Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


«Avesto» dagi mulkiy munosabatlar g‘oyasi


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

3. «Avesto» dagi mulkiy munosabatlar g‘oyasi.
«Avesto» haqida gapirilar ekan, bu kitob odamlar hayotining barcha 
jabhalarini qamrab olgan durdona asar ekanligini ko‘rsatib o ‘tish o ‘rinlidir. 
Asarda iqtisodiy munosabatlar haqida ham ajoyib fikrlar, xususan, bugungi 
bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davriga mos keluvchi g‘oyalar ham o ‘z ifodasini
'K a rim o v I. Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal, «O 'zbekiston ovozi», 2001, 6 — n o y ab r
16


topganligi, uning Prezidentimiz aytganlaridek, «Mangu kitob» ekanligiga 
ishonchingiz komil bo'ladi. Undagi mulkiv munosabatlar haqidagi bildirilgan 
fikrlar hayratlanarlidir. Asarda mulkdor bo‘lish yaxshi fazilat ekanligi alohida 
ko'rsatilgan. Bu fikmi quyidagi g'oyalar tasdiqlaydi: «Kimning uyi bo ‘Isa, 
и uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir. Kimning dunvosi bo‘lsa. и hech 
vaqosi vo ‘q gadodan afzaldir'» (ta’kid bizniki- m uall.).
Gap shundaki, mulkdor odam to ‘q bo'ladi, и dushmanlariga qarshi 
kurashganda bardosh bera oladi, yovuz kuchlarga qarshi tura oladi, ulami 
yenga oladi. Hatto bunday odam «о ‘z hukmdori amriga mutabiq, yomonlikka 
qarshi bosh k o ‘taradi va uni zabun aylaydP» M a s a la n in g
m o h iy a ti 
shuki, mulkdor odamlar iqtisodiy jihatdan shunchaki baquw at b o ‘lmay, 
ayni chog‘da, ular iatisodiv erkindir. ular o ‘z faoliyatini o ‘zi mustaqil 
belgilaydi. Boshqalarga mute bo‘lmaydi. M ulkdor odamning qudrati 
shundaki, uning xarakterida mulkiy manfaat va mulkiy m as’uliyat o ‘zaro 
uyg‘unlashadi.
«Avesto»ning bu iqtisodiy g‘oyasi, keyinchalik, buyuk ajdodlarimiz 
tomonidan rivojlantirildi, boyitildi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy uqtiradi- 
ki, «M ulk orttirishda unchalik x a v f y o ‘q, ammo uni ehtiyot qilib saqlamoq 
kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, и 
holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo ‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib 
saqlab, o'zehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon odat hisoblanmaydi3». Forobiy 
davom etib yozadiki, «odamlaming mulksiz bo‘lib qashshoq yashaganidan 
ko‘ra, mulkdor bo‘lib boyroq bo‘lib yashagani afzalroqdir». Ko'rinib 
turibdiki, Forobiy qarashlari «Avesto» g‘oyalari bilan g'oyat hamohangdir. 
Bu «Avesto» keyinchalik ilm-fan va tafakkurga qanchalik ta’sir ko'rsatganini 
tasdiqlaydi.
«Avesto»ning mulkiy munosabatlar borasidagi g‘oyalari 0 ‘zbekistonda 
o'tkaziladigan iqtisodiy islohotlar maqsadlari bilan hamohang ekanligini 
ta ’kidlashni istar edik. Zero bozor iqtisodiyotiga o ‘tish — to ‘q va farovon 
yashash vositasi sifatida fuqarolaming mulkdor bo'lishlarini taqozo etadi. 
Prezidentimiz I. Karimov asarlarida, xususan, uning « 0 ‘zbekiston XXI 
asr b o ‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» asarining ushbu masalaga bag‘ishlangan «Bozor munosabat- 
larining qaror topishi va mulkdorlar sinfming shakllanishi» nomli qismida 
shunday satrlar mavjud:


«... A holi orasida haqiqiy mulkdorlar o ‘rta qatlamining k o ‘pchilikni 
tashkil etishi mamalakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami orqaga qaytarish 
imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi. Shu sababli biz 
iqtisodiy о ‘zgarishlar'jarayonini respublikada о ‘rta mulkdorlaming chinakam 
sinfini shakllantirishdek dolzarb vazifani hal qilish bilan bog'lamoqdamiz. 
Odam о ‘zini chinakamiga mulkdor deb his etmas ekan, о ‘z huquqlari uchun, 
pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor sifatida 
kurashmaydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga 
intilmaydf».
Mulkdorlikning naqadar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy 
ahamiyatga molik masala ekanligi haqidagi bu fikrlarga biror narsa qo‘shish 
qiyin. Faqat shuni qayd etmoqchimizki, mulkdor odam hech narsaga 
befarq, loqayd qaramaydi, o ‘z mulkini, Vatanini himoya qiladi, adolat 
uchun kurashadi, hayotga ochiq ko‘z bilan qaraydi. «Avesto» tili bilan 
aytganda, m ulkdor odam adolatsiz hukm dorga, adolatsiz taqsim ot 
mexanizm iga, yomonlikka qarshi bosh k o ‘taradi. M ulkdor b o ‘lish 
g‘oyasining g‘oyat chuqur falsafiy-ma’naviy mazmuni ana shunday.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling