Loladoshlar va piyozdoshlar oylasi.
Kerakli materiallar: lola (TuJipa) va liliya (Lilium) kabi turkum vakillari ger- bariysi va tirik obyektlar. Boshqa oila vakillari bilan taqqoslash maqsadida chuch- momadoshlar oilasining ba’zi bir turkum vakillari (chuchmoma - Amaryllis, nar- gis - Narcissus).
Umumiy tushuncha
Sinfni birurug‘pallalilar deb atalishiga asosiy sabab murtagining bir urug‘palla- ga ega bo‘lishidir. Sinf 3000 turkum va 63000 ga yaqin turga ega bo‘lib, asosan, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklari, oz bo‘lsa-da, daraxt, buta va liana shakllari ham mavjud. Bu sinfning ko‘pchilik vakillari noqulay sharoitga yer ostida ildizpoya, piyozbosh, tugunaklar hosil qilib moslashgan (geofitlar), o‘ta namgarchi- lik va botqoqlikda o‘sishga moslashgan geliofitlar; namsizlikka (qurg‘oqchilikka) moslashgan kserofitlar va qisqa muddat ichida o‘z taraqqiyot davrini o‘tkazadigan efemerlardir
Lolanamolar qabilasi 20 yaqin oilaga ega bo‘lib, ular xilma-xil ekologik muhitda uchraydi. Ko‘pchilik vakillari ko‘p yillik o‘t o‘simliklaridir. Gullari yirik, ochiq rangli, ikki jinsli, asosan aktinomorf, 3 a’zoli bo‘lib, 5 doirada joylashgan. Gul qo‘rg‘oni tojsimon, ba’zi vakillaridagina kosachasimon bo‘lishi mumkin. Androtseyi 6 ta erkin changchilardan iborat bo‘lib, 3 tadan 2 doirada joylashgan. Ginetseyi sinkarp, asosan, 3 ta mevabargdan hosil bo‘ladi. Tugunchasi 3 uyali bo‘lib, ustki (chuchmomadoshlar va sapsardoshlar oilasidan boshqa).
Mevasi - ko‘sak (chanoq), ba’zi vakillaridagina rezavor.
Barglari butun, parallel yoki yoysimon tomirlanishga ega.
Bu qabilaning ba’zi turlari oziq-ovqatda, ba’zi turlari esa tabobatda yoki man- zarali o‘simliklar sifatida keng qo‘llaniladi.
Mazkur qabilaga mansub loladoshlar oilasining (10/470) ko‘pchilik turlari en- dem o‘simliklar bo‘lib, ba’zi bir turlari «O`zbekiston qizil kitobi»ga kiritilgan. Boychechak, lola, shirach kabi turkumlari ko‘pgina turlarga ega bo‘lib, cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida keng tarqalgan. Ko‘pchilik vakillari ildizpoyali yoki
piyozli. Gul qo‘rg‘oni tojibargsimon, ikki doira bo‘lib joylashgan. Masalan, lolaning gul formulasi: P3+3 A3+3 G(3).
Do'stlaringiz bilan baham: |