Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
II bob «AVESTO» NING IQTISODIY G‘OYALARI
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
II bob «AVESTO» NING IQTISODIY G‘OYALARI
1. 0 ‘zbekiston — ilk iqtisodiy ta’limotlar Vatani Odatda, eramizgacha yaratilgan va bizgacha yetib kelgan iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, mulohazalar «qadimgi iqtisodiy ta’limotlar» deb ataladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ga oid ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda, qadimgi iqtisodiy g‘oyalar, awalo, Misr, Gretsiya, Rim, Hindiston va Xitoy kabi makonlarda yaratilgan, keyingi davrlarda esa bunday ta’limotlar G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlangan, deb ta ’riflanadi. Bunday dunyoqarash XXI asr boshlarigacha saqlanib keldi, to ‘g‘rirog‘i, bunday fikr «Avesto» asarining Prezidentimiz I. Karimov tashabbusi va YUNESKO homiyligida 2700 yilligi xalqaro darajada tantana qilinguncha, «Avesto» kitobining «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati tom onidan (2002- yil) akademik nashri chop etilib, uni iqtisodiy jihatlari maxsus tadqiq qilinguncha davom etdi, deyish mumkin. Shu narsa ham ayonki, «Avesto» haqida butun dunyo miqyosida mingdan ortiq turli shakllarda ilmiy ishlar e’lon qilingan. Biroq, ular asosan rus va Yevropa xalqlari tillarida nashr etilgan bo‘lib, ularda falsafiy, m a’rifiy, diniy, etnografik, tibbiyot, tabiat va ekologiya masalalariga e’tibor qaratilgan edi. «Avesto» asarining bebaho qiymati va ahamiyati haqida Prezidentimiz o ‘zining ushbu kitob yaratilganligining 2700 yillik tantanalarida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: « U bundan 30 asr muqaddam mana shu mo ‘tabar zaminda yashagan ajdodlarimizning aql-zakovati va qalb nuri bilan yaratilgan, ikki ming teriga tilla suvi bilan bitilgan noyob tarixiy yodgorlikdir. Ushbu nodir kitob biz yashab turgan tuproqda buyuk davlat, buyuk madaniyat, buyuk та ’naviyat bo ‘Iganidan guvohlik beruvchi bebaho tarixiy hujjat bo ‘lib, ming yillar, asrlar davomida ajdodlarimiz uchun та ’naviy- ruhiy tayanch, cheksiz kuch-quvvat manbayi bo‘lib kelgan. Ayni chog‘da, «Avesto» nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun G ‘arb olamida ham ilm- u fan va falsafiy tafakkur rivojiga bebaho, salmoqli hissa qo‘shgan asardir’» Ushbu asar bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini shakllantirishning muhim ilmiy-m a’rifiy manbayi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asami «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani nuqtayi nazaridan tadqiq etish ham muhimdir. Asaming o‘iganish asosida shunday 1 K arim ov I.Ezgu fikr, ezg u so'z, ezgu amal, «O 'zbekiston ovozi», 2001, 6-noyabr 11 xulosaga keldikki, birinchidan, unda eng qadimgi dunyo iqtisodiy ta ’limotlari 0 ‘zbekistonning zaminida ilk bor vujudga kelganligiga to ‘la ishonch hosil qilinadi, ikkinchidan, unda ilgari surilgan g‘oyalar, garchi ulaming tarixi 3000 yildan ham aw alroqqa borib taqalsa-da, bugungi iqtisodiy islohotlarimiz g‘oyalari bilan, o ‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosati- miz bilan ramziy ham ohang ekanligiga iymonimiz komil bo‘ldi. Darhaqiqat, «Avesto»da mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan, um um iy iqtisodiy qadriyatlarimiz bilan ham ohang bo‘lgan bir qator iqtisodiy qarashlar bayon etilgan. Asarda uch ezsulik s'ovasi ilgari surilgan bo‘lib, ularning birlamchisi halol va unumli mehnat qilish. varatuvchilik amali ene olivsidir. Kitobda iitimoiv mehnat taqsimoti g‘oyasi ilgari surilib, u qadimgi dunyoda ijtimoiy m ehnat taqsimotining real va sam arali shakli «jamoa b o ‘lib ishlash» ekanligi uqtiriladi. Prezidentimizning ta’kidlashicha, «jamoa bo‘lib ishlash» g‘oyasi «Avesto» ning eng qimmatli qadriyatlaridan biridir. Kitobda yoshlaming kasb-hunar egallash. oila qurish va uning iqtisodi g‘oyalari ham pishiq-puxta ishlangan iqtisodiy ta’limotlardan biri ekanligini alohida qayd etish lozim. «Avesto» dagi mulkdor bo ‘lish. mulkdorlik mas ’ulivati va manfaati g ‘ovasi ham, aytish mumkinki, fundamental ishlangan iqtisodiy qarashlardandir. Asarda ehtivoilar masalasi, ularning qondirilish vositalari haqidagi qarashlar ham g‘oyat qimmatlidir. Bugungi eng dolzarb ilmiy-uslubiy masalalardan biri «Avesto»dagi ana shu va boshqa iqtisodiy fikrlarni m a’lum tizimga solish, ulam i «Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi», «M ehnat iqtisodi» va boshqa iqtisodiyot fanlari predm etlariga kiritish, yoshlarimizni «Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalar bilan tarbiyalashdir. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling