Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi Reja
Qon hosil qiluvchi organlar
Download 0.59 Mb.
|
Limfa aylanish tizimining anatomik tuzilishi
Qon hosil qiluvchi organlarT aloq – lien – qoramollarda uzun, keng, uchki qismi yumaloqlashgan, chetlari to‘g‘ri bo‘ladi. Buqalarda taloq chetlari birmuncha o‘tmas bo‘ladi. Konsistensiyasi sigirlarda buqalarnikiga nisbatan yumshoq. Taloqni rangi sigirlarda kulrangko‘kimtir, kesib ko‘rilganda follikulalari buqalarnikiga nisbatan kamroq ko‘rinadi. Buqalarda taloqni rangi qizil-qoramtir, visseral yuzasida yuqorigi uchi yaqinida taloq darvozasi – hilus lienis joylashadi. Uning parietal yuzasi silliq. Taloq chap qovurg‘alar ostida katta qorin bilan diafragma o‘rtasida joylashadi. Katta qorin bilan u siyrak biriktiruvchi to‘qima orqali birikadi. Taloq o‘zining yuqorigi uchi bilan to 10 – qovurg‘alararo bo‘shliqqacha boradi. Uning orqa cheti 13-qovurg‘aning yuqorigi uchidan 7-qovurg‘aaro oraliqqa o‘tkazilgan liniyadan o‘tadi. Taloqni o‘rtacha uzunligi 40 – 50 sm, eni 10 – 15 sm, qalinligi 2 – 3 sm ga teng. Absolyut og‘irligi 0,5 – 1,0 kg ni tashkil qiladi. Nisbiy og‘irligi buqalarda 0,16%, sigirlarda 0,17% ga teng bo‘ladi. 80-rasm. Taloq: 1 – buyrak-taloq payi; 2 – diafragma-taloq payi; 3 – taloq arteriyasi; 4 – taloq venasi; 5 – taloq darvozasi (qopqasi); 6 – taloq limf tugunlari; 7 – katta charvi birikadigan qismi; 8 – ichak yuzasi; 9 – oshqozon yuzasi. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: qo‘ylarda taloq yassi, yumaloq-uchburchak shaklda, qizil-qoramtir rangda bo‘ladi. Yuqori oldingi burchagining visseral yuzasida taloq darvozasi mavjud. (80-rasm) Cho‘chqada taloq cho‘zinchoq, uzun, uchlari siqilgan, ko‘ndalang kesimi uchburchak shaklda. Taloqning visseral yuzasida uzunchoq taroq bo‘lib, uning oldida taloq darvozasi joylashadi. Taloqni rangi yorqin-qizil, konsistensiyasi birmuncha zich, kesib ko‘rilganda follikulalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taloqni uzunligi 38 – 45 sm, eni 5 – 8 sm, og‘irligi 0,1 – 0,3% ga teng. U chap qovurg‘alar ostida oshqozonning katta burmasida joylashadi. Otda taloq yassi, o‘roqsimon shaklda, ko‘k-qizil yoki yuzasi ko‘k-binafsha rangda, kesilganda qizg‘ish rangli, yumshoq konsistensiyali bo‘ladi. Taloqda dorsal kengaygan uchi yoki asosi va pastga qaragan siqilgan uchi farqlanadi. Uning oldingi cheti botiq va o‘tkir, orqa cheti esa qavariq va o‘tmas bo‘ladi. Taloq visseral yuzasi bilan oshqozonning katta burmasiga, parietal yuzasi bilan diafragmaga tegib turadi. Uning asosi 2 – 3 – oxirgi qovurg‘alar va 1- bel umurtqasi qarshisida, uchi esa 9 – 11-qovurg‘alar o‘rta qismining qarshisida joylashadi. Taloq kapsulasini zardob parda qoplab turadi. Taloqni uzunligi 30 – 35 sm, eni 17 – 25 sm, absolyut og‘irligi 0,5 – 1,5 kg yoki tirik vazniga nisbatan 0,2 – 0,4% ni tashkil qiladi. Itda taloq yassi, noto‘g‘ri uchburchak shaklda, yuqoridan pastga tomon c ho‘zilgan. Pastki uchi kengaygan, yuqorigi uchi esa siqilgan. Orqa cheti to‘g‘ri, oldingi cheti esa botiq. Uning o‘rta qismi birmuncha ingichka va tor. Taloqni rangi ko‘kimtir donachali qizil, konsistensiyasi zich. U chap qovurg‘alar ostida joylashadi. Uning orqa va yuqorigi uchi 2 – 4-bel umurtqalari qarshisida, oldingi va pastki uchi esa 7 – 10-qovurg‘a-tog‘ay birlashgan joyning qarshisida joylashadi. Taloqni og‘irligi tana vazniga nisbatan 0,08% dan 0,4% gacha bo‘ladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling