Liston davlat universiteti
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
5. Farg‘ona faqihlari
Shamsul-aimma Saraxsiy v. 490 h/1097 Muhammad ibn Ahmad ibn Abusahl Abu Bakr shamsul-aimma as-Saraxsiy O‘rta Osiyoda Hanafiy mazhabining yirik vakili, fiqh, usulul-fiqh va kalom ilmlari bo‘yicha buyuk imomi sifatida o‘zidan unutilmas asarlar qoldirgan. U iste’dodli munozarachi va iqtidorli alloma edi. Kamol Posho masalalarni echish bo‘yicha uni mujtahidlar darajasida qo‘yadi. Saraxsiy buyuk faqih Abdulaziz Halvoiy xizmatida bo‘lib, ilmu fazlni undan o‘zlashtirib olib o‘z davrining tengsiz allamasiga aylangan edi. Uning eng muhim asari furu’ul-fiqh bo‘yicha 15 jildda yozilgan «al-Mabsut» kitobidir. Ushbu kitob Hanafiy mazhabi bo‘yicha bir mo‘‘tabar huquqiy manba sifatida barcha islom mamlakatlarida qo‘llanib kelmoqda. Saraxsiyning boshqa asarlaridan: 1. «Usul-fiqh» kitobi Ibn qutlubg‘o yozishicha ushbu asar ikki qalin jildda yozilgan1. 2. «Muhammad ibn Hasanning «al Jomi’us- sag‘iyr» kitobiga sharh. 3. Muhammad ibn Hasanning «al-Jom’ul- kabiyr» kitobiga sharh. 4. Xassofning «Adabul-koziy» nomli asariga sharh. 5. «Ashrotus-soa» (qiyomat alomatlari haqida kitob). 6. Xassofning «Kitobun-Nafaqot» asariga sharh. 7. «Al-Favoidul-fiqhiya» va boshqalar. Abdul-aziz Marg‘inoniy Abdulaziz ibn Abdurrazzoq ibn Nasr ibn Ja’far ibn Sulaymon al-Marg‘inoniy buyuk faqih edi. U 1084-85 yil 68 yoshida vafot etgan. Ul zot o‘z ilmu fazilati bilan o‘sha davrning buyuk olimlaridan hisoblangan. Abdulazizning mufti bo‘lib tanilgan oltita o‘g‘lidan, manbalarda Abulhasan Zahiruddin Ali zikr etiladi (v. 1112 yil). Uning o‘g‘li va shogirdi Zahiruddin al-Hasan ibn Ali Abulmahosindir. «Islom ensiklopediyasi»da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta asar uning qalamiga mansubdir. Ular «Aqziya» («Masalalar») «Fatovo» («Fatvolar»), «Favoid» va «SHurut»dan iborat bo‘lib, oxirgisining qo‘lyozmalari mavjud2. Abdulaziz «Hidoya» asari muallifi Marg‘inoniyning ustozlaridan biri bo‘lgan. Faxrul-islom Qozixon Imom Faxrul-islom (Faxruddin) Abul-Mafoxir Hasan ibn Mansur O‘zjandiy, al-Farg‘oniy, Qozixon laqabli «Fatovoyi qozixon», «Amoliy» va boshqa bir qator kitoblar muallifi yirik mujtahid va ko‘p qirrali olim edi (v. 592 h). Uning Fatovo asari barcha olimlar va faqihlarga manzur bo‘lib, unda hayot jarayonida ko‘plab yuz beradigan va echimiga nihoyat zarurat seziladigan masalalar kiritilgan. Uning boshqa asarlari «al-Voqiot», «al-Mahozir», shuningdek «az-Ziyodot», «al-Jomi’-assag‘iyr» va Xassofning «Adabul-qazo» kitobining sharhlari hisoblanadi. Undan Mahmud Hasiriy, Shamsul-aimma Muhammad Kardariy, Najmul-aimma va Najmuddin Yusuf fiqhni o‘rganganlar. Imom Burhoniddin al-Marg‘inoniy Imom Burhoniddin Abul-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy 1123 yil Marg‘ilon shahrining Rishton tumanida tug‘ilib, 1197 yil Samarqandda olamdan o‘tgan. Marg‘inoniy o‘z oilasi tarbiyasida o‘sib, eng mashhur va iqtidorli olimlardan dars olib, yuksak iste’dodi va izchil faoliyati tufayli Hanafiy mazhabi bo‘yicha buyuk faqih va mujtahid darajasiga ko‘tarildi va shayxul-islom laqabiga sazovor bo‘ldi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling