Taloq limfa tugunlari – lnn.lienales – qoramollarda mavjud emas, cho‘chqalarda 0,5 – 1 sm, otlarda 0,2 – 7 sm, itlarda 0,2 – 2 sm uzunlikda bo‘lib, taloq darvozasida joylashadi. Oshqozon, taloq, ichak tutqichidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi barcha hayvonlarda qorin tugunlariga boradi.
Ichak pardasining oldingi tomon limfa tugunlari – lnn.mesenterici craniales – barcha hayvonlarda ichak pardasining oldingi arteriyasi yonida joylashadi. O‘n ikki barmoq ichak, aorta, buyrak usti bezidan, ingichka va yo‘g‘on bo‘lim ichaklarning limfa tugunlaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi yo‘g‘on ichak yo‘li bo‘ylab bel sisternasining orqa uchiga boradi.
Achchiq ichak limfa tugunlari – lnn.jejunales – qoramollarda 0,5 – 15 sm, cho‘chqalarda 0,8 – 10 sm, otlarda 0,3 – 6 sm, itlarda 0,6 – 3 sm uzunlikda bo‘lib, achchiq ichakning pardasida joylashadi. Achchiq ichakdan limfa yig‘ishtiradi. Limfa bel sisternasiga oqadi.
Ko‘r ichak limfa tugunlari – lnn.caecales – ko‘r va yonbosh ichaklardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa barcha hayvonlarda ichak yo‘li va bel sisternasiga oqadi.
Chambar ichak limfa tugunlari – lnn.colici – chambar ichakning pardasida joylashadi. Chambar ichakdan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi barcha hayvonlarda bel sisternasiga boradi.
Ichak pardasining orqa tomon limfa tugunlari – lnn.mesenterici caudales – barcha hayvonlarda ichak pardasida orqa ichak pardasi arteriyasi yonida joylashadi. Chambar va to‘g‘ri ichaklardan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi bel sisternasiga boradi. (79-rasm)
To‘g‘ri ichak limfa tugunlari – lnn.rectales – barcha hayvonlarda to‘g‘ri ichakning yuqorigi devorida joylashadi. To‘g‘ri ichakdan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi bel sisternasiga boradi.
Orqa chiqaruv teshigi limfa tugunlari – lnn.anales – barcha hayvonlarda orqa chiqaruv teshigidan yuqorida teri ostida joylashadi. Orqa chiqaruv teshigi, dum, chot orasidan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi yonboshning medial tuguniga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |