Liston davlat universiteti


Fiqh ilmining ahamiyatini chuqur tushungan Burhonuddin al-Marg‘inoniy o‘z farzandlarini ham ushbu sohada tarbiyalab kamolga etkazdi. Uning avlodlari va shogirdlaridan quyidagilar mashhur


Download 1 Mb.
bet29/48
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1499276
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi

Fiqh ilmining ahamiyatini chuqur tushungan Burhonuddin al-Marg‘inoniy o‘z farzandlarini ham ushbu sohada tarbiyalab kamolga etkazdi. Uning avlodlari va shogirdlaridan quyidagilar mashhur:


  1. O‘g‘li: Imoduddin ibn Burhonuddin al-Marg‘inoniy etuk faqih va she’riy iste’dod egasi bo‘lgan.

2. Umar Nizomuddin ibn Burhonuddin al-Farg‘oniy. «Islom ensiklopediyasi» va «Kashfuz-zunun»da ko‘rsatilishicha «Al-Favoid» va «Javohirul-fiqh» nomli kitoblar uning qalamiga mansubdir. Ikkinchi kitobning bir qo‘lyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining nodir qo‘lyozmalar fondida R. 9533 raqami ostida saqlanmoqda. Muallif uni «Muxtasarut-Tahoviy», «Muxtasarul-Jassos», «Xizonatul-fiqh» va boshqa bir qator hanafiy mazhabining muhim manbalaridan to‘plab olib «Hidoya» asari asosida tartibga solgan.

  1. Muhammad Abulfath Jaloluddin al-Farg‘oniy.

  2. Al-Marig‘inoniyning nevarasi abulfath Zaynuddin Abdurrahim ibn Imoduddin al-Farg‘oniy samarqandda yashab, ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan. Manbalarda yozilishicha, u 1253 yil Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir «Al-Fusulul-imadiya» nomli asar yozgan.

Al-Marig‘inoniyning Al-Hidoya kitobi 8-asrdan buyon hanafiylik bo‘yicha eng muhim va mo‘‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlari madrasalari va islomiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Uning matni va qisqartmalari ustidan mashhur faqihlar tomonidan 60 dan ortiq sharhlar va hoshiyalar yozilib, ushbu mazhabning tarqalishi yo‘lida ta’sirchan omil sifatida xizmat qilib kelgani hammaga ma’lum.
SHuningdek al-Hidoyaning fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib g‘arb olimlar uchun ham mazhabimizni o‘rganish uchun ahamiyatli manba sifatida qo‘llanilayotgani bizni quvontiradi.
6. Xorazm faqihlari

  • Abul-Mafaxir Kardariy v. 562 h.(1166 m.)

Imom Abdulg‘afur Kardariy ibn Luqmon (ba’zi manbalarda Nu’mon) ibn Muhammad, SHaraful-quzot (qozilar faxri), Tojuddin (din toji), Abul-Mafoxir, SHamsul-aimma laqablari bilan shuhrat qozongan. U Xorazmning Kardar viloyatiga mansub bo‘lib1, o‘z davrining atoqli allomasi hisoblanardi.

  • SHamsul aimma Kardariy (1244 yil 18 iyunь) juma kuni Buxoroda vafot etgan

SHamsul aimma Abulvajd Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad al-Imodiy al-Kardariy al-Baratqiniy 559 hijriy yil (1163 m.y.)da Kardarning Baratqin tumanida tug‘ilgan. YOshlik davridan ilmga qiziqib Xorazmga borgan va u erda Zamaxshariyning shogirdi «Mug‘rib» va «SHarhul-Maqomot» kitoblarining muallifi shayx Burhonuddin Nosir ibn Abul-Makorim al-Matriziydan arab tili va adabiyoti bo‘yicha dars olgan. U har doim ilm talabida bo‘lib, bu ishda juda tirishqoq bo‘lgan. U olimlar suhbatini yoqtirib majlislariga qiziqqan va juda ko‘p ilm ahli va faqihlar xizmatida bo‘lgan. Tarixchilar uning ustozlari sonini cheksiz deyishadi. U tafsir, hadis, xususan, Hanafiy mazhabi fiqhi bo‘yicha buyuk olim bo‘lgan.
Manbalarda u yozib qoldirgan kitoblardan qo‘yidagi ikki kitob ko‘rsatiladi:
1. «Ta’sisul-qavo’id». Bu kitob kalom ilmiga tegishli bo‘lib, Hoji Xalifaning aytishicha Payg‘ambarlarning ma’sum ya’ni gunohsiz ekanligi to‘g‘risidagi kitobdir.
2. Laknaviyning aytishicha, u yana Fazzoliyga raddiya yozgan ekan. Ma’lum bo‘lishicha Fazzoliy «al-Manxul» nomli kitobida mazhab mujtahidlari to‘g‘risida gapirib Abu Hanifa haqida noto‘g‘ri so‘zlar aytgan. SHamsul-aimma Kardariy Fazzoliyning ushbu so‘zlariga raddiya sifatida ushbu kitobni yozgan ekan1.
SHamsul-aimma Muhammad Kardariyning asarlari kam bo‘lishiga qaramasdan u nodir kitoblarning bizgacha etib kelishiga yordam bergan. Masalan, Abu Mansur Moturidiyning «Ta’vilot ahlis sunna» kitobining Toshkent nusxasi va Burhonuddin Marg‘inoniyning «Hidoya» asarlarining bizgacha etib kelishida katta xizmat ko‘rsatgan.

  • Ibnul-Bazzoziy

Ibnul-Bazzoziy al-faqih Hofizuddin Muhammad ibn Muhammad ibn SHihob ibn YUsuf ibn Umar ibn Ahmad al-Kardariy, ilmlar tasnifi, fiqh va usulul-fiqh bo‘yicha zamonasida tengi yo‘q olim edi. U o‘zining ilmlarini otasi Nosiruddin Kardariydan o‘rganib, izchilligi va fiqh ilmiga qiziqishi bilan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, butun shaharlarda shuhrat qozongan.
Ibnul-Bazzoziy 827 h. (1423 m.) yil, ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha 829 h. (1425 m.) yil vafot etgan.
Ibnul-Bazzoziyning qo‘yidagi asarlari bizga ma’lum:
1. «Al-Vajiz». Bu kitob xalq orasida «Al-fatovo al-Bazzoziyya» nomi bilan ham mashhurdir.
2. «Manoqib al-imom al-a’zam Abi Hanifa». Bu kitob Abu Hanifa haqidagi manqibalardan iborat.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling