholining o‘sishi 9096 marta Tirikchilik vositalari 13 marta T.Maltus hisobidan shu narsa kelib chiqadi: agar yer kurrasi aholisi sonining o‘sishi cheklanmaydigan bo‘lsa, u chog‘da odamlar dahshatli ocharchilikka duch keladilar. Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg‘uli, eng ma’yuslisi hisoblanadi. Maltus «doktrinasi» avvalo, uslubiy jihatdan xato edi, chunki insonlar 38 o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Qolaversa, ingliz olimi o‘lim darajasiga e’tibor bermagan (o‘lim darajasi bilan aholining ko‘payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‘sishi tug‘ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan. Chunki tug‘ilishning kamayishiga ta’sir etuvchi sabab urbanizatsiya – ya’ni jamiyatning rivojlanishida shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar hayot tarzi ko‘p bolali oilalarning ko‘payishini keltirib chiqarmaydi. Agar qishloqda bola yoshligidan yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‘z tarbiyasi uchun katta mablag‘ va vaqt sarflashni talab qiluvchi iste’molchi hisoblanadi. Biroq, Maltus g‘oyalarida bir qancha ijobiy fikrlar ham mavjud. 21 asr boshida planetamizda 6 mlrd.dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‘sish tez bo‘lib, aholining 75% shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. BMT ma’lumotiga ko‘ra hozir dunyoda 1 mlrd. 400 ming kishi kambag‘al. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon andozasi»ga «ko‘tarish» uchun resurslardan foydalanishni 50 baravar ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling