Loyihasi : tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Qurollar va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus ehtiyot qismlar; qimmatbaho
Download 487 Kb.
|
FIRDAVS
Qurollar va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus ehtiyot qismlar; qimmatbahometallar, qotishmalar, ulardan yasalgan buyumlar; qimmatbaho ruda metallari, konsentratlari,parchalari va chiqindilari;
qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho tabiiy toshlarning chiqindilari, kukunlari va ularning reko‘peratorlari, marvarid va undan yasalgan buyumlar, qahrabo va undan yasalgan buyumlar; uran va boshqa radioaktiv moddalar hamda ulardan yasalgan buyumlar, radioaktiv moddalarning chiqindilari, radioaktiv moddalar foydalanilgan asbob va uskunalar; rangli metallar, rangli metallari prokati, rangli metallarning parchalari va chiqindilari; qora metallar, qora metallari prokati, qora metallarning parchalari va chiqindilari; xom neft, tabiiy gaz; paxta tolasi, paxta linti. paxta tolasi, paxtadan yigirilgan ip; paxta linti; xom neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari; elektr quvvati; qimmatbaho metallar, ularning qotishmalari, parchalari va chiqindilari; qora metallar, ularning qotishmalari, parchalari va chiqindilari. Davlat sub’ektlariga ular zimmasiga davlat tomonidan yuklangan xuquq va majburiyatlarni tasarrufchilari kiradi. Bo‘lar o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardir (aksionerlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o‘rta korxonalar, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, xususiy korxonalar, tadbirkorlar va boshqalar). 2012 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash hamda eksportni rag‘batlantirishga yo‘naltirildi. Bunda ichki valyuta bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun, valyuta savdolarida intervensiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali Markaziy bank tomonidan so‘m almashuv kursining o‘zgarib boruvchi boshqariladigan usuli qo‘llanildi. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi. Natijada 2012 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 10,5 foizga pasayib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra bir AQSH dollari 1984,0 so‘mni tashkil qildi. 2012 yilda banklaro ichki valyuta bozoridagi jami operatsiyalar hajmi 13,7 mlrd. AQSH dollarini, shundan Markaziy bank operatsiyalari 4,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. So‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi. SHunga muvofiq, 2012 yilda so‘mning almashuv kursi funt sterlingga nisbatan 14,4 foizga, evroga nisbatan 11,9 foizga, yapon ienasiga nisbatan 2,2 foizga va xitoy yuaniga nisbatan 12,2 foizga pasaydi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Jahon va o’zimizning amaliyotida, valyutalami oldi-sottisi amalga oshadigan joy jahon valyuta bozori deb ataladi. Ammo, mazkur bozorning xususiyatlariga ko'ra, u aniq bir manzilga ega emas yoki m’alum bir joyda jismonan mavjud emas. Jahon valyuta bozori - telefon hamda zamonaviy telekomunikatsion tizim orqali savdosi amalga oshadigan xususiyatli bozordir. Valyuta pozitsiyasi - dilerni talab va majburiyatlarini nisbatidir. U ikki qismdan iborat, ya’ni "uzun" va "qisqa" pozitsiyadan."Uzun" pozitsiyada - dilerni talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo'ladi. Valyuta bozori - bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el valutasidagi qimmatbaho qog'ozlarni hamda valutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi. Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshiq bo’lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning quyidagi keng tarqagan turlari mavjuddir. Ularga: Forvard valyuta bitimlari; Fyuchers bitimlari; Valyuta opsioni; Svop operatsiyalarini ko'rsatish mumkin. Forvard valuta bitimi - bu voz kechib va bank bilan uning mijozi kartasidagi ma'lum miqdordagi kelishilgan valyutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan ayirboshlash kursida kelajak muddatlarda shartnomaning majburiyatlarini bajarilishidir. Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud: 1 ."koll-opsion" yoki xarid qilish uchun opsion. 2."put-opsion" yoki sotish uchun opsion. Koll-opsionning xaridori oldindan belgilangan narx bo'yicha muayyan tovarni sotishga ega bo'ladi. Ushbu xaridorga aniq tovarni sotib olish yoki sotish uning uchun foyda keltirmaydigan bo'lgan holda undan voz kechish imkoniyatini beradi. Amerika opsioni deb, odatda opsionni harakat muddatini xohlagan vaqtida bajarilishiga, va shuning uchun opsionni harakat muddati uning birinchi va oxirgi kitob sanasi orasida o 'rnatiladi. Yevropa opsioni deb, odatda opsionni faqat hisob-kitobning aniq bir ma'lum oxirgi davrida bajarilishiga aytiladi. Birjadan tashqari opsionlar odatda bank tomonidan ishbilarmon mijozga mos keluvchi tijorat shartnomasiga yoziladi. Birja opsionlari - bu valyuta opsion bitimlarini jamlangan summasi va vaqtning davriy yig'indisidir. Valyuta bozoridagi xalqaro bitimlar, xususan, kapitalni qisqa muddatli eksporti bitimlardan tez-tez foydalanishga olib kelmoqda. Svop operatsiyasi - bu bir vaqtning ichida chet el valutasmi har-xil sanaga turli hisob-kitoblar shartida teng summada sotib olish va sotishdir. Svop - bitimlar, shuningdek, banklar tomonidan qarzlarining chet el valutasidagi majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalaniladi. Shunday qilib, banklar svop bitimlardan qarzlarining valyuta pozitsiyalarini muvofiqlashtirish usulini va valuta kurslarini tebranishini oldini olish maqsadida foydalanadilar. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling