Логистика


Download 5.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/232
Sana18.10.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1707742
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232
Bog'liq
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023

An’anaviy yondashuv bilan transport ishtirokchilari yuklarni keyingi bo‘g‘inga 
o‘tkazishda ketma-ket o‘zaro ta’sir o‘tkazadilar. Shu bilan birga, har bir bosqichda o‘z 
tariflari belgilanadi. 
Logistika yondashuvi bilan butun transport jarayoni bitta tarifga ega bo‘lgan 
bitta operator tomonidan boshqariladi. 
Transport logistikasini avtomatlashtirish. Doimiy transport xizmatlarini talab 
qiladigan kompaniyalar, shuningdek tashuvchilar uchun xarajatlarni minimallashtirish 
va biznesni rivojlantirish uchun transport logistikasini avtomatlashtirish jarayoni 
muqarrar. Buning uchun maxsus TMS (transportni boshqarish tizimi) — transportni 
boshqarish tizimlari qo‘llaniladi.
2. O‘zbekistonda transport tizimi, logistika markazlari va transport 
vositalari turlari 
Yozirgi davrda Markaziy Osiyoning geosiyosiy mintaqasi, beshta davlatdan 
iborat: Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston. Markaziy 
Osiyo mamlakatlarining asosiy geografik xususiyati shundaki, ular Jahon okeaniga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniga ega emaslar. Ushbu xususiyat mintaqa davlatlari 
hayotining barcha sohalariga – iqtisodiyot, milliy xavfsizlik va tashqi siyosatga ta’sir 
qiladi. 
Ushbu mintaqadagi asosiy mamlakat Markaziy geostrategik mavqega ega 
bo‘lgan O‘zbekistondir. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining eng rivojlangan iqtisodiyotlaridan biriga ega va eng yirik 
bozorlardan biri hisoblanadi. Bu uning Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan savdo 
oqimlarida juda muhim rolini belgilaydi. 
Dengizlardan ikki tomonlama ajralgan 
Dunyoda qirqdan ortiq mamlakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi. 
Yuklarni qirg‘oqqa yetkazish uchun ular boshqa davlat chegaralarini kesib o‘tishlari 
kerak. O‘zbekistonning o‘ziga xosligi shundaki, uning yuklari dengizga yyetib 
borishdan oldin kamida ikki mamlakat hududini bosib o‘tishi kerak. 


109 
Shimolda Rossiya va Boltiqbo‘yi portlariga yetib borish uchun Qozog‘istonni 
engib o‘tish kerak. Janubda dengiz qirg‘og‘iga yo‘l Turkmaniston va Eron orqali 
o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston orqali faqat ichki Kaspiy dengiziga chiqish yo‘li bor, 
keyin esa Qora dengiz portlariga borish uchun Kavkaz davlatlari chegaralarini kesib 
o‘tish kerak. Sharqda faqat Qozog‘iston orqali Rossiyaning uzoq Sharq portlariga yoki 
Xitoy portlariga yetib borish mumkin. Janubi-Sharqda qirg‘oqqa yetib borish uchun 
Afg‘oniston va undan keyin Pokiston orqali eng xavfli yo‘lni bosib o‘tish kerak. 

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling