Labaratoriya ishi-4 ituzumdoshlar oilasi (Solanaceae) vakillari bilan tanishish kerakli materiallar


Download 0.9 Mb.
bet7/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1640623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-KURS BOT SIS LAB- 4, UZ

Topshiriqlar



  1. Loladoshlar oilasining yuqorida ko‘rsatilgan bir nechta tur vakillari bilan tanishib, ularga to‘liq tavsif bering.




  1. O`rganilayotgan turlarning barg, to‘pgul, gul va gul qismlarini chizib oling.




  1. Loladoshlar oilasining biror bir turini chuchmomadoshlar oilasining (chuch- moma) biror vakili bilan taqqoslang (57-58-rasm).




  1. Oilaga mansub bo‘lgan 2-3 tur o‘simlikni aniqlang.



Ish tartibi
Misol sifatida qizil lola (Tulipa gregii) o‘simligini ko‘rib chiqish mumkin.

Qizil lola ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, bo‘yi 20-40 sm. Respublikamizning adir va tog‘ mintaqalari pastki qismida bo‘z tuproqli yerlarda uchraydi. Bargining ustida gunafsha rang dog‘lar bor.


58-rasm. Chuchmoma (Ixiolirion tataricum), nargiz (Narcissus poeticus):


1 — o‘simlikning umumiy ko‘rinishi; 2 - gulning bo‘yiga kesigi.


Gultojbarglari zarg‘aldoq-qizil, osti sariq, qora dog‘li. Changchi iplari tuksiz. Gullari yakka-yakka, gul qo‘rg‘oni tojsimon, rangdor, ular 3 tadan bo‘lib, ikki doiraga joylashgan. Changchilari 6 ta, Ginetseyi sinkari, tugunchasi ustki, 3 uchli. Mevasi - ko‘sakcha.


O`rganilgan o‘simlik qismlari topshiriqqa asosan chizib olinadi.


Oilaning 2-3 turi aniqlagichlar yordamida aniqlanadi.

So‘ngida chuchmomadoshlar oilasining o‘ziga xos bo‘lgan sistematik belgilari o‘rganilib, biror bir turi aniqlanadi va loladoshlar oilasining biror vakili bilan taq- qoslanib, sistematik belgilari o‘rganiladi.




Mustahkamlash uchun savoilar

  1. Loladoshlar oilasi qanday o‘ziga xos belgilarga ega?

  2. Oilaning manzarali va meditsinada ishlatiladigan qanday turlarini bilasiz?

  3. Oiladagi O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan turkum va turlariga ta’rif bering.

  4. Bir pallalilar sinfiga xos belgilami ayting.




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling