Liz Borbo (fr. Lise Bourbeau, 941-yil 14-fevralda tugʻilgan) — faylasuf, psixolog, oʻqituvchi, pedagog, koʻplab bestsellerlar muallifi, Kvebekdagi eng yirik shaxsiy rivojlanish markazlaridan biri asoschisi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana05.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1276832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
L. Burbo - jarohatlarni Davolash (копия) 7

Faqat ikkita narsa cheksizdir -
 Koinot va inson ahmoqligi,
 Garchi men koinot haqida ishonchim komil bo'lmasa-da.
 Albert Eynshteyn


9
*Tarjimondan:
Birinchi kitobda «bir jinsdagi ota-ona» va «qarama qarshi 
jinsdagi ota-ona» iboralari keltirilgan edi, va bu ko'pchilik 
kitobxonlar uchun tushunarsizlik va noqulayliklar tug'dirgan ekan. 
Men bu iboralarni iloji boricha soddalashtirishga harakat qildim, 
ammo bundan boshqacha yozilsa, so'zning asl ma'nosi o'zgarib ketar 
edi va kitob muallifi ochib berishga uringan mohiyatni to'liq anglab 
bo'lmay qolish mumkin edi. 
Ushbu kitobda ham bu iboralar ko'p bor uchraydi shu bois keling eng 
avval bu iboralarni chuqurroq tushinib olamiz.. 
Bir jinsdagi ota ona bu – sizning jinsingizdagi otangiz yoki 
onangizdir. Kitobni erkak va ayollar o'qish mumkin ekanligini 
inobatga olib shunday usulda yozilgan. 
Qarama qarshi jinsdagi ota-ona esa – sizning jinsingizga qarama 
qarshi otangiz yoki onangiz hisoblanadi. 
Siz kitob o'qish jarayonida qachonki ushbu iboralarga duch 
kelganingizda o'z jinsingizdan kelib chiqqan holda hulosa qilishingiz 
kerak bo'ladi. 
Va yana bir muhim jihat: Niqoblar nomi, kitob muallifi 
ta'riflaganidek qisqa va sodda ta'riflangan. Bunday ta'riflar bizning 
mentalitetdan kelib chiqib biroz qo’pol tuyulishi mumkin, ammo 
o'zbek kitobxonlar uchun kitobni asl holida ochib berish maqsadida 
niqoblarga ta'riflarni muallif bergandek yozishga qaror qilganman. 
Barchaga maroqli mutolaa tilayman! 


10
1-BOB
BESHTA JAROHATLARNI KO'RIB CHIQISH
Avvaliga shuni eslatib o'tamanki, biz hammamiz Yer sayyorasida 
jarohatlar bilan tug'ilganmiz, ularni qabul qilishni o'rganishimiz 
kerak. Bizning ko'plab mujassamlanishlarimiz davomida jarohatlar 
rivojlangan va bizning hayot rejamizga ko'ra, ularning ba'zilari bizga 
boshqalarga qaraganda ko'proq azob beradi. Har bir inson turli xil 
azob-uqubatlarga ega, ammo ko'p odamlar jarohatning kelib chiqishi 
va u bilan qanday kurashish kerakligini bilishmaydi. Biz bilgan narsa 
shundaki, biz ko'p odamlar va vaziyatlarga juda hissiy munosabatda 
bo'lamiz, bundan azob chekamiz. Shuning uchun azob-
uqubatlarimiz manbasini aniqlash juda muhimdir.
Nima uchun biz "ruhiy jarohat" atamasini ishlatamiz? Chunki biz 
o'z egomizga hayotimizni boshqarishiga yo'l qo'yganimizda, ruhimiz 
hayot rejamizni amalga oshira olmaslikdan azob chekadi. Ruh azob 
chekadi, chunki uning mujassamlanishidan maqsad haqiqiy, fidoyi 
sevgi va o'zini o'zi qabul qilish tajribasini boshdan kechirish, uning 
ilohiy mohiyatini anglashdir. Qaysi jarohatlar faol ekanligiga qarab, 
bizning ruhimiz turli yo'llar bilan azoblanadi. Va eng achinarlisi 
shundaki, biz o'z egoimizga o'zimizni o'zimiz ishontirishimizga 
imkon beramiz, bu bizni azob-uqubatlardan xalos qiladi, garchi 
aslida bunday bo'lmasa ham.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling