Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Ezgulik va iqtisodiyot birligi g‘oyasi


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

2. Ezgulik va iqtisodiyot birligi g‘oyasi
«Avesto» kitobining «Birinchi qo ‘shiq»idayoq zardushtiylik dinining bosh 
mantig 4, falsafasi bayon etiladi, ya ’ni odamzod hayoti yaxshilik vayomonlik 
bilan bog‘langanligi, uning qaysi birini tanlab, e ’tiqod qilib yashashi uning 
har ikki dunyosini belgilab beruvchi m a ’naviy bir omil ekanligi haqida 
yoziladi. Kitob ana shu ikki narsaning mohiyatini bayon etishdan boshlanadi.
«Ey, hushyorlar!
Quloqlaringiz bilan puxta eshitingiz, eng ezgu kalomlami va yorug‘niyat 
bilan — xoh er, xoh ayol — har biringiz nazar tashlangiz, to buyuk hodisa
12


го У bermasdan va odamlarimiz so ‘nggi manzilga yetmasdan ikki yo ‘Idan 
birini о ‘zingizga ixtiyor etingiz-da, bu kalomlami о ‘zgalarga ham yetkazingiz!
Ibtidoda bu ikki tug ‘ushgan -hamzodlar andisha, kalom va amalda 
biri-ezgulik, biri-yomonlik, о ‘zaro suhbat qurdilar.
Bu ikkidan biri-ya ’ni ezgulikni undan ogohlar, yomonlikni esa noogohlar 
tanladilar1»
Ezgulikni, yaxshilikni tanlagan odamlar bunyodkorlik, dehqonchilik 
bilan, chorva hayvonlami boqish bilan, ijodiylik bilan, borliqni yanada 
yashnatish, gullatish bilan shug‘ullanadilar; bunday odamlar o ‘zlarining 
har ikki dunyosini ezgulik bilan boyitadilar, har ikki dunyo saodatini 
topadilar.
Asarda dunyoni yaratuvchi buyuk Zotga erishmoq uchun, uning hurma- 
tini topmoq uchun haqiqat, tinchlik va farovon hayotga intilmoq zarurligi 
uqtiriladi. Buning uchun dehqonchilik qilmoq, yem i e’zozlamoq, unga 
ishlov bermoq, uni zararsizlantirmoq, chorva hayvonlarini parvarish- 
lamoq, ulami ko‘paytirmoq lozim.
«Kimda kim bug‘doy eksa, -deyiladi asarda, - и Ashahni (haqiqatni) 
ekadi. U Mazda dinini yana ко ‘kartiradi, и Mazda dinini yuzlab hamd-u 
sano, nazr-u niyoz va о ‘n minglab qurbonliklar bilan qudratli qiladi.
Qachonki egatlarda urug‘ yetilsa, devlar о ‘rinlaridan qo ‘padilar.
Qachonki b u g ‘doy gurkirab k o ‘karsa, devlar dahshatdan titray 
boshlaydilar.
Qachonki bug‘doy un bersa, devlar nola chekadilar
Qachonki bug'doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bo ‘ladilar.
Qay bir bug'doy bosh chiqarsa, devlar и xonadondan uzoqlashadilar
Qay birxonadonda bug'doy ombori bo ‘Isa, go Vo qizdirilgan temir devlar 
bo ‘ynini chirmab tashlaydi2».
Bu lavhada devlar deyilganda vayron qilish, yomonlik, xonavayron 
qilish, borliqni toptash, yo‘qotish, badnom qilish timsoli sifatidagi 
dahshatli kuch tushuniladi.
Kimki yaxshilikka intilar ekan uning qalbida ezgulik urug'i unadi, 
unday inson devlarga (yomonlikka) qarshi kurashadi, o ‘zidagi bor kuch- 
qudrat, iroda bilan, eng aw alo, o ‘zidagi, qalbidagi yovuz kuchni quvib 
chiqaradi. Shunda bunday odamdan-bandadan Xudo rozi bo‘ladi (bu yerda 
Axura Mazda xursand bo‘lishi nazarda tutiladi).
'A v e sto . Т., 2001, 10 —bet.
2 Avesto. Т., 2001, 115- b e t .
13


Asardagi Sipivtmon Zardusht obrazi buyuk inson, yaratuvchiliktimsoli, 
yaxshilik, ezgu ishlar uchun kurashuvchi shaxs sifatida gavdalantirilgan. 
Odamlar Axura M azdadan «Zaminni ham m adan ko‘ra ko‘proq baxtiyor 
qilgan to ‘rtinchi shaxs kirn?- deb so‘rashadi. Shunda Axura Mazda shunday 
javob qiladi:
«Ey, Sipiytmon Zardusht!
U hammadan k o ‘p bug‘doy, giyoh, mevali daraxtlar ekkan Zotdir! U 
quruq yerlarga suv chiqargan va suvli yerlami shudgor qilgan Zotdir1».
Demak, dunyodagi eng ulug‘ zot-inson: dehqonchilik, sohibkorlik, 
bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan zotdir; bular yangi yerlar 
o ‘zlashtirad igan , ek in zo rlar va bog‘lar b arp o etad igan, yerning 
unumdorligini muttasil oshirib borayotgan kishilardir. Boshqacha aytganda, 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling