Liston davlat universiteti


- Mavzu: Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining islomiy merosi


Download 1 Mb.
bet23/48
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1499276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi

7- Mavzu: Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining islomiy merosi.


Reja:
1.Islom dinining manbalarini o’rganishda Movarounnahr olimlarining o’rni. Muhaddislar.
2. Movarounnahr faqihlari va mufassirlari.
2. Markaziy Osiyoda Islom dini madaniy-ma’naviy merosi
1. Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi tufayli bu yerda juda ko’p mahalliy islom olimlari – Qur’onshunoslar, hadisshunoslar, tafsirshunoslar, mutakallimlar hamda faqihlar yetishib chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o’zlarining ulkan hissalarini qo’shib ketdilar. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon dunyosi miqyosiga ko’targan mashhur olimlardir.
Mumtoz (klassik) Islom davrida Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Balx diniy va dunyoviy ilmlarning markaziga aylangan. Najmiddin Nasafiy “Kitob al-qand fi-zikri ulamoi Samarqand” asarida bu shaharda “O’rta asrlarda yashagan ko’pdan-ko’p (mingdan ortiq)fiqh olimlari, hadis roviylari va boshqa ko’p sohalarda qalam tebratgan ilm ahllari haqida mukammal ma’lumot beradi”. Birgina Samarqandda mingdan ortiq ijodkorlar faoliyat ko’rsatgan.
Buxoroda ham bu davrda Samarqanddan kam ijodkor yashamagan. Bu madaniy va ma’naviy taraqqiyotimizning qay darajada sermahsul va yuksak bo’lganini ko’rsatib turibdi. Buxoro haqqoniy ravishda Hanafiya mazhabi va Naqshbandiya tariqatining butun Islom dunyosidagi yetakchi nazariy va uslubiy markaziga aylandi. Shosh, Termiz, Nasaf, Urganch, Xiva va yurtimizning boshqa shaharlarining ham Islom ta’limotiga, madaniyati va ma’naviyatiga qo’shgan hissasi yetishtirib bergan allomalari beqiyosdir.
Jug’rofik jihatdan o’rta asrlarda bizning mintaqamiz islom dunyosining chekkaroq hududi bo’lsa-da, ilmiy, madaniy va ma’naviy jihatdan uning eng qudratli markazlaridan biri edi. Bejiz bu davrda “Samarqand yer yuzining sayqalidir, Buxoro islom dinining quvvatidir”degan naql paydo bo’lmagan.
Markaziy Osiyoda Islom ta’limotini o’rganish hamda uni ijobiy yo’lda sarflagan 56 ta alloma, 59 ta mashhur fan arboblari, 25 ta adib, shoir va tilshunoslar va 50 dan ortiq hattotlar Islom ta’limotini, manbalarini o’rganishda o’zining katta hissalarini qo’shgan.
Bu o’rinda Islom manbalarini o’rganishda o’zining buyuk xizmatlari bilan iz qoldirgan bir necha olimlar bizning yurtimizdan chiqqani tahsinga sazovordir.
Payg’ambar (s.a.v) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so’zlari (hadis) va sunnalari (hayot tarzlari va qilgan ishlari)ni to’plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, IX asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to’plami vujudga keldi. Bular Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mojjalar qalamiga mansub. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Dorimiy Samarqandiyni ham qo’shadilar.
Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriy (810-870) dir. Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15ta bo’lib, eng buyuk asari “Al-Jome’-as-Sahih” bo’lib, bu kitob “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan yuritiladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling