M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

larda va o‘ðka to‘qimasida to‘ðlanadi. So‘ngra qonga o‘tadi va butun

organizm bo‘ylab tarqaladi, a’zolarning retikuloendotelial hujay-

ralariga cho‘kadi. Shundan keyin kuchli virusemiya rivojlanadi, bu

kasallikning boshlanishini bildiradi. Virus teri va shilliq ðardalarga

cho‘kishi oqibatida u yerda ðaðulalar, vezikulalar, ðustulalar hosil

bo‘ladi. Vezikulalar nozik to‘siqchalar bilan ajralgan ayrim bo‘sh-

liqlardan iborat. Bunda turli a’zolar og‘ir holatlarda qon tomirlari

ham zararlanadi (gemorragik sindrom),  bunga ikkilamchi infeksiya

qo‘shiladi.

Patologoanatomik jihatdan ichki a’zolarda (yurak, jigar, taloq,

buyrak va b.) shish, qon quyilishi va distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi.

Ayniqsa buyrak usti bezlarida kuchli rivojlangan distrofik o‘zgarishlar

(nekrozgacha) qayd etiladi.

Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 10 kundan 13 kungacha davom

etadi (5 kunga qisqarishi yoki  17 kungacha cho‘zilishi mumkin).

Kasallik kechishida 4 davr farqlanadi: boshlanish (kataral) davri,


249

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

toshmalar davri, chechakning yiringlash

davri va ðo‘stloqlarning qurib, tushib ketish

davri.


Kasallik o‘tkir boshlanadi. Boshlanish

davri 3—4 kun davom etadi va tana haro-

ratining to‘satdan 39—40°C va undan ham

yuqori ko‘tarilishi, bel sohasida og‘riq ðaydo

bo‘lishi, mushaklar og‘rishi, bosh og‘rig‘i,

ayrim hollarda qorinda og‘riq ðaydo bo‘lishi va

ko‘ðincha qusish bilan xarakterlanadi. 2—3

sutka davomida bemorlarning yarmida qorin

ðastida, sonning ichki yuzasida (Simon uch-

burchagi), ko‘krak mushaklari sohasida va

qo‘ltiq osti chuqurchasida mayda qontalashli

toshmalar kuzatiladi (33-rasm).

Òoshma bir necha soatdan 2 kungacha

saqlanadi va yo‘qoladi. Bu toshma «xabar beruvchi toshma» hisob-

lanadi. So‘ngra harorat ðasayadi (ayrim hollarda normagacha) va

bemor o‘zini yaxshi his etadi.

Òoshmalar toshish davri kasallikning 4—5-kuniga to‘g‘ri keladi,

unda chinchechakning asl dog‘li — ðaðuloz toshmalari ðaydo

bo‘ladi. Òoshma bosqichma-bosqich toshadi: avval yuzga, so‘ngra

gavdaga va nihoyat qo‘l-oyoqlarga toshadi va kaft hamda ðanja

yuzalarini zararlaydi. Òoshmalar och-qizg‘ish bo‘lib, ular to‘q-qizil

rangli ðaðulalarga aylanadi. Paðulalar markazida 2—3 kundan keyin

ðufakchalar (vezikulalar) ðaydo bo‘ladi, ular ko‘ð kamerali

(xonali) tuzilishda, qizil gultoj bilan o‘ralgan bo‘ladi.

Yiringlash davri kasallikning 7—8-kuni kuzatiladi. Òana harorati

qayta ko‘tariladi (34-rasm).

Bu vaqtda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ko‘ðincha alahsirash va

bo‘g‘ilish kuzatiladi, ko‘ð bemorlarda ðnevmoniya rivojlanadi.

Òaxikardiya, arterial bosimning ðasayishi uchraydi. Jigar va taloq

kattalashadi. Vezikulalar loyqalanadi va ðustulalar (yiringli  ðufak-

chalar)ga aylanadi, qattiq va tarang bo‘ladi. Pustulalar o‘zaro

qo‘shiladi va ko‘ð kameraliligi yo‘qoladi, ularni teshganda ðuchayib

33-rasm. Chinchechakning boshlanish davridagi

toshmalar.

a–yelka uchburchagi; b–son uchburchagi;


250

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

qolib, juda og‘riqli bo‘ladi. Ba’zan bemorlarning yuz qismi ko‘rimsiz

bo‘ladi (35-rasm).

Òoshma qurib ðo‘stloqning tushish davri kasallikning 11—12-

kunidan boshlanadi. Isitma asta-sekin ðasayadi va bemor sog‘aya

boshlaydi. Bu davrda ðustulalar

ochiladi, ðo‘stloq hosil qilib

quriydi, bunda og‘riq va teri shi-

shi kamayadi, lekin  azob bera-

digan teri qichishishi ðaydo bo‘-

ladi. Kasallikning 3-haftasi oxiri

va 4-haftasida ðo‘stloqlar tushib

ketadi va bir umrga terida g‘adir-

budur oqish chandiqlar qoladi.

Kasallik asoratsiz kechganda 5—

6 haftagacha cho‘ziladi. Chin-

chechakning ayrim klinik shakl-

lari farq qilinadi.

Qo‘shilgan chechak toshma

elementlarining yassi ðufak-

chalar hosil qilib o‘zaro qo‘shi-

34-rasm. Chinchechakda ikki to‘lqinli isitma egri chizig‘i.

35-rasm. Chinchechak.


251

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

lib ketishi bilan xarakterlanadi, bunda kuchli intoksikatsiya kuza-

tiladi. Kasallikning bu shaklida o‘lim hollari yuqori bo‘ladi.

Gemorragik yoki qora chechakda vezikulalarga qon quyiladi,

natijada ular to‘q jigarrang yoki qora rangga kiradi. Kasallik juda og‘ir

o‘tadi va ko‘ðincha o‘lim bilan tugaydi.

Chechak ðurðurasida terida ko‘ðlab qon quyilishlar, og‘ir

toksikoz vujudga keladi va chechak toshmasi ðaydo bo‘lmasdan

kasallikning 3—4-kuni o‘lim bilan yakunlanadi.

Varioloid — chechakning yengil shakli bo‘lib, vaksinatsiya

qilingan kishilarda kuzatiladi, bunda vezikulalar  ðustulalarga

aylanmaydi. Kasallikning boshlanish davri subfebril harorat bilan

o‘tadi, boshlang‘ich toshma bo‘lmaydi, isitma qayta ko‘tarilmaydi.

Òashxisi. Kasallikka eðidemiologik va klinik ma’lumotlar asosida

tashxis qo‘yiladi. Xarakterli chin toshmalar bo‘lganda tashxis

qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo chinchechakka  birinchi

tashxis qo‘yish ancha mushkul. Shuning uchun tashxis laboratoriya

tekshirishlari ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi zarur. Laboratoriyada

tekshirish uchun og‘iz va tomoq shilliq qavatlaridan ajratmalar,

ðaðula, ðufakchalar va ðustulalar ichidagi modda, teri ðo‘stloqlari

va bemor qoni olinadi.

Virusologik tekshirish uchun bemordan material sterillangan

buyumlar va steril shisha idishlar yordamida olinadi. Bemordan

ðustulyoz suyuqlik, teri ðo‘stloqlari olingandan keyin ular alohida

shisha amðulalar yoki sterillangan ðrobirkalarga solinadi va og‘zi

steril rezina tiqin bilan yoðiladi.

Steril ðaxtaga tamðonlar yordamida burun-halqum ajratmasi

olinadi; shilliq olingandan so‘ng zudlik bilan tamðonlar steril

ðrobirkalarga tushiriladi va steril rezina tiqin bilan yoðiladi.

Virusologik tekshirish uchun bemor qoni aseðtika qoidalariga

rioya qilingan holda venadan 2—3 ml miqdorda steril ðrobirkaga

olinadi, unga teng hajmda distillangan suv solinadi va shu zahotiyoq

ðrobirka steril tiqin bilan yoðiladi.

Shilliq qavatlar ajratmalaridan steril ðaxta tamðon yordamida 4—

5 ta buyum oynachalariga surtma tayyorlanadi va havoda quritiladi.

Òeridagi ðaðulalar, ðufakchalar va ðustulalar 96°C li sðirt bilan

asta-sekin artiladi va steril igna bilan teshiladi; bunda chiqadigan

tomchi ðiðetka kaðillarlariga olinadi.


252

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Chinchechakning serologik tashxisida gemagglutinatsiyani to‘x-

tatish reaksiyasi (GAÒR), komðlementni bog‘lash reaksiyasi

(KBR) va bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) qo‘llanadi.

Eksðress tashxisda nativ materialda virusni aniqlash uchun

elektron mikroskoðiya va fluoressensiya usuli qo‘llanadi. Dastlabki

natijani 2 soatdan keyin olish mumkin. Ijobiy natijalar kuzatilganda

tovuq embrionlari yoki hujayra kulturasida qo‘zg‘atuvchini ajratib

olish zarur. Yakuniy natijani 5—7 kundan keyin olish mumkin.

Davolash. Chinchechak bilan og‘rigan bemorlar albatta karantin

infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus

gosðitalga yotqiziladi.

Bemorlarga to‘la qimmatli, vitaminlarga boy ovqatlar tayinlanadi.

U suyuq yoki yarim suyuq holda bo‘lishi kerak, chunki shilliq

ðardalar zararlangani tufayli chaynash va  yutish qiyinlashadi.

Bunday ðatologik o‘zgarishlar yo‘qolganidan keyin odatdagi ðar-

hezga o‘tiladi.

Chechakka qarshi sðetsifik ðreðaratlarga gamma-globulin va

metisazon (marboran) kiradi. Gamma-globulin mushak orasiga 3—

6 ml, metisazon — 0,6 g dan kuniga 2 mahal 4—6 sutka davomida

beriladi.

Ikkilamchi yiringli infeksiyani davolash va ðrofilaktika uchun

chinchechakning barcha shakllarida antibiotiklar tayinlanadi.

Kortikosteroid ðreðaratlar (ðrednizolon, gidrokortizon) kasal-

likning og‘ir va gemorragik shakllarida qo‘llanadi. Gidrokortizon

200—300 mg dan venaga bir vaqtda sutkasiga 60 mg ðrednizolon

bilan birga yuboriladi.

Organizmning himoya kuchlarini yaxshilash uchun vitaminlar:

5%li askorbinat kislota eritmasi, rutin va B guruh vitaminlari

beriladi.

Dezintoksikatsiya uchun gemodez, reoðoliglukin, jelatin, glu-

koza (5—10% li eritma), Ringer eritmasi venaga tomchilab yubo-

riladi.

Ko‘rsatma bo‘yicha yurak-qon tomirlari ðreðaratlari — stro-



fantin, korglikon, kordiamin, kofein va boshqalar yuboriladi.

Zarurat bo‘lganda simtomatik ðreðaratlar (og‘riq qoldiruvchi,

uxlatuvchi va b.) tayinlanadi.

Òeri va shilliq ðardalarni ðarvarish qilishga katta ahamiyat beriladi.

Og‘iz bo‘shlig‘ini mavrak damlamasi, 1% li bor kislota eritmasi bilan


253

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

chayish, 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish va

vodorod ðeroksid bilan artish buyuriladi. Ko‘z bir kunda bir necha

marta 1% li borat kislota eritmasi bilan yuviladi, so‘ngra unga 2—3

tomchidan 20—30% li albusid eritmasi tomiziladi. Òoshmalarga 3—

5% li kaliy ðermanganat eritmasi  surtiladi. Òeri qichishishlari havo

vannalarini qo‘llaganda kamayadi.

Bemorlar shifoxonadan butunlay sog‘ayganda va ðo‘stloqlar

to‘liq tushib ketganda hamda kasallik boshlanganidan 40 kundan kam

bo‘lmagan muddatda chiqariladilar. Bemor chiqishdan oldin albatta

gigiyenik vanna qabul qilishi shart.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktika

asosan — chechakka qarshi emlashdan iborat. Hozirgi vaqtda chin-

chechak tugatilganligi uchun emlash o‘tkazilmaydi. Har bir chechak

kasalligi yoki unga gumon qilingan holatlarga o‘ta muhim hodisa

sifatida qaraladi. Mamlakatimizda chetdan chinchechak kiritilganligi

aniqlansa yoki bu infeksiyaga gumon qilingan bemor aniqlangan

hollarda darhol bemor izolatsiya qilinadi. Barcha aloqada bo‘lganlarni

alohida ajratilgan binolarga izolatsiya qilinadi. Ular zudlik bilan

chechakka qarshi emlanadilar va 17 kun davomida tibbiy kuzatuvda

bo‘ladilar.

Statsionar (izolyator, gosðital)da o‘ta xavfli infeksiya uchun

qabul qilingan eðidemiyaga qarshi komðleks tadbirlar o‘tkaziladi.

Bemorlarni ðarvarish qilish uchun maxsus tibbiy xodim ajratiladi

va u himoya kostyumida ishlaydi. Bemor joylashgan bino va u tekkan

buyumlar 3% li xloramin yoki 5% li lizol eritmasi yordamida

dezinfeksiya qilinadi; idishlar, tufdon va tuvaklar qaynatiladi.

Bemorga ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari va tamðonlar

kuydiriladi.

Nazorat savollari

1. Chinchechak etiologiyasi va ðatogenezi haqida gaðirib bering.

2. «Simon uchburchagi» simðtomi qachon ðaydo bo‘ladi?

3. Òoshmalar ðaydo bo‘lish dinamikasi qanday?

4. Chinchechakka gumon qilinganda tibbiy xodim vazifasi nima-

lardan iborat bo‘ladi?

5. Chinchechakda laboratoriya tekshiruvlari uchun material olish

qoidalari qanday?


254

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

6. Virusologik tekshirish uchun qanday material olinadi?

7. Chinchechak tashxisi qo‘yilgan bemorlarni shifoxonadan

chiqarish tartibi qanday?

8. Chinchechakning infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘t-

kaziladi?

Infeksion mononukleoz (mononucleosis infectiosa)

Infeksion mononukleoz — virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik

bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenoðatiya, tonzillit, jigar, taloq

kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Ko‘ðchilik olimlarning fikriga ko‘ra, infeksion

mononukleoz qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi, lekin hozircha u

alohida ajratilmagan, uning xususiyatlari noma’lum. Virus oddiy

gerðes qo‘zg‘atuvchisi bilan o‘xshash bo‘lib, 120—150 nm dia-

metrli kaðsiddan tuzilgan, kaðsid qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib —

DNK ga ega. Virus boshqa gerðes viruslari bilan umumiy bo‘lgan

antigen komðonentlariga ega. Infeksion mononukleozda mazkur

virusning sðetsifikligi haqidagi masala intensiv o‘rganilmoqda.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemorlar va virus tashuv-

chilar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi bemorlardan sog‘lom odamga

asosan havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi, infeksiya tarqalishining

alimentar va transfuzion yo‘li ham ma’lum. Kasallik sust konta-

giozlik bilan xarakterlanadi. Juda yaqin aloqada bo‘lish va jamoa ko‘ð

bo‘lgan joylar infeksiya o‘tishiga sharoit yaratadi. Kasallik ko‘ðincha

sðoradik holatda uchraydi. Asosan kasallik maktabgacha va maktab

yoshidagi bolalarda uchraydi. Eng ko‘ð kasallanish yilning sovuq

vaqtida kuzatiladi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Virus organizmga burun-

tomoq shilliq ðardalari orqali kiradi. Yashirin davrning oxirida virus

qonga tushadi (kasallikning boshlanish davri kuzatilayotgan donor-

lardan qon quyish tufayli kasallikning yuqish hollari kuzatilgan)

— virusemiya, hamda limfogen yo‘l bilan virus limfatik tugunlarga,

jigarga, taloqqa hamda boshqa a’zolar (ilik, buyrak) ga tushadi.

Limfoid va retikular to‘qima faolligi o‘zgaradi, bu esa ðeriferik qonda

atiðik qon hujayralari ðaydo bo‘lishiga olib keladi. Infeksion mono-

nukleozda immunitet turg‘un bo‘lib, qayta kasallanish holatlari

kuzatilmagan.


255

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Patologoanatomik o‘zgarishlar bemorlardan bioðsiya usulida

olingan materialda, ba’zi hollarda o‘lgan kishilarda o‘rganilgan.

Limfatik tugunlarda nekrozlar aniqlanadi. Jigarda biroz rivojlangan

distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘ðka, yurak, buyrak va markaziy

nerv sistemasida o‘choqli o‘zgarishlar qayd qilinadi. Ba’zan geða-

todistrofiya tufayli o‘lim hollari bo‘lishi (jigar nekrozi tufayli),

gemolitik sindrom rivojlanishi mumkin. Demak, ðatologik jarayonga

barcha a’zo va sistemalar qo‘shiladi. Infeksion mononukleoz ðato-

genezi va ðatologik anatomiyasi kelajakda chuqur o‘rganishni taqozo

qiladi.

Klinikasi. Yashirin davri o‘rtacha 7—15 kun (1 kundan 1 oy-



gacha) cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, isitma chiqadi (38–

39°C). Harorat odatda noto‘g‘ri tiðda, ba’zan to‘lqinsimon va remit-

tirlovchi xarakterda bo‘ladi. Isitma davrining davomiyligi 5—7

kundan 1 oygacha davom etadi. Birinchi kundan holsizlik, bosh

og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, terlash, keyinchalik —

yutinganda tomoq og‘rishi kuzatiladi. Burun-tomoq limfoid to‘qi-

masi shishganligi sababli, burundan nafas olish qiyinlashadi.

Isitmadan tashqari eng xarakterli belgilardan biri — bu tonzillit,

limfatik tugunlar kattalashishi va ðeriferik qondagi o‘zgarishlardir.

Òonzillit kasallikning birinchi kunidayoq yoki isitma davrida

rivojlanadi. U kataral, lakunar yoki yarali-nekrotik bo‘lishi mumkin.

Poliadenit — limfatik tugunlar (bo‘yin, qo‘ltiq osti, chov, ensa,

o‘mrov usti va b.) kattalashishi kasallikning xarakterli belgilaridan

hisoblanadi. Òugunlar loviya, yong‘oq hajmida va undan ham katta

bo‘lib, qattiqroq konsistensiyalidir. Ular o‘zaro qo‘shilmagan va

deyarli og‘rimaydi. Atrof to‘qimalarda ozroq shish bo‘lishi mumkin.

Ko‘ðchilik bemorlarda jigar va taloq kattalashadi, bu ozroq

sariqlik hamda jigar funksiyasining buzilishi — bilirubin miqdori va

aminotransferazalar faolligining oshishi bilan kechishi mumkin.

Mononukleozning nomi va mohiyatini ko‘rsatuvchi asosiy

ko‘rinishi ðeriferik qonning o‘zgarishi bo‘lib, u kasallikning

dastlabki kunlari rivojlanadi. Bir yadroli elementlar (limfositlar,

monositlar) miqdorining oshib ketishi  bilan namoyon bo‘ladigan

leykositoz 15.10

9

/l —20.10



9

/l (15.10

3

 — 20.10


3

/mm


3

) kuzatiladi.

ECHÒ uncha oshmaydi.

Infeksion mononukleozning yagona klassifikatsiyasi yo‘q. Kasallik

tiðik va atiðik shakllarda kechishi mumkin. Kasallik atiðik kechganda


256

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

asosiy belgilar — tonzillit, limfatik tugunlar, jigar yoki taloq

kattalashishi yoki biror belgi — toshma, nekrotik tonzillit va

boshqalarning juda kuchli rivojlanishi kuzatiladi. Ayrim hollarda esa

klinik belgilarsiz faqat xarakterli gematologik o‘zgarishlar qayd

etiladi. Klinik ko‘rinishlarning og‘irligiga qarab: yengil, o‘rtacha og‘ir

va og‘ir shakllari farqlanadi. Òaloq, ayniqsa jigar o‘lchamlari juda

sekinlik bilan normallashadi. Qon ham bir necha hafta, hatto oylar

davomida normallashadi.

Asoratlari orasida otit, ðnevmoniya, stomatit va boshqalar katta

ahamiyatga egadir. Ba’zan nevritlar, gemolitik anemiya, hatto

taloqning yorilishi kuzatiladi.

Òashxisi. Infeksion mononukleoz tashxisi ko‘ð hollarda qi-

yinchilik tug‘dirmaydi. Isitma, tonzillit, limfatik tugunlar, jigar va

taloqning kattalashishi klinik tashxis qo‘yish uchun yetarlidir.

Uning yana bir tasdig‘i gematologik o‘zgarishlardir.

Periferik qonning o‘zgarishi infeksion mononukleozning asosiy

belgisidir. Bu kasallik uchun leykositoz, oq qon bir yadroli ele-

mentlarining ko‘ðayishi va atiðik mononuklearlar ðaydo bo‘lishi

tiðik belgilardan hisoblanadi. Kasallikning ko‘ð uchraydigan doimiy

belgilaridan biri — ðeriferik qonda bir yadroli elementlar —

mononuklearlar (limfositlar, monositlar, ðlazmatik hujayra-

lar)ning ko‘ðayishidir. Bir hujayrali elementlarning sifati o‘zgarishi,

ya’ni atiðik mononuklearlar ðaydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Bular yumaloq hujayralar bo‘lib, diametri 15—30 mkm ga teng.

Ularning miqdori ðeriferik qonda 5—10% dan 50% gacha va undan

ham ortiq bo‘lishi mumkin.

Serologik tekshirish usullari tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga

ega. Amaliyotda qo‘y eritrositlari bilan o‘tkaziladigan Paul—Bunnel

agglutinatsiya reaksiyasi taklif qilingan. Infeksion mononukleozda

ijobiy reaksiya titri 1:1024 ga yetadi, kasallikning xarakterli gema-

tologik belgilari mavjud bo‘lgan tiðik kechadigan klinik ko‘rinishida

tashxisni tasdiqlash uchun yuqori bo‘lmagan (1:64, 1:128) titrlar

ham yetarlidir. Lekin reaksiya yetarli sðetsifik emas. Shuning uchun

uning o‘rniga yuqori aniqlikka ega bo‘lmagan modifikatsiyalangan

reaksiya — Paul—Bunnel—Davidson reaksiyasi kirib keldi. U 1:28

titrda ijobiy hisoblanadi. Shu bilan birga Òomchik reaksiyasi (1:48)

ham qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda eng keng qo‘llaniladigan reaksiya –

ot eritrositlari bilan qo‘yiladigan Goff-Bauer agglutinatsiya reak-


257

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

siyasidir. Bu reaksiya o‘zining tez qo‘yilishi, oson bajarilishi va

yuqori darajada aniqligi bilan ajralib turadi. U kasallikning 1-haftasi

oxiri va 2-hafta boshida ijobiy (+++), (++++) bo‘ladi. Infeksion

mononukleozda tashxis qo‘yishda serologik reaksiyalar yordamchi

usullardan hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash zarurki, infeksion mononukleoz tashxisida

klinik gematologik ma’lumotlar asosiy ahamiyatga egadir.

Davolash. Infeksion mononukleozni sðetsifik davolash usullari

ishlab chiqilmagan.Kasallikning yengil shaklida vitaminlar (C, R va

B guruh vitaminlar) va simðtomatik davolash bilan chegaralanish

mumkin. Halqumning kuchli nekrotik o‘zgarishida yoki ikkilamchi

infeksiya qo‘shilganda (masalan, ðnevmoniyada) antibiotiklar —

ðenitsillin, amðitsillin, oksasillin, tetrasiklin va boshqalar tayin-

lanadi. Levomitsetin va sulfanilamidlar qon yaratilishini susaytirishi

tufayli qo‘llanilmaydi. Infeksion mononukleoz og‘ir kechganda

glukokortikosteroid gormonlar — ðrednizolon sutkasiga 20—40 mg

miqdorda 8—12 kun davomida buyuriladi va dozasi asta-sekinlik bilan

kamaytirib boriladi, dezintoksikatsiya o‘tkaziladi. Òaloq yorilganda

xirurgik oðeratsiya o‘tkaziladi. Barcha holatlarda halqum rivanolning

1:1000 eritmasi, kaliy ðermanganat, furasilin va dezinfeksiyalovchi

moddalar yordamida chayib turiladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik

tarqalishining oldini olishda eng ishonchli vositalardan biri — bu

bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va uyida izolatsiya qilish yoki

statsionarga yotqizishdir. Bemorlar kasalxonaga klinik ko‘rsatmalarga

asosan yotqiziladilar. Aloqada bo‘lganlarni kuzatib turish shart

emas, o‘choqda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilmaydi. Sðetsifik

ðrofilaktikasi hozircha ishlab chiqilmagan.

Nazorat savollari

1. Infeksion mononukleoz nima?

2. Infeksion mononukleoz etiologiyasi va ðatogenezini gapirib

bering.

3. Infeksion mononukleozda qanday belgilar uchraydi?



4. Periferik qonni tekshirganda infeksion mononukleozga xos

qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

17 – Yuqumli kasalliklar


258

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

5. Infeksion mononukleozni davolash usulini gapirib bering.

6. Infeksion mononukleozda qanday ðrofilaktik tadbirlar o‘t-

kaziladi?

Ornitoz (ornithosis)

Ornitoz — kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik

bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘ðka, nerv sistemasi va

geðatoliyenal sindrom bilan kechadi.

Etiologiyasi. Ornitoz qo‘zg‘atuvchisi — xlamidiylardir. Ular

hujayra ichi ðarazitlari bo‘lib, hujayrasiz oziq muhitlarda o‘smaydi,

tovuq embrioni hamda tajriba hayvonlarini zararlash yo‘li bilan

o‘stiriladi. Xlamidiylar shar shaklida bo‘lib, diametri 0,30—0,45

mkm ni tashkil qiladi. DNK va RNK ga ega. Ular muzlatishga

chidamli, lekin 70°C gacha qizdirilganda va har xil dezinfeksiyalovchi

moddalar (lizol, formalin, xloramin, efir) ta’sirida o‘z faolligini

yo‘qotadi. Òashqi muhitda xlamidiylar 2—3 haftagacha saqlanadi.

Sulfanilamid ðreðaratlarga, streðtomitsin, kanamitsin, nistatin va

boshqa antibiotiklarga chidamli. Òetrasiklin guruhidagi antibiotiklarga

sezgir.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai uy ðarrandalari hamda



yovvoyi qushlar hisoblanadi. Uy (ayniqsa, o‘rdaklar va kurka) va


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling