Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja


Bosh, bo‘yin, oldingi va orqa oyoqlarning limfa tugunlari


Download 0.59 Mb.
bet2/13
Sana07.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1174969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi

Bosh, bo‘yin, oldingi va orqa oyoqlarning limfa tugunlari.
Boshda quloq oldi, jag‘ osti va halqum orti limfa tugunlari joylashadi.
Quloq oldi limfa tugunilymphonodus (ln., lnn.) parotideus – qoramolda 6 –
9 sm, cho‘chqada 3 – 6 sm, otda 2 – 7 sm, itda 2,5 sm uzunlikda bo‘lib, jag‘ bo‘g‘imi pastida quloq oldi so‘lak bezining ostida joylashadi. Boshning organ va to‘qimalaridan limfa suyuqligini yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramol va cho‘chqalarda halqum orti lateral tugunga, otlarda havo xaltasi tuguniga, itlarda halqum orti medial tugunga boradi.
Jag‘ osti limfa tuguniln.mandibularis – qoramolda 3,0 – 4,5 sm, cho‘chqada 3,0 – 3,5 sm, otda 0,2 – 3,5 sm, itlarda 1,0 – 3,5 sm uzunlikda bo‘lib, jag‘aro bo‘shliqda tomirlar o‘tadigan ariqcha orqasida, itlarda burchak o‘simtasi orqasida joylashadi. Og‘iz va burun, til, so‘lak bezlaridan limfa suyuqligini yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramol, cho‘chqa va otlarda halqum orti tugunga, itlarda
halqum orti medial tugunga boradi. (78-rasm).
Halqum orti medial limfa tuguni – ln.retropharyngeus medialis – qoramollarda 3 – 6 sm, cho‘chqalarda 0,2 – 2,0 sm, otlarda 0,3 – 4,0 sm, itlarda 1,5 – 8,0 sm uzunlikda bo‘lib, halqum va boshni eguvchi muskullar oralig‘ida joylashadi. Og‘iz-halqum, burun bo‘shlig‘i, so‘lak bezlari, hiqildoq va pastki jag‘dan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda halqum orti lateral tugunga, cho‘chka va itlarda kekirdak tomiriga, otlarda bo‘yinning oldingi tuguniga ro‘y beradi.
Halqum orti lateral limfa tuguniln.retropharyngeus lateralis – qoramollarda 4 – 5 sm, cho‘chqalarda 0,2 – 0,9 sm, otlarda 0,3 – 1,5 sm, itlarda 0,2 – 0,4 sm uzunlikda bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, pastki jag‘, quloq suprasi, so‘lak bezlari, boshdagi limfa tugunlari, bo‘yin umurtqalaridan limfa yig‘ishtiradi. Limfa oqimi qoramollarda kekirdak yo‘liga, cho‘chqalarda bo‘yinning yuza tugunlariga, ot va itlarda bo‘yinning oldingi tugunlariga boradi.

Boshdagi limfa tugunlari
78-rasm. A-cho‘chqa, Б-sigirda yuza, В-sigir, Г-otda chuqur joylashishi: 1-quloq orti tuguni, 2-halqum orti yon tuguni, 3-jag‘ osti tuguni, 4-halqum orti ichki tuguni, 5-bo‘yinning oldingi tuguni, 6-til osti keyingi tuguni, 7til osti oldingi tuguni, 8-qanot tuguni, 9-bo‘yinning yuqorigi yuza
tuguni.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling