Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
I bob «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANI PREDMETI
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
I bob «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANI PREDMETI
VA UNI 0 ‘RGANISH USLUBLARI 1. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining iqtisodiy fanlar tizimidagi o ‘m i va predmeti Kishilik jamiyati shakllangan davrdan to bugunga qadar odamlar o ‘z turm ush tarzining moddiy asosi b o ‘lmish xalq boyligini ko‘paytirish muammosini hal etishga urinib kelmoqdalar. 0 ‘tmishning eng buyuk shohlari, sarkardalari, tadbirkorlari va allomalari o ‘z zamonlarining iqtisodiy muammolarini hal etishga sa’y-harakat qilishgan. Ulaming ta’limotlarida aksini topgan iqtisodiy voqelik muayyan davrgagina daxldor emas, balki hozirgi davrlarga ham qisman taalluqlidir. Zotan, o ‘tmishni o ‘rganish, aw alo, hozirgi kun, kelajak uchun katta ahamiyat kasb etadi. Alalxusus, iqtisodiy ta ’limotlar tarixini tadqiq qilishning tarbiyaviy jihatlari ham bor. «Iqtisodiy ta ’lim otlar tarixi» iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta ’minlovchi fan sifatida ahamiyatli. Zero, bu fan iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo ‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to ‘g‘risida imkoni boricha ko'proq bilishga intilmoqdalar. Shunday ekan, iqtisodiyot fanini o ‘rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ulishi tabiiy. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanlar tizimida katta o ‘rin tutadi. U «Iqtisodiy nazariya»ni to ‘ldirish bilan birga, m a’lum mustaqil vazifa ham bajaradi. Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi iqtisodiy ta ’limda, iqtisodchilar tayyorlashda, ulaming malakasini shakllanishida ham muhim o ‘rin tutadi. B undan kelib chiqadiki, iqtisodiy bilim larning shakllanishi va rivojlanishi tahlili butun ijtimoiy taraqqiyot jarayoni, quldorlik tuzumidan boshlab barcha tarixiy davrlami o ‘z ichiga oladi. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fan sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi iqtisodiy tizim lam ing shakllanish tarixini aks 5 ettiradi, hozirgi zamon iqtisodiy konsepsiyalarining mazmun-mohiyatini ifodalab beradi. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani predmeti insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarida iqtisodiy bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, ilmiy konsep- siyalarning vujudga kelishi, ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy tafakkurdan o ‘rin topib borishi, bugungi iqtisodiy qadriyatlar qanday bosqichlardan o ‘tib, sayqallanganini bildiradi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling