Liston davlat universiteti
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Buxoro faqihlari
1. Marv faqihlari
Abdullo Ibni Muborak Ibni Muborak Abu Abdurrahmon Marvaziy (118-181 h.)ning asl vatani Marv shahri bo‘lib, Laknaviyta’kidlashicha, onasi Xorazmlik va otasi turkiylardan bo‘lgan. U Abu Hanifaning yaqin suhbatdoshlari va shogirdlaridan biri bo‘lib, o‘z ilmini undan olgan. Abu Maryam MarvaziyAbu-isma Nuh bin Maryam YAzid ibn Jauna al-Marvaziy mashhur Hanafiy olimlaridan edi. 2. Buxoro faqihlari Abuhafs Kabiyr al-Buxoriy Abu Hafs Kabir Ahmad ibn Hafs al-Buxoriy Bag‘dodga borib, u erda imom Muhammad bilan uchrashadi va undan dars ola boshlaydi. Hanafiy mazhabi fiqhini o‘zlashtirib, boshqa diniy ilmlarda kamol darajasiga etgandan keyin ona shahri Buxoroga qaytib keladi. Bu erda u bir necha masjid va madrasalar qurib, tolibi ilmlarga dars o‘tib, odamlarda paydo bo‘lgan turli savollar va masalalarning javoblarini aytib beradi. Abu Hafs hanafiy mazhabi ta’limotlarini birinchi bo‘lib Movarounnahrga olib keldi. Uning qo‘lida ko‘pgina faqihlar va olimlar etishib chiqdi. Hatto tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishiga, imom va ulamolarning hurmat topishiga sababchi bo‘lgan kishi Abu Hafs Kabir bo‘lgan. Olimlar uning ilmu fazlini baholab uni «muallimi islom», ya’ni, islom dinining muallimi, uning sharofati bilan Buxoroni «Qubbatul islom», ya’ni, islom dini gumbazi va u kishi yashaydigan mahalla darvozasini «Haqroh», ya’ni, haq yo‘l deb atashgan ekan. Abu Hafs Kabir 150/768 yili tug‘ilib,1 216/8322 yil vafot etgan. Abuzayd Dabusiy Buxoro bilan Samarqand oralig‘ida joylashgan, hozirda Samarqand viloyatiga tegishli «Dabusiya» qishlog‘ida (o‘tmishda shahar bo‘lgan) tug‘ilib o‘sgan, «Quzoti sab’a» (etti mashhur qozi)dan biri bo‘lmish Abuzayd Ubaydullo (ba’zi manbalarda Abdullo) ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy islom huquqshunosligi bo‘yicha «Ilmul-xilof» deb atalgan yangi fanning asoschisi edi. U, ahli sunna mazhablari orasidagi ixtiloflarni tartibga solib, ilmiy uslubda o‘rganish qoidalarini yaratib bergan va ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Ulardan «Kitobul-asror fil-usul val-furu’», «al-Amadul-aqso», usulul-fiqh bo‘yicha «al-Anvor» kitobi mashhur bo‘lib, «Ta’sisunnazar» Misrda nashr etilgan. Usulul-fiqh bo‘yicha u yozgan «Taqvimul-adilla» kitobini Faxrul-islom Bazdaviy sharhlagan. Zahabiy yozishicha Dabusiy 430 h y vafot etgan va «Tabokatul-hanafiya»da yozilishicha Dabusiyada To‘qqiz qozi (Etti qozi) maqbarasida dafn etilgan. Sadri shahid Hisomiddin Sadri shahid Umar ibn Abdul-aziz (483-536h) usul va furu’ bo‘yicha Hanafiy mazhabi imomlaridan, ma’qul va manqul bo‘yicha o‘z davrining buyuk olimlaridan bo‘lib, ilmul-xilof va mazhab muammolari sohasida katta salohiyatli olim o‘rnida turardi. Sadri shahid fiqhiy nazariyalar bo‘yicha Burhoniddin Marg‘inoniyning buyuk ustozlaridan biri bo‘lgan. U yozgan asarlaridan «al-Fatovo-assug‘ro» «al-Fatovo-al-Kubro», Xassofning «Adabul-qazo» kitobiga, shuningdek «al-Jomi’ as-sag‘iyr» kitobiga yozgan sharhlari mashhur. Nuruddin Sobuniy(v.1184 yil 30 may) XII asrda moturidiya maktabining yana bir atoqli vakili Ahmad ibn Mahmud Sobuniy o‘z asarlari bilan katta shuhrat qozondi fiqh ilmi va moturidiya kalom maktabining homiysi sifatida e’tirof etildi. Nuriddin Sobuniy Abu Mansur Moturidiy ta’limoti asosida bir necha ilmiy asarlar yaratgan. Uning kitoblari ushbu ta’limotni yoyish, uning murakkab tomonlarini sharhlash, muxoliflar qarashlari va savollariga ilmiy javoblar berishga bag‘ishlangan. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. «Al-Muntaqo min ismatil-anbiyo»; 2. «Al-Kifoya fil-Hidoya»; 3. «Kitobul-bidoya fi usulid-din». Nuruddin Sobuniyning kalom ilmiga oid eng muhim va ixcham asari bo‘lmish «Kitobul-bidoya fi usulid-din» (Din asoslari bo‘yicha boshlang‘ich kitob)da Abu Mansur Moturidiyni Imomul-hudo (hidoyat peshvosi), Raisu ahlis-sunna, ash-shayxul-imom laqablari bilan zikr etadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling