M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

kabi a’zolarga tushib, u yerda o‘zgarishlarga va ko‘ðincha bu a’zo-

larning kattalashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Limfoid to‘qimalar

zararlanishi tufayli jag‘ osti, bo‘yin va quloq oldi limfatik bezlari

kattalashadi. Jarayonga burun, traxeya, bronxlar shilliq qavati

qo‘shiladi. Bodomsimon bezlar, konyunktiva, ko‘z muguz ðardasi

va ichak shilliq qavati ham zararlanadi.

O‘lim yuz bergan hollarda ðeribronxial ðnevmoniya aniqlanadi.

Bunda bronxlar devori va alveolalarda shish hamda nekroz aniqlanadi.

Ichak shilliq qavatida yallig‘lanish jarayoni belgilari qayd etiladi.



223

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 14 kungacha (ko‘ðincha 5–7

kun) davom etadi. Adenovirusli infeksiyalar o‘tkir boshlanadi: et

uvushib, biroz bosh og‘riydi, ba’zida bo‘g‘imlar, mushaklar va

suyaklarda og‘riq bo‘ladi. Kasallikning 2–3-kunlariga kelib, tana

harorati 38–39°C gacha ko‘tariladi. Organizm intoksikatsiyasi odatda

o‘rtamiyona bo‘lib – yuqori tana haroratida bemorning umumiy

ahvoli qoniqarli bo‘ladi. Isitma 8–14 kun davom etadi: ba’zida ikki

to‘lqinli xarakterga ega bo‘ladi. Uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, qusish,

bosh aylanishi kam kuzatiladi. Ayrim bemorlarda kasallikning

birinchi kunlari ich ketishi va eðigastral sohada og‘riq seziladi.

Kasallikning 1-kuni tumov bo‘lib, burundan biroz suyuqlik oqadi.

Bu vaqtda bemorni ko‘ðincha tomoq og‘rig‘i va yo‘tal bezovta qiladi,

ovoz xirillashadi.

Bemorni ko‘zdan kechirganda yuz terisi, konyunktiva qizargani

va sklera tomirlari infeksiyasi aniqlanadi. Kasallikning 1–3-kuni

konyunktivit rivojlanadi. Avvaliga yallig‘lanish jarayoni bir tomon-

lama, keyinchalik esa ikki tomonlama xarakterda bo‘ladi. Kasallik

ko‘zda og‘riq, ko‘ð miqdorda shilimshiq ajralib chiqishi va kon-

yunktiva qizarishi bilan kechadi; ko‘ðincha unda gemorragiyalar

kuzatiladi. Burun shilliq ðardasi shishgan va rinoreya mavjudligi

tufayli burundan nafas olish qiyinlashadi, jag‘ osti va bo‘yin limfatik

tugunlari kattalashadi. Yurak-qon tomirlar sistemasida tomir urishi

tezlashadi, yurak tovushlari bo‘g‘iq holda eshitiladi. O‘ðkada quruq

xirillashlar aniqlanadi. Oshqozon-ichak yo‘llari ko‘ðroq zararlanadi.

Qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi. Parenximatoz a’zolar –

jigar va taloq kattalashadi. Adenovirusli geðatitlar ma’lum, lekin

ularning klinik xususiyatlari kam o‘rganilgan. Bu geðatitning sariqlik

bilan kechadigan shakllari ehtimol virusli geðatitlar shaklida qayd

qilinadi. Adenovirusli infeksiyaning mezenteral limfatik tugunlar

zararlanishi – mezadenitlar bilan kechadigan turi ham mavjud, u

o‘tkir qorin sindromi shaklida rivojlanadi. Adenovirusli infek-

siyaning turli asoratlari ma’lum bo‘lib, ular asosan kichik yoshdagi

bolalarda ko‘ðroq uchraydi. Bularga rinit, tonzillit, otit, bronxit,

ðlevrit va ðnevmoniya kabi kasalliklar misol bo‘ladi.

Òashxisi. Klinik tashxis asosan eðidemiya vaqtida qo‘yiladi,

sðoradik holatlarda klinik belgilar xilma-xilligi tufayli tashxis qo‘yish

qiyinroq. Òiðik holatlarda toksikozning o‘rtacha rivojlanishi, yuqori

va uzoq davom etadigan isitma hamda kataral belgilar kasallikka klinik


224

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

tashxis qo‘yishga yordam beradi. Òonzillit, konyunktivit, limfadenit

va geðatoliyenal sindrom (jigar va taloq kattalashishi) tashxis

qo‘yishni yengillashtiradi.

Òashxisni erta tasdiqlash maqsadida bemorning burun-tomoq

shilliq qavatlari hujayralarida immunoflyuoressent usul yordamida

sðetsifik antigen aniqlanadi. Virusologik tashxis burun-tomoq

shillig‘idan, konyunktivitda ko‘z ajratmalari va najasdan  virusni

ajratishga asoslangan. Serologik usullardan KBR qo‘llanadi. Qo‘sha

zardoblar tekshiriladi: birinchi zardob kasallikning 5-kunigacha,

ikkinchisi – 10–14 kun o‘tgandan so‘ng tekshiriladi. Kasallik vaqtida

reaksiya titri 4 baravar va undan ham oshadi.

Davolash. Kasallikning yengil shaklida simðtomatik teraðiya bilan

chegaralanish mumkin. Kasallikning o‘rtacha og‘ir va og‘ir shakl-

larida komðleks davo tadbirlari o‘tkaziladi. Kasallikning birinchi

kunlari mushak orasiga adenoviruslarga qarshi sðetsifik antitelolarga

ega bo‘lgan 6 ml ðlatsentar immunoglobulin yoki zardob ðolig-

lobulin yuboriladi. Dezintoksikatsiya maqsadida venaga tomchilab

natriy xloridning izotonik yoki 5% li glukoza eritmasi yuboriladi.

Mahalliy etiotroð dorilardan 0,25% li oksolin malhami  burun

katagiga surtiladi. Burun kateterlari orqali namlangan kislorod

hamda komðleks vitaminlar (askorbinat kislota, B guruh vita-

minlar) tayinlanadi. Pnevmoniyada antibiotiklar qo‘llanadi. Sog‘a-

yish vaqtida yallig‘lanish o‘choqlarining so‘rilishini tezlashtirish

uchun bankalar, gorchichniklar va issiq muolajalar qo‘llanadi. Ko‘z

zararlanganda immunoglobulin konyunktival xaltaga tomiziladi.

Pardali konyunktivitlarda ko‘z borat kislotaning 2% li eritmasi bilan

yuviladi, 20–30% li sulfatsil-natriy (albutsid) eritmasi tomiziladi,

qovoqlarga 1% li ðreznizolon malhami bilan boylamlar qo‘yiladi,

ko‘zga 0,2% li dezoksiribonukleinaza eritmasi tomiziladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktika

bo‘yicha umumiy tadbirlar griððdagi kabi o‘tkaziladi. Sðetsifik

ðrofilaktika uchun o‘lik va tirik vaksinalar sinalmoqda. O‘choqlardagi

tadbirlar bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni 10 kunga

izolatsiya qilishdan iborat. Bolalar jamoalarida kasallik tarqalganda

oxirgi bemorni izolatsiya qilgandan keyin yana 10 kun davomida

bolalarning o‘zaro muloqatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘choq-

da o‘tkaziladigan tadbirlar griððdagidek.



225

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Nazorat savollari

1. Adenovirusli infeksiya nima va u qanday yuqadi?

2. Adenovirusli infeksiya ðatogenezini gapirib bering.

3. Adenovirusli infeksiyalar uchun qanday klinik belgilar xos?

4. Adenovirusli infeksiyalarga tashxis qanday qo‘yiladi?

5. Adenovirusli infeksiyalarning sðetsifik ðrofilaktikasi uchun

nima qo‘llanadi?

Difteriya (diðhteria)

Difteriya (bo‘g‘ma) – yurak-qon tomir hamda nerv siste-

masining toksik zararlanishi, mahalliy yallig‘lanish tufayli fibrinoz

ðarda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir

yuqumli kasallikdir.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi kattaligi o‘rtacha 1–8

mkm, kengligi 0,3–0,8 mkm bo‘lgan tayoqchasimon mikroblar

bo‘lib, uchlari to‘g‘nog‘ich shaklida kengaygan bo‘ladi. Difteriya

mikroblarining xarakterli xususiyati – bu ularning surtmada rim

raqami V shaklida joylashishidir. Difteriya tayoqchalari harakatsiz,

sðora hosil qilmaydi, kaðsulaga ega emas, grammusbat. Gram usulida

yaxshi bo‘yaladi.

Difteriya tayoqchasi aerobdir. Hozirgi vaqtda qo‘zg‘atuvchilarni

o‘stirish uchun Buchin va telluritli muhitlar hamda qonli agar

qo‘llaniladi. 3 turdagi difteriya tayoqchalari farqlanadi (gravis, mitis

va intermedius). Uzoq yillargacha difteriyaning og‘ir kechishini

qo‘zg‘atuvchining biokimyoviy turi bilan bog‘lab keladilar, ammo

klinik-bakteriologik tekshirishlar buni tasdiqlamadi. Ko‘ðayish

jarayonida difteriya tayoqchalari murakkab oqsil tabiatiga ega bo‘lgan

kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi va u odam uchun juda kuchli

zahar hisoblanadi. Ekzotoksinga formalin eritmasida ishlov berish

orqali anatoksin olinadi, u zaharsiz hisoblanadi. Lekin teri ostiga

yoki mushak orasiga yuborilganda organizmda antitoksin ishlab

chiqiladi. Difteriyaga qarshi anatoksin yordamida emlash o‘tkazish

shunga asoslangan. Ekzotoksinga ko‘ðgina tajriba hayvonlari (dengiz

cho‘chqalari, quyonlar, maymunlar va b.) sezgirdir; qo‘zg‘atuv-

chining o‘zi hayvonlar uchun ðatogen emas. Mayda tomchilar

15 – Yuqumli kasalliklar



226

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

shaklida sochilgan kulturasi havoda 1–2 kun saqlanadi, hatto

quyosh nurida u faqat bir necha soatdan keyin o‘ladi. Yuqori

haroratga (+50°C da 30 min davomida o‘ladi) va barcha dezin-

feksiyalovchi moddalarga sezgir. Masalan, 3% li lizol eritmasida

tayoqchalar 10 minutdan keyin, 2% li xloramin yoki 5% li karbol

kislota eritmasida – 30–40 sekundda o‘ladi.

Eðidemiologiyasi. Difteriya manbai faqat bemor yoki bakteriya

tashuvchilar hisoblanadi. Difteriyaga 6 oylik – 1 yoshdan 8 yosh-

gacha bo‘lgan bolalar ayniqsa sezgir, ammo kattalar ham difteriya

bilan kasallanishlari mumkin. Difteriya havo-tomchi yo‘li bilan

yuqadigan yuqumli kasalliklarga kiradi; bemor yoki bakteriya

tashuvchilar yo‘talganda va aksa urganda halqumdan va burun-tomoq

yo‘llaridan havoga mayda shilliq zarrachalari bilan virulent difteriya

bakteriyalari ajraladi. Bu bakteriyalar sog‘lom odam burun-tomoq

va yuqori nafas yo‘llariga tushishi natijasida kasallik yuqadi.

Difteriya kuz-qish fasllarida ko‘ð tarqaladi (mavsumiylik). Bunga

sabab, bu davrda bolalarning bir joyda jam bo‘lishi, ya’ni mak-

tablar, internatlar va boshqa o‘quv muassasalarida yangi jamoa-

larning ðaydo bo‘lishi va difteriya bilan kasallangan bemorlar va

bakteriya tashuvchilar bilan sog‘lom kishilarning yaqindan aloqada

bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari bakteriya tashuv-

chilarda burun-tomoq va yuqori nafas yo‘llarida kataral jarayon-

larning ko‘ðayishi ham ahamiyatga ega. Chunki ularning aksa urishi,

yo‘talishi yoki gaðlashishi natijasida difteriya bakteriyalari sog‘lom

odamlarga o‘tadi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Halqum, hiqildoq va

burun shilliq qavatlari infeksiyaning kirish darvozasi hisoblanadi.

Ba’zan qo‘zg‘atuvchi organizmga boshqa yo‘llar bilan tushadi va bu

kasallikning klinik ko‘rinishini belgilaydi (teri, quloq, ko‘z, jinsiy

a’zolar difteriyasi). Barcha holatlarda qo‘zg‘atuvchi kirish joyida

rivojlanadi, ular tomonidan ajratib chiqarilgan ekzotoksin mahalliy

ta’sir ko‘rsatishdan tashqari umumiy ta’sirga ham ega. Kirish joyida

ekzotoksin ta’sirida eðiteliy nekrozga uchraydi, tomirlar zararlanadi

(kengayadi, o‘tkazuvchanligi oshadi, staz kuzatiladi). Natijada

tomirlardan qonning oqsillarga boy suyuq qismi sizib chiqadi.

Undagi fibrinogen  nekrozlangan to‘qimalar sababli fibringa

aylanadi va fibrinoz ðarda hosil bo‘ladi. Kasallikning birinchi kunlari

fibrinoz ðarda nozik (mayin) va tamðon bilan yengil olinadigan


227

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

bo‘lib, keyinchalik difteritik yallig‘lanish shakllanadi va ðarda qalin,

dag‘al bo‘lib, bodomsimon bezlar yuzasiga zich o‘tiradi; tamðon

yoki shðatel bilan olinmaydi. Pardani qoðlagan karash qo‘ng‘ir,

iflos-qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Bunday yal-

lig‘lanish turi ko‘ð qavatli eðiteliy bilan qoðlangan joylar (halqum,

tomoq) da uchraydi. Hiqildoq difteriyasida faqat kruðoz yallig‘lanish

(tamðon bilan oson olinadi) kuzatiladi. Chunki hiqildoq shilliq

qavati bir qavatli eðiteliy bilan qoðlangan. Kruðoz yallig‘lanish

traxeya va bronxlar shilliq qavatida ham uchraydi. Òoksin ta’sirida

to‘qimalar va regionar limfatik tugunlar shishadi. Shish qanchalik

rivojlanishiga qarab intoksikatsiya darajasi aniqlanadi.

Difteriya ðatogenezi faqat kirish joyidagi o‘zgarishlar bilan

chegaralanmaydi. Kasallikning qator muhim klinik ko‘rinishlari

infeksiyaning kirish darvozasidagi difteriya bakteriyalari endo-

toksinining so‘rilishi va intoksikatsiyaning turli xil darajada rivoj-

lanishiga bog‘liq. Umumiy intoksikatsiya uchun nerv (asosan

ðeriferik), yurak-qon tomir, nafas sistemalari (nafas mushak-

larining falajlanishi), buyrak usti bezlari hamda buyrakning tanlab

zararlanishi xarakterlidir.

O‘lim hollarida ðatologoanatomik jihatdan regionar limfatik

tugunlarda fibrinoz yallig‘lanish, shish va qon quyilishi, nerv

sistemasi tomonidan – miya shishi kuzatiladi. Buyrak usti bezlarida

kuchli qizarish, qon quyilishdan tortib nekrozgacha bo‘lgan des-

truktiv o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Ichki a’zolarda qon to‘ð-

lanishi, shishlar va qon quyilish o‘choqlari uchraydi. Yurak

kattalashadi. Buyrakda toksik nekroz aniqlanadi.

Kasallikning toksik shakllari uchun teri osti kletchatkasida

infeksiyaning kirish darvozasida shish hosil bo‘lishi xosdir. Masa-

lan, halqum difteriyasining toksik shaklida – bo‘yin kletchatkasida

katta shish, hiqildoq difteriyasida – ovoz boylamlarida shish qayd

etiladi.


Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 10 kungacha (ko‘ðincha 3–5

kun) davom etadi. Difteriyaning klinik ko‘rinishlari turli xildir.

S.N.Rozanov taklif etgan klassifikatsiya yagona klassifikatsiya sifatida

qo‘llanmoqda. Mazkur klassifikatsiya bo‘yicha quyidagi shakllar

farqlanadi:

1. H a l q u m  d i f t e r i ya s i:

a) lokalizatsiyalangan shakllari (kataral, orolchali, ðardali);


228

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

b) tarqalgan shakllari (halqum va burun, halqum va hiqildoq,

halqum va og‘iz bo‘shlig‘i difteriyasi);

d)  toksik shakllari (subtoksik, I, II,  III darajali toksik,

giðertoksik, gemorragik);

2. H i q i l d o q     d i f t e r i y a s i (lokalizatsiyalangan va tarqalgan

kruð);

3. B u r u n  d i f t e r i ya s i  (kataral-yarali va ðardali shakllari);



4. K a m  u ch r a y d i g a n  d i f t e r i ya  (ko‘z, quloq, jinsiy

a’zolar, teri, jarohat).

Hozirgi vaqtda halqum difteriyasi ko‘ð uchraydi (barcha bemor-

larning 98% igacha). Halqum difteriyasi tiðik (ðardali, tarqalgan,

toksik) va atiðik (kataral, orolchali) shakllarda o‘tishi mumkin.

Difteriyaning lokalizatsiyalangan shakli ko‘ð uchraydi va mahal-

liy jarayonning bodomsimon bezlar sohasida joylashishi bilan

xarakterlanadi.

Kataral difteriya nisbatan ko‘ð uchraydi. Bu shaklida bemorning

umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi, ayrim hollarda holsizlik va

yutinganda ozroq og‘riq seziladi, tana harorati subfebril bo‘ladi.

Bodomsimon bezlarni ko‘zdan kechirganda qizarish va bu bezlar-

ning shishganligi hamda regionar limfatik bezlar kattalashgani

aniqlanadi.

Halqum difteriyasining orolchali shakli ham yengil o‘tishi bilan

xarakterlanadi. Bunda haroratning o‘rtacha balanlikda ko‘tarilishi va

intoksikatsiya belgilari kuzatiladi. Bemorning boshi og‘rib, tinkasi

quriydi, yutinganda tomog‘ida og‘riq sezadi. Òekshirganda harorat

subfebril bo‘lib, bodomsimon bezlar kattalashgani va unda shishlar

kuzatiladi. Bodomsimon bezlarda yakka holda va ko‘ðlab (orolchalar

shaklida) fibrinoz ðardalar aniqlanadi. Bu ðardalar oson olinib,

o‘rnidan qon chiqadi. Regionar limfatik tugunlar o‘rtacha katta-

lashgan bo‘lib, odatda og‘riq sezilmaydi.

Halqum difteriyasining ðardali shakli nisbatan o‘tkir boshlanib,

tana harorati ko‘tariladi, bunda intoksikatsiya belgilarining ancha

rivojlanganligi (darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, holsizlanish) kuza-

tiladi. Shilliq qavatlar qizarib, bodomsimon bezlar kattalashgani va

ularning yuzasida qattiq oqish tusli fibrinoz karashlar aniqlanadi.

Parda qiyinchilik bilan olinadi va uning o‘rnida qonaydigan ero-

ziyalar qoladi. Karashlar yuzasida burmalar ðaydo bo‘ladi. Re-



229

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

gionar limfatik tugunlar kattalashib, biroz og‘riq kuzatiladi.

Difteriyaga qarshi zardob yuborilgandan keyin karashlar bir

sutkadan keyin kamaya boshlaydi. 2–3 kunda bodomsimon bezlar

karashlardan ozod bo‘ladi. Sðetsifik davo o‘tkazilmasa, ðatologik

jarayon kuchayishi mumkin va kasallik yanada og‘irroq shakllarga

(tarqalgan toksik) o‘tadi.

Halqum difteriyasining tarqalgan shakli fibrinoz ðardalarning

bodomsimon bezlaridan boshqa joylarga o‘tishi bilan xarakterlanadi.

Difteriyaning mazkur shakli tana haroratining 38–38,5°C va

undan ham yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi, umumiy intok-

sikatsiyaning kuchli belgilari, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi bilan

xarakterlanadi. Lokalizatsiyalangan shaklidan shu bilan farqlanadiki,

bunda karashlar bodomsimon bezlardan boshqa joylarga – tilcha,

tomoq yon va orqa devorlariga ham tarqaladi. Yumshoq tanglayda va

bo‘yin teri osti kletchatkasida shish kuzatilmasligi bilan toksik

shaklidan farq qiladi.

Halqum difteriyasining toksik shakli tana haroratining 39–40°C

gacha ko‘tarilishi va kuchli rivojlangan umumiy intoksikatsiya

belgilari (kuchli holsizlanish, adinamiya, bosh og‘rig‘i, et uvu-

shishi, qusish) bilan xarakterlanadi. Bu shakllar uchun xos bo‘lgan

belgilardan biri – bo‘yin kletchatkasida shish ðaydo bo‘ladi. Sub-

toksik difteriyada shish bir tomonlama bo‘lib, faqat jag‘ osti limfatik

tugunlari yonida uchraydi. I darajali toksik difteriyada shish bo‘yin-

ning o‘rtasigacha, II darajada – o‘mrov suyagigacha,  III darajada

– o‘mrov ostigacha yetadi. Ba’zan shish yuz sohasigacha tarqalishi

mumkin. Òeri oqarishi, lablar ko‘karishi, taxikardiya, arterial

bosim ðasayishi xarakterli belgilardan hisoblanadi. Halqum ko‘zdan

kechirilganda bodomsimon bezlar va atrofidagi to‘qimalarning

kattalashgani va shishgani aniqlanadi, bu nafas olishning buzi-

lishiga, ya’ni xirillab nafas olishga sabab bo‘lishi mumkin. Og‘izdan

sðetsifik chirish jarayoniga xos bo‘lgan hid keladi.

Giðertoksik difteriya to‘satdan shiddatli boshlanib, tana haro-

ratining 40°C gacha va undan yuqori ko‘tarilishi bilan xarak-

terlanadi, ayrim bemorlarda birinchi sutkadayoq tomoqda mahalliy

o‘zgarishlar va bo‘yin kletchatkasida shish rivojlanadi hamda tezda

tarqaladi. O‘lim hollari kasallikning birinchi kunlari kuzatiladi.

Gemorragik shakli gemorragik sindrom (terida toshmalar hosil

bo‘lishi, burundan qon ketishi) bilan xarakterlanadi. Bu asosan


230

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

toksik difteriyaning III darajasida yoki giðertoksik difteriyada qayd

etiladi. Kaðillarlar mo‘rtlashadi.

Hiqildoq difteriyasi (difteriya yoki asl kruð) nisbatan sekinlik

bilan boshlanadi; umumiy intoksikatsiya belgilari o‘rtacha rivoj-

lanadi. Asl kruð rivojlanishining erta bosqichlarida kruðni aniqlash

juda katta amaliy ahamiyatga ega. U 1–3 kun ichida quruq yo‘tal va

ovoz ðasayishi, hatto yo‘qolishi bilan birga davom etadi. Keyinchalik

tegishli tadbirlar o‘tkazilmasa stenoz bosqichi rivojlanadi. Nafas

olish juda qiyinlashadi, ko‘krak qafasining bo‘rtib turuvchi qismlari

cho‘kadi. Nihoyat asfiksiya rivojlanadi va bu kuchli kislorod yetish-

movchiligi (lablar, burun, qo‘l barmog‘i uchlari ko‘karishi, qo‘l va

oyoqlar sovqotishi) bilan namoyon bo‘ladi. Òomir urishi yomon-

lashib borishi va arterial bosim tushib ketishi natijasida bemor

o‘lishi mumkin.

Difteriya kruðining rivojlanishiga hiqildoqning bevosita zarar-

lanishi va unda ðarda hosil bo‘lishi (birlamchi kruð), ðatologik

jarayonning halqum shilliq ðardasidan yoki (juda kam uchrasa-da)

burun shilliq ðardasidan o‘tishi sabab bo‘lishi mumkin (ikkilamchi

kruð). Difteriya kruðining yengil shakli uning cheklangan shakli

hisoblanadi; bu kruð shaklida og‘riqli holatlarni yo‘qotish uchun

zardobli davolash o‘tkazishning o‘zi yetarlidir. Òoksik va tarqalgan

difteriyada ikkilamchi kruð kuchli umumiy intoksikatsiya bilan

davom etadi.

Hiqildoq difteriyasining asosiy belgisi hiqildoq stenozining

kuchayib boruvchi  belgilaridir. Difteriya kruði kechishida 3 ta davr

farqlanadi. Birinchi disfonik (ovoz buzilishi) davrda ovoz ðasayadi

(keyinchalik yo‘qoladi – afoniya), o‘ziga xos dag‘al «xirillagan»

yo‘tal, hiqildoqni ðayðaslaganda og‘riq kuzatiladi. Ikkinchi stenotik

davrda shovqinli nafas olish, afoniya, nafas olish vaqtida yordamchi

mushaklarning qatnashishi aniqlanadi. Stenoz holati takror xuruj-

lar shaklida yuzaga keladi. Bu davr bir necha soatdan 2–3 sutkagacha

davom etadi. Bu davrda davolash chalg‘ituvchi vositalar (issiq oyoq

vannalari), bemorga to‘liq osoyishtalikni yaratish, toza havo

kirishini ta’minlash va tinchlantiruvchi ðreðaratlar bilan chega-

ralanadi.

Stenotik davr oxirida asfiksiya old davri boshlanadi. U vaqti-vaqti

bilan ðaydo bo‘ladigan kuchli bezovtalanish belgilari, ko‘karish,



231

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

kuchli ter ajralishi, nafasning buzilishi va taxikardiya bilan xarak-

terlanadi. Uchinchi asfiksik davr kislorod yetishmasligi, bezov-

talanish, sianoz bilan xarakterlanadi. O‘z vaqtida intubatsiya yoki

traxeotomiya qilinmasa kislorod yetishmasligidan o‘lim hollari yuz

beradi.


Burun difteriyasi ko‘ðincha ko‘krak yoshidagi bolalarda uchraydi.

Difteriyaning bu shakli ikkita klinik shakllaridan birortasi ko‘ri-

nishida o‘tadi (ðardali yoki kataral). Pardali shaklida burundan nafas

olish qiyinlashadi va burundan avval seroz, so‘ngra yiringli ajral-

malar oqadi. Rinoskoðiyada burun to‘sig‘ida va chig‘anoqlarida

ðardali karashlar aniqlanadi. Burun difteriyasining kataral shaklida

burunning shilliq qavatida gemorragik ðo‘stlar va eroziyalar aniq-

lanadi. Burun difteriyasi odatda sust rivojlangan intoksikatsiya

belgilari bilan kechadi.

Kam uchraydigan shakllariga ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar, quloq

va teri difteriyalari kiradi.

Ko‘z difteriyasi 0,3% dan 8% gacha uchraydi va ikki xil – kruðoz

va difteritik shakllarda o‘tadi. Kruðoz shakli uchun konyunktivada

fibrinoz ðardaning yuza joylashishi xarakterli. Klinik jihatdan

qovoqlar shishganligi, ko‘z yoriqlari toraygani, qon aralash

ajralmalar chiqishi bilan xarakterlanadi. Konyunktiva kulrang yuðqa

ðardasimon karash bilan qoðlangan bo‘lib, bu ðarda oson olinadi.

Bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi va tana harorati

odatda normada bo‘ladi.

Difterik shaklida qalin ðarda hosil bo‘lib, ðastdagi to‘qima bilan

birikib ketadi. U og‘ir kechadi, tana harorati ko‘tariladi, qovoqlarda

kuchli shish ðaydo bo‘ladi. Qovoq terisi qizargan bo‘lib, kon-


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling