Liston davlat universiteti


Download 1 Mb.
bet26/48
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1499276
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi

Shamsul-aimma Zaranjariy


Bakr ibn Muhammad ibn Ali ibn Fazl ibn Hasan SHamsul-aimma az-Zaranjariy (427-512 h) iqtidorli olim va Hanafiy mazhabi himoyasi bo‘yicha zarbul-masalga aylangan imom edi. O‘z shaharining aholisi uni «Kichik Abu Hanifa» deb atashardi. U fiqh ilmini Abdul-Aziz Holvoiydan o‘rganib, undan rivoyat qilgan oxirgi kishi hisoblanadi.
Zaranjariy uzoq umr ko‘rdi, Hanafiy mazhabi bo‘yicha ko‘p qirrali ma’lumotga ega bo‘lib, fatvo olish uchun har doim unga murojaat qilinardi. U fiqh ilmini tarqatish, hadislar rivoyat qilish va imlo aytish bo‘yicha katta xizmatlar qildi. 512 yil Buxoroda vafot etib Kalobozda dafn etildi.

3. Samarqand faqihlari

  • Sadrul-islom Bazdaviy (Pazdaviy) v. 493 yil Buxoroda


Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulkarim ibn Muso Abul-yusr Sadrul-islom al-Bazdaviy fiqh ilmini Ismoil ibn Abdisodiqdan, Abdulkarimdan, Abu Mansur Moturidiydan, shuningdek Abu YA’qub YUsuf Sayyoriydan olgan. U, usul va furu’ bo‘yicha salohiyatli olim sifatida xanafiy mazhabi rayosati darajasiga ko‘tarildi.

  • Abu Mansur Moturidiy

IX-X asrning murakkab sharoitida Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, yuksak mutakallim va mutafakkir, yirik faqih va atoqli olim darajasiga ko‘tarilgan Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy (257-870/333-944) o‘ziga xos kalom maktabiga asos solib, Hanafiy mazhabining bayrog‘ini baland ko‘tardi va uning g‘oyaviy poydevorini mustahkamlab, ahli sunna va jamoa e’tiqodini qat’iylik bilan himoya qildi, Mo‘‘tazila, Ismoiliya, Qirmitiya va Botiniya tomonidan tarqatilgan aqidaviy tushunchalarning asossizligini isbotlab berdi.
Abu Mansur Moturidiy yaratgan kalom maktabi o‘zining ko‘p qirraliligi, sohasi kengligi, ilmiyligi, bid’atchilarga qarshi murosasizligi bilan ajralib turadi. U shariat ilmlaridan tashqari hikmat, mantiq va boshqa fanlarni o‘zlashtirganligi tufayli, katta ilmiy iqtidor va ma’naviy salohiyat kasb etib, diniy qarashlari falsafiy me’yorlar bilan uyg‘unlashgan edi.
Mo’tazila (e’tizol tarafdorlari) Qur’on va Sunnani tan olgan bo‘lsalar ham, aqlni bilimning yagona vositasi sifatida qabul qilgan edilar.
Abu Mansur Moturidiy ularga nisbatan kengroq ilmiy dunyoqarash va tushunchalarga ega bo‘lganligi sababli, tushunish va ma’rifat quyidagi uch yo‘ldan hosil bo‘ladi deb ishonadi:

  1. His yoki sezgi a’zolari orqali,

  2. Naql va rivoyat orqali,

  3. Aql va idrok orqali.

Mazkur uslubga binoan Moturidiy mazhabida har bir aqidaviy masala istidlol (dalillash) va mantiqiy uslub asosida yoritiladi. Mo‘‘taziliylar va botiniylar istidloliga qarshi ham naqliy, ham aqliy dalillardan foydalaniladi. U olib borgan kurashning o‘tkir tomoni Mo‘‘taziliydardan keyin ularning aqidaviy asoslariga tayangan Ismoiliy, Botiniylar va Qirmitiylarga qarshi qaratilgan edi.
Moturidiy birinchidan Mo‘‘taziliylarga, so‘ngra Botiniylar va Qirmitiylarga qarshi g‘oyaviy kurash olib borish, Qur’onni tahrif va o‘zgartirishdan saqlab qolish, islom ruhi va ta’limotini bid’atchilarning zaharli g‘oyalaridan himoya qilish, ularning mazhabiy va falsafiy safsatalarini qanchalar asossiz ekanligini isbotlab berishni o‘z oldiga asosiy va muqaddas vazifa qilib qo‘ygan edi. U Botiniylar ta’viliga butunlay qarshi turgan ahli sunna va jamoa ta’vilini rivojlantirdi va bu sohada ko‘p jildlik «Ta’vilatu ahlis-sunna» nomli Qur’on tafsirini yaratdi. Avvalidan oxirigacha Mo‘‘taziliylar va Botiniylar tomonidan Qur’on oyatlariga qilingan o‘rinsiz ta’villarni rad qilish, ilmiy, falsafiy va naqliy dalillar bilan ularning noto‘g‘riligini ko‘rsatib berishga ixtisoslashgan ushbu tafsir nihoyat muhim bir ilmiy asardir. Bu kitob Alouddin Samarqandiy tamonidan «SHarhu ta’vilotil-Qur’on» nomi bilan sharhlangan.
Ash’ariy mazhabi arab dunyosi va YAqin sharqda tarqalgan bo‘lsa, Moturidiyya Turkiston, Xuroson hududida keng ko‘lamda tarqalib, odamlardagi g‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirdi. Samarqand aholisi, uzoq muddatli munozaralar va keskin jadallarda g‘alaba qozonib, o‘z ilmiy asarlari bilan muxoliflarga qaqshatqich zarba bergan imom Moturidiyni e’zozlab, kamoli hurmat va samimiyat bilan kutib oldi va u bilan faxrlandi.
Buyuk imom ko‘p sonli ilmiy meros qoldirdi. Uning eng muhim asarlari:

  1. «Kitobu ma’xazish shar’» (SHariat manbai).

2. «Kitobul-jadal» (Munozara kitobi).
3. «Ta’vilotul Qur’on» yoki «Ta’vilotu ahlisunna» (Qur’on ta’viliga doir kitob, Qur’on tafsiri).
4. «Kitobur - rad alal - Qaromita» (Qirmitiylarga raddiya kitobi).

  1. «Kitobu raddi avoilil adilla lil-Ka’biy» (Ka’biyning boshlang‘ich dalillarini rad qilishga bag‘ishlangan kitob).

  2. «Kitobu bayoni vahmil mu’tazila» (Mo‘‘tazila vahm va gumonlarining bayoni).

  3. «Risolotut tavhid» (Tavhid bo‘yicha risolalar).

  4. «Kitobul usul».

  5. «Kitobul maqolot fi usuliddin» (Din asoslari bo‘yicha maqolalar).

  6. «Sharhu kitobil fiqhil akbar» (Abu Hanifaning «Al-fiqhul-akbar» kitobiga sharh).

  7. «Kitobu raddi tahzibil jadal lil Ka’biy» (Ka’biyning «Tahzibul jadal» kitobiga raddiya).

  8. «Kitobu raddil-usulil xamsati li Abimuhammad al-Bohiliy» (Abu Muhammad Bohiliy tomonidan ishlatilgan beshta usul va qoidaga raddiya kitob).

  9. «Kitobu raddil-imoma li ba’zir-ravofiz» (Ayrim Rofiziy shialar tomonidan imomat masalasi bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalarga raddiya kitob).

14. «Kitobu raddi va’idil-fussoq» (Fosiqlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan vaidlarni rad qilishga doir yozilgan kitob).
SHunday qilib Moturidiy kalom va usulil –fiqh bo‘yicha Hanafiy mazhabining yirik va Salohiyatli vakili sifatida o‘zidan qoldirgan barhayot asarlari bilan, Hanafiy ta’limoti asosida «Moturidiya» kalom mazhabini yaratdi va fiqh ilmi metodologiyasi rivojiga tengsiz hissa qo‘shdi. Undan keyin nasafiylar va Buxorolik Nuridin Sobuniy olimning izdoshlari sifatida, uning yo‘lini davom etdirdilar.

O‘rta Osiyoda Hanafiylarning buyuk imomlaridan biri Alouddin Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy (v. 1145 y) fiqh ilmini Abul-Main maymun Makhuliy va Sadrul-islom Abul-yusr Bazdaviydan o‘rganib o‘z davrining buyuk allomasi sifatida tan olingan va hanafiy huquqshunosligi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib kelgan. U yozgan «Tuhmatul-fuqaho» nomli kitob Hanafiy fiqhi bo‘yicha katta e’tiborga ega bo‘lib, uning ustidan sharhlar yozilgan. U, o‘z qizi Fotimani yoshligidanoq tarbiyalab, iste’dodli faqih va olim darajasiga etkazgan edi. Manbalarda yozilishicha, Fotima fatvo berish vakolatiga ega bo‘lib, ushbu sohada otasi bilan hamkorlik qilib kelgan. Alouddin Muhammadning shogirdi va kuyovi, Qoraxoniylar davrining buyuk faqihi imom Abu Bakr ibn Mas’ud al-Kosoniy o‘z ustozining «Tuhfatul-fuqaho» (faqihlar tuhfasi) nomli kitobi ustidan «Badoi’us-sanoi’, fi tartibish-sharoi’» nomli uch jildlik sharh yozib, o‘z ustoziga taqdim etgan. Hoji Xalifa rivoyatiga ko‘ra uning sharhi ustozga manzur bo‘lib, o‘zining chiroyli qizi Fotima bilan uni uylantirgan. O‘shanda xalq ichida «SHaraha tuhfatahu va tazavvaja ibnatahu» ya’ni («Tuhfa» kitobini sharhlab qizini oldi) degan so‘z yuritilgan1.
Alouddin Samarqandiy fiqh ilmidan tashqari kallom ilmi bo‘yicha ham Hanafiy mazhabining yirik vakillaridan biri sifatida imom Abu Mansur Moturidiyning izdoshi va ta’limotining tarqatuvchisi bo‘lgan. Hoji Xalifa yozishicha u imomning «Ta’vilot» kitobini sakkiz jildda jamlagan.

  • Fotima binti Alouddin

Abdulhay Laknaviy «al-Favoid...»da yozishicha, Fotima otasi Alouddin Samarqandiyning «Tuhfa...» kitobini yoddan bilgan, otasi bilan fatvo chiqarishda yordam berib, fatvolar har ikkalasining yozuvida chiqqan.

  • Abullays Samarqandiy

Abullays Nasr ibn Muhammad as-Samarqandiy Samarqandning zabardast olimlaridan biri edi. U « al-Faqih» laqabi bilan ham mashhur bo‘lgan.
U shuningdek, «Imomulhudo» laqabi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu laqab bilan Abu Mansur Moturidiy ham tanilgan edi.
U tafsir ilmi bo‘yicha «Bahrul-ulum» kitobini, fiqh ilmi bo‘yicha «Xizonatul-fiqh», «Uyunul-masoil», «Al-muqaddima», «An-navozil», «Ta’sisun-nazoir», «Al-mabsut», «An-navodir ul-fiqhiyya», «SHarhul-jome’ al-kabir», «SHarhul-jome’ as-sag‘ir», «Muqaddima fi ba’zil-kaboir vas-sag‘oir», «Fatovo» asarlarini, zohidlik va taqvo borasida «Tanbihul-g‘ofilin», «Bustonul-orifin», «Qurratul-uyun va mufarrihul-qalbil-mahzun», e’tiqod-kalom ilmi bo‘yicha «Usulud-din», «Bayon aqidat al-usul», «Asrorul-vahiy», «Risola fil-ma’rifa val-imon», «Risola fil-hukm», «Quvvatunnafs fi ma’rifatil-arkonil-xams» kitoblarini yozgan1.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling