M a’ruzalar matni 1-ma`ruza. Organik kimyoning asosiy tushunchalari. Reja


- MAVZU ALKENLARNING ELEKTROFIL REAKSIYALARI


Download 0.88 Mb.
bet15/19
Sana31.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1144594
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu.Organik kimyo faniga kirish

6- MAVZU ALKENLARNING ELEKTROFIL REAKSIYALARI.
Reja:

  1. Alkenlarni geterogen va gomogen gidrogenlash.

  2. Alkenlarni galogenvodorodlar bilan elektrofil birikishi.

  3. Alkenlarga radikal birikishi.

4.Metatezis reaksiyalar.


Kimyoviy xossalari. Etilen uglevodorodlarining tuzilishida qo’shbog’lar bo’lganligi sababli ular uchun turli molekulalarni biriktirib olish jarayonlari xosdir. Birikish sp2-gibridlangan holadagi uglerod–uglerod orasidagi -bog’lanishning uzilishi hisobiga sodir bo’ladi. Olefinlar almashinish
reaksiyalariga ham kirisha oladilar. Almashinish qo’shbog’ga nisbatan -holatda joylashgan ugleroddagi vodorodlar hisobiga boradi:

Birikish reaksiyalarida qo’shbog’ elektronlarining donori hisoblanganligi sababli, bu reaksiyalar asosan elektrofil birikish mexanizmi bo’yicha sodir bo’ladi.


Etilen uglevodorodlarining muhim kimyoviy xususiyatlariga misollar keltiramiz.


Birikish reaksiyalari.
V

odorodning birikishi.
Alkenlar vodorodni foqat Pt, Pd, Ni kabi katalizatorlar ishtirokida biriktirib oladilar:
Bunda etilen uglevodorodi katalizator yuzasida yutilib -bog’larning uzilshi osonlashadi. Vodorod ham katalizator yuzasida yutiladi, natijada H–H orasidagi bog’lanish bo’shashadi.


Etilenning gomologlari etilenga qaraganda vodorodni oson biriktirib oladilar.


Galogenlash. Olefinlar galogenlarni oson biriktirib oladilar:


Galogenlash jarayonining tezligi galogenning tabiatiga bog’liq, galogenlash reaksiyasi ftor bilan olib borilganda jarayon portlash, yonish bilan boradi. Galogenlar olefinlarga radikal yoki ionli mexanizm bo’yicha birikishi mumkin.


Etilen uglevodorodlariga galogenlarning birikish reaksiyasi qo’shbog’ borligini ko’rsatuvchi sifat reaksiyasi bo’lib xizmat qiladi.
Galogenlarni etilen uglevodorodlariga ionli mexanizm bo’yicha birikishi elektrofil birikish mexanizmi bo’yicha boradi.
Dastlab etilen uglevodorodi elektrofil agent bilan -kompleks hosil qiladi, so’ngra -kompleks orqali mahsulot hosil bo’ladi:

Etilen uglevodorodiga Br+ ni birikish bosqichining tezligi eng kichik bo’lganligi uchun bu reaksiyani elektrofil birikish bilan boruvchi reaksiya deyiladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling