Labaratoriya ishi-4 ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) vakillari bilan tanishish kerakli materiallar


Download 0.9 Mb.
bet3/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-KURS BOT SIS LAB- 4, UZ

to‘pgullar chizmasi; L, M-
urug‘lar.

Urug‘chisi esa doimo ikkita, qo‘shilib o‘sgan mevabargchadan iborat. Tuguncha ustki bo‘lib, to‘rt uyali. Mevasi yong‘oqchasimon bo‘lib, 4 ta teng bo‘lakchalarga bo‘linganligini kuzatish mumkin. Oila uchun umumiy gul tuzilishining formulasi quyidagicha:




Ca(5) CO(2+3)A2+2G_(2).

Bu oila vakillarining ba’zi bir turlari parfumeriya sanoatida (Salvia, Lavanda Nepeta va boshqa), ba’zilari esa oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda (Mentha, Oci- mum, Origanum, Leonurus va boshqalar) xomashyo sifatida keng qo‘llaniladi/




Topshiriqlar



  1. Mavjud bo‘lgan materiallardan 3-4 ta bir-biridan to‘pgullarining gul tuzilishi jihatidan farq qiladigan turlarini olib, ularga tavsif bering va diqqat bilan o‘rganing.




  1. O`rganilgan turning vegetativ (poya, ko‘ndalang kesigining shakli, barglar tuzilishi, joylashishi) va generativ organlari (gul, gul qismlari, to‘pgul va meva) rasmlarini chizib oling.




  1. O`rganilgan o‘simliklami aniqlang.



Ish tartibi

Oilaning tipik vakili sifatida oq lamium yoki Osiyo yalpizi bilan tanishamiz. Lamium album bog‘, dalalarda begona o‘t sifatida keng tarqalgan ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, balandligi 30-100 sm bo‘lishi mumkin. Ildiz sistemasi gorizontal holda o‘suvchi ildiz poyalardan hosil bo‘lgan qo‘shimcha ildizlardan iborat. Poyasi 4 qirrali, tik o‘suvchi, barglari qarama-qarshi joylashgan. Barglari oddiy, yonbarg- chasiz: pastki barglari uzun bandli, yuqori barglari esa qisqa barg bandli yoki o‘troq, tuxumsimon. Hamma barglari ustki tomondan


yumshoq tukchalar bilan qoplangan, burushgan (g‘ijimsimon).

Gullari boshoqsimon tirs to‘pgulga to‘plangan. Kosachabarglari 1—1,5 sm, qo‘ng‘iroqsimon, beshtishchali, uchki qismi o‘tkir uchli. Tojibarglari, asosan, oq





  1. 2,5 sm, ikki labchali, tashqi tomondan tukchalar bilan qoplangan. Naycha to‘g‘ri,




  1. 1,5 sm uzunlikda. Yuqori labcha qalpoqchasimon, butun, ostki labcha 3 ta kurak-simon tojibargdan iborat.

Changchilaming ikkita kattasi yuqori labcha ostiga berkingan bo‘lib, ikkitasi kalta.


Changdonlari esa qora-siyoh rang. Ginetseyi qo‘shilib o‘sgan ikkita meva- bargdan iborat.
Ustunchasi uzun. Tugunchasi ustki, mevasi yong‘oqchasimon.

O`rganilgan o‘simlik qismlarini berilgan topshiriq asosida o‘rganib, chizib olinadi. Mustahkamlash uchun savoilar



  1. Labguldoshlar oilasi vakillari qanday sistematik belgilarga ega?




  1. Efir moyli xususiyatga ega bo‘lgan turkum vakillariga ta’rif bering. Ular qaysi hududlarda keng tarqalgan?




  1. Oilaning madaniy holda ekiladigan turlarini sanab o‘ting. Ular nima maqsad- larda ishlatiladi?




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling