Labaratoriya ishi-4 ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) vakillari bilan tanishish kerakli materiallar


QOQIO‘TNAMOLAR QABILASI (Asterales), QOQIDOSHLAR OILASI


Download 0.9 Mb.
bet4/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-KURS BOT SIS LAB- 4, UZ

QOQIO‘TNAMOLAR QABILASI (Asterales), QOQIDOSHLAR OILASI
(Asteraceae yoki Compositae)

Kerakli materiallar: kungaboqar (Helianthus annuus), qoqio‘t (Taraxacum officinalis), mingyaproq (Achillea millifolium), bo‘tako‘z (Centaurea depressa) kabi o‘simliklar gerbariy namunalari va spirtda fiksirlangan gullari.




Umumiy tushuncha

Qoqio‘tnamolar qabilasi yopiqurug‘li o‘simliklar bo‘limi ichida nihoyatda keng tarqalgan va xilma-xil turlarga ega bo‘lib, 20-25 mingga yaqin tur va 1300 ga yaqin turkumga ega.


Ko‘pgina turkumlar ekologik sharoitga nisbatan o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega. Qoqidoshlar asosan o‘t o‘simliklari bo‘lib, ba’zi vakillariginachalabuta, tropik mintaqalaming tog‘lik hududlarida buta va daraxt vakillari ham uchraydi. Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan. Poyaga ketma-ket yoki qarama-qarshi, ba’zan mutovka holda joylashgan.


Oilaning o‘ziga xos belgisi to‘pgullarining savatcha shaklida bo‘lishidir. Sa- vatchalar ko‘pincha bir gulga o‘xshab ko‘rinadi. Ba’zi vakillarida savatchalar kam bo‘lsa, ular qalqon yoki ro‘vak to‘pgulga to‘planib, savatchalar bargchalar bilan o‘ralgan bo‘ladi.


Gullari juda ham xilma-xil bo‘lib, ba’zilari yirik, ko‘zga yaxshi tashlansa, ba’zilari esa mayda, rangsiz bo‘lib, ko‘zga tashlanmaydi. Kosachabarglar tugun- chaga qo‘shilib o‘sgan, erkin qismi esa reduksiyaga uchragan yoki tukchalarga ay- langan, ba’zi vakillarida esa 5 ta tishcha shaklida saqlangan. Tojibarglari esa o‘zaro tutashib tilchasimon, naychasimon, voronkasimon va soxta tilchasimon shakllarda- gi gultojlami hosil qiladi. Changchilar soni 5 ta bo‘lib, o‘zaro tutashgan.Urug‘chisi ta mevabargdan hosil bo‘lgan, tugunchasi ostki, mevasi - pista (66-rasm).


Naychasimon gultojibarglari naycha shaklida qo'shilib o‘sib, naychaning yuqori qismi kengaygan, beshta tishli, egilgan erkin tojbargchali. Guli aktinomorf, ikki jinsli (kungaboqar savatchasining o‘rta qismida joylashgan gullar), ba’zan bir jinsli. Gul formulasi:


Ca(5)0Co(5)A(5)G(2)


Tilchasimon gulning ham ostki qismida juda kichik kalta naycha bo‘lib, yuqori qismi tilchasimon 5 ta tishcha bilan tugallanadi. Guli zigomorf, ikki jinsli. Bunga misol qilib qoqio‘t, sachratqi kabilami olish mumkin. Gul formulasi C(5)0 Co(5) A(5) G(2).





  1. Voronkasimon gullar tuzilishi jihatdan naychasimon gullami eslatadi. Farqi tojibarglar naychani yuqori qismida voronkasimon kengayganligidir. Tishchalar soni 5 tadan ko‘p. Gullar jinssiz (changchi va urug‘chiga ega emas), bun- day gullar savatchalar chetida joylashgan bo‘ladi (bo‘tako‘z). Gul formulasi: Ca(5)0 Co(5-7) A (0) G(0

Soxta tilchasimon gullar 3 ta tojibargdan hosil bo‘lib, zigomorf, ko'pincha urug‘chiga


masalan, kungaboqar savatchasining atrofidagi (chetidagi) gullar. Gul formulasi:


Ca(5)0Co(3)A0G(2).


Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar asosida oila 2 ta oilachaga bo‘linadi. Naycha- guldoshlar (kungaboqar, bo‘ymodoron, o‘lmaso‘t, shuvoq kabi turkum vakillari) va tilchaguldoshlar (qoqio‘t, sachratqi kabi turkum vakillari).





Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling