Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Oldingi oraliq limfa tugunlari


Download 0.59 Mb.
bet6/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Oldingi oraliq limfa tugunlarilnn.mediastinales cranialis - qoramollarda 2 – 7 sm, cho‘chqalarda 0,1 – 0,5 sm, otlarda 0,1 – 0,8 sm, itlarda 3 – 4 sm uzunlikda bo‘lib, yurak oralig‘ida joylashadi. Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i devori, sut bezi, kekirdak, qizilo‘ngach, yurak, aorta, to‘sh orti bezi, bronxial va qovurg‘alararo tugunlardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi ko‘krak yo‘liga oqadi.
O‘rta oraliq limfa tugunlarilnn.mediastinales mediales – qoramollarda 0,5 – 5 sm, cho‘chqalarda 0,2 – 0,4 sm, otlarda 0,2 – 6 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda u bo‘lmaydi. Kekirdak, qizilo‘ngach, o‘pka, plevralardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi barcha hayvonlarda ko‘krak yo‘liga boradi.
Orqa oraliq limfa tugunlarilnn.mediastinales caudales – qoramollarda 10 – 15 sm, cho‘chqalarda 0,1 – 0,7 sm, otlarda 0,1 – 2,5 sm uzunlikda bo‘lib, itlarda u mavjud emas. Kekirdak, qizilo‘ngach, o‘pka, jigar va taloqlardan limfa yig‘ishtiradi.
Limfa oqimi barcha hayvonlarda qo‘qrak yo‘liga boradi.
Bronxial yoki bifurkatsion limfa tugunlarilnn.bronchiales – o‘ng, chap, dorsal va eparterial guruhlarga bo‘linadi. Barcha hayvonlarda kekirdak bifurkatsiyasi sohasida joylashadi. O‘pka, bronx, qizilo‘ngach, yurak va o‘pka tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi barcha hayvonlarda oldingi oraliq tugunga va ko‘krak yo‘liga boradi.
O‘pka limfa tugunlari – lnn.pulmonales – qoramollarda 0,5 – 1,5 sm, otlarda 0,3 – 1 sm, itlarda 0,1 – 0,4 sm uzunlikda bo‘lib, bronx va o‘pkalarda joylashadi. O‘pkalardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi hamma hayvonlarda bifurkatsiya tuguniga boradi.
Yurak kuylakchasi limfa tuguniln.pericardiacus – faqat qoramollarda mavjud bo‘lib, uzunligi 1,5 sm ni tashkil etadi va aorta yoyining ostida joylashadi. Yurak kuylakchasidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa barcha hayvonlarda ko‘krak yo‘liga oqadi.
K o‘krak bo‘shlig‘idagi organlarning
limfa tugunlari

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling