Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Q orin bo‘shlig‘idagi organlar limfa tugunlari va tomirlari


Download 0.59 Mb.
bet11/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Q orin bo‘shlig‘idagi organlar limfa tugunlari va tomirlari
79-rasm. A-otning organlari. 1-taloq, 2charvi, 3-oshqozon, 4-ichak arteriyasi, 5o‘n ikki barmoq ichak, 6-jigar qopqasi limfa tugunlari va qon tomirlari, a-taloq, e-oshqozon osti bezi, c-oshqozon, d-o‘n ikki barmoq ichak, B-sigirning organlari. 1-yo‘g‘on ichak, 2-ko‘r ichak, 3-yonbosh ichak, 4-ichak pardasi limfa tugunlari va qon tomirlari, 5-ichakning limfa stvoli, ao‘n ikki barmoq ichak, e-to‘g‘ri ichak, c-
ko‘r ichak va chambar ichak.
Chap kekirdak yo‘liductus trachealis sinister – bo‘yinning yuza va chuqur limfa tugunlaridan chiquvchi tomirlardan hosil bo‘ladi. U qizilo‘ngachda joylashib, so‘ngra kekirdakka o‘tadi. Chap kekirdak yo‘li qo‘krak bo‘shlig‘iga kirishdan oldin ko‘krak yo‘liga yoki chap bo‘yinturuq venaga quyiladi.
O‘ng kekirdak yo‘liductus trachealis dexter – o‘ng oldingi va o‘rta chuqur bo‘yin limfa tugunlaridan chiquvchi tomirlardan hosil bo‘lib, kekirdakdan o‘ng tomonda joylashadi va ko‘krak bo‘shlig‘iga kirayotib oldingi kovak venaga qo‘shiladi.
O‘ng limfa yo‘litruncus lymphaticus dexter – bo‘yinning o‘ng yuza, o‘ng kaudal chuqur va oraliq devori limfa tugunlaridan chiquvchi tomirlardan hosil bo‘ladi. U oldingi kovak vena yoki bo‘yinturuq venasining oxiriga quyilib, birinchi qovurg‘ada tugaydi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: cho‘chqalarda bel sisternasi 1 – 2 – bel umurtqalari ostida joylashadi; ko‘krak yo‘li ko‘pincha ikkita tomir bilan boshlanadi yoki tomirlar to‘rini hosil qiladi. U ampulasimon kengaytma hosil qilib umumiy bo‘yinturuq venasida tugaydi. O‘ng va chap kekirdak yo‘llari halqum orti medial tugundan boshlanadi.

Otlarda bel sisternasi 1 – 3 – bel umurtqalari ostida joylashib, unda 2 – 5 ta klapanlar mavjud. Ko‘krak yo‘li ko‘krak aortasidan o‘ngroqda va toq venadan pastda boradi; S-simon qayrilma ko‘krak yo‘li chap bo‘yinturuq venaga yoki oldingi kovak vena quyilishidan oldin hosil bo‘ladigan prekardial qismda joylashadi; ampulasimon kengaytmada 10 – 15 ta klapanlar bo‘ladi.
Itlarda – bel sisternasi 1 – 4 – bel umurtqalari ostida joylashadi. Ko‘krak yo‘lining yo‘nalishi qoramollarniki singari bo‘ladi. Ichak limfa yo‘llari ichak pardasi, ichak, taloq, jigar tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. O‘ng va chap kekirdak yo‘li medial halqum orti tugunlaridan limfa oladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling