Labaratoriya ishi-4 ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) vakillari bilan tanishish kerakli materiallar


Download 0.9 Mb.
bet1/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-KURS BOT SIS LAB- 4, UZ


LABARATORIYA ISHI-4


ITUZUMDOSHLAR OILASI (Solanaceae) VAKILLARI BILAN TANISHISH
Kerakli materiallar: kartoshka (Solanum tuberosum), qora ituzum (S.nigrum), pomidor

(Lycopersicum esculentum), tamaki (Nicotiana tabacum), bangidevona (Datura stramonium) kabi o‘simliklaming gerbariy namunalari. Bu o‘simliklar gulining spirtda fiksirlangan namunalari.




Umumiy tushuncha

Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi sigirquyruqnamolar (Serophulariales) qabilasiga mansub boiib, 90 turkum va 2900 ta turga ega. Asosan, o‘t o‘simliklari bo‘lib, tropik mintaqalarda ko‘pchilik vakillari ilashib (chirmashib) o‘suvchi va oz bo‘lsa-da, daraxt vakillariga ham ega.


Barglari oddiy, butun yoki barg yaproqlari turlicha kesilgan, yonbargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan. Gullari yakka yoki gajaksimon to‘pgulgato‘p!angan, asosan aktinomorf, ba’zi vakillarida esa qisman zigomorf. Kosachabarglari qo‘shilib o‘sgan, besh tishchali, mevada saqlanib qoladi (pomidor). Tojibarglari (boshoqsi- mon) likopchasimon, naychasimon yoki kengqo‘ngkiroqsimon. Naychaning ichki tomonidan o‘sgan beshta changchiga ega. Changdonlar esa asosan ikki uyali.


Urug‘chi esa sinkarp bo‘lib, ikkita meva bargdan iborat. Tuguncha ustki, mevasi rezavor yoki ko‘sakcha.


Ko‘pchilik vakillari «salonin» zaharli alkoloidlariga ega bo‘lib, tabobatda keng qo‘llaniladi (mingdevona - Atropa; bangi devona - Datura va boshqalar). Ba’zi bir vakillari esa sabzavot ekinlari sifatida katta ahamiyatga ega (kartoshka - Salanum tuberosum, pomidor -


Lycopersicum esculentum, garmdori - Capsicum annuum, baqlajon - Solanum melongena va boshqalar) bo‘lib, madaniy holda katta maydon- larga ekiladi (53-54-rasm).


53-rasm. Kartoshka (Solanum tuberosum): A - gulli novda; V - gul (kosacha barg tomonidan ko‘rinishi) va uning kesigi; D - gul diagrammasi; E - meva (rezavor). t


Topshiriqlar



  1. Madaniy holda o‘stiriladigan va yowoyi holda o‘suvchi turkum vakillarini o‘rganish, botanik ta’rif berish (ituzum, mingdevona, garmdori va tamaki turkum turlari misolida).




  1. O‘rganilgan turlaming hayot kechirish shakllari, barglarining shakli, joylashi-shi, to‘pgullari, gullarining umumiy formulasi, mevasining xili, ulaming xo‘jalik ahamiyatlari o‘rganilib, chizib olinadi.

Aniqlagichlar vositasida o‘rganilgan o‘simliklami aniqlash.





Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling