Sochma (nasriy) she’r – lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo’shqin ritmi bilan she’rga monand bo’lsa, sochma(nasriy) she’r bo’ladi.Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o’zbek she’riyatiga schma shaklini olib kirgan.
Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.
Qo’shiq – kuyga solib aytiladigan she’r
Sarbast – bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.
O’rama – o’rama so’zi qofiyalash tartibiga oiddir.
To’rtlik – o’zbek lirikasining ruboiy va tuyuq vaznida yozilmagan, to’rt isradangina iborat bo’lgan janri.
Do'stlaringiz bilan baham: |