Imom Abul Husayn Muslim ibn al-Hajjoj ibn Muslim. Asli Nishopurlik. Bu kishi ham “as – Sahih” asarini va boshqa hadis haqidagi bir qancha qimmatli asarlarni yozgan. U ham hadis to’plash uchun Hijoz (Makka, Madina), Iroq Shom (Suriya), Misr va boshqa mamlakatlarni kezgan. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, undan dars olgan. Eng muhim asarlari 11 ta. Ya’ni “Al – Jome as – Saxih”, “Al – Musanad al – kabir ala-r-rijal” (erkaklar ucun eng katta ko’rsatkich), “Kitob al-asmo’ ba-l-kunya”(ism va kunyalar haqida kitob).
Abu Iso Muhammad ibn Iyso ibn Savra at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan biri, bir necha asarlar muallifi. “Kitob al-Jome’” (hadislar majmuasi kitobia), “Kitob ilol” (Illatlar kitobi), “Kitobi tarix”, “Kitob ash-shomoil an – noboviya” (Payg’ambarlik alomatlari) kitoblari mashhur sanaladi.
Imom Nasoiy. Asl ismlari Abu Abdurahmon Ahmad. Hadis ilmida zamonasining imomi bo’lgan. Hofizi Qur’on, Shayx – ul-Islom unvonlariga sazovor bo’lgan. Xurosonning Niso shahrida tug’ilgan (830-915y). nisoiy bir qancha asarlar yozib qoldirgan, ulardan eng muhimlari: 1-“as-Sunnan al-kubro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kqtta kitob), 2- “as-Sunnan al – Sug’ro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kichik kitob), 3- “al – Xasos” (xos narsalar). Bu asarlarning ichida eng mashhuri “as – Sunan al – kubro” asari.
Imom ad-Dorimiy - mashhur hofiz, shayxulislom Abu Muhammad Abdulloh ad-Dorimiy. Samarqandning Dorim degan joyida tug’ilgan(797 – 869). yetuk mufossir foqih va olim. Uning mashhur asarlari: 1- “at-Tafsir”, 2- “al – Jome’” (majmua). Bandor degan olimning aytishicha, duneoning hofizi to’rtta bo’lgan ekan: Rayda- Abu Zar’a, Nishopurda – Muslim ibn Hojjaj, Samarqandda – Abdulloh ibn Abdurahmon ad – Dorimiy va Buxoroda Muhammad ibn Ismoil.
Marvaziy (736-798y) mashhur hadis va fiqh olimi, Marvda tug’ilgan. Fiqh va hadis ilmi bilan shug’’ullanuvchilar uchun ikkita alohida bino qurdirgan. “Kitob az-zuhd va raqoiq” (Zohidlar va xo’rlanganlar uchun kitob) va “Kitob al-jihod” (jihod haqida kitob) asarlari bilan Islom olamida mashhur.
Hakim Termiziy IX asrda yashab faoliyat ko’rsatgan. Tarix, Islom falsafasi, fiqh va tasavvuf sohasida bir qancha asarlar yozib qoldirgan mashur olim, Hakimiya nomli darvishlik tashviqotining asoschisi. 1’’Kitob an-nahj’’ (yo’l-yo’riq kitobi), “Kitob al-furuq ” (Kattiq qo’rquvchi uchun kitob yoki farqlar kitobi) 3.”Xatm al-viloyat” (valiylik xatmi-muhri), 4.”navro’znomai” asarlarida muchal yili hisobi bilan dehqonchilik ziyorat ishlari, tabiiy ofatlar, ob-havo sharoitlari, farovonchilik masalalari, tug’ilish va vafot etish masalalarini yoritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |