M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

xona qushlari (to‘tilar, mayda sayroqi qushlar) katta eðidemiologik

ahamiyatga ega. Qushlar qo‘zg‘atuvchilarni fekaliyalari (ekskre-

mentlari) va burun shillig‘i orqali ajratib chiqaradi. Qushlardan

kasallik odamlarga ular bilan juda yaqin aloqada bo‘lganda, asosan

havo-chang yoki havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Ayrim hollarda

kasallik ovqatga tuxumni yetarlicha termik ishlov bermasdan ishlat-

ganda yoki qo‘llar qushlarning fekaliyalari bilan ifloslanganda og‘iz

orqali ham yuqishi mumkin. Ko‘ðincha ðarrandachilik xo‘jaliklari

ishchilari va kaðtarlar hamda sayroqi qushlarni doimiy ðarvarishlab

yuruvchilar bu kasallik bilan og‘riydilar. Qushlarda ovqat yemaslik,

konyunktivit, ko‘z yiringlashi va ich ketishi kasallik belgilari

hisoblanadi. Kundalik turmushda infeksiya yuqqan vaqtda kasallik

ko‘ðincha sðoradik holatda uchraydi, ayrim hollarda oilaviy tarqa-

lishlar ham ma’lum. Kasallik ko‘ðincha yilning sovuq ðaytida

uchraydi. Sog‘ odamga bemordan kasallik yuqmaydi.



259

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga qo‘z-

g‘atuvchi asosan nafas a’zolari shilliq qavatlari orqali kiradi. Aerogen

yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi mayda bronxlar va bronxiolalar eðiteliysiga

tushib, so‘ngra esa oraliq to‘qimaga o‘tadi va u yerda ko‘ðayib

rivojlanadi. Keyinchalik xlamidiylar qonga tushadi va umumiy

intoksikatsiya belgilari vujudga keladi. Gematogen yo‘l bilan qo‘z-

g‘atuvchi organizm bo‘ylab tarqaladi va turli a’zolarda ushlanadi,

bunda ko‘ðincha jigar, yurak mushaklari, nerv sistemasi va buyrak

usti bezlari zararlanadi.

Patologoanatomik tekshirishda kataral traxeobronxit belgilari

namoyon bo‘ladi. O‘ðkada ðnevmoniya va atelektaz sohalari aniq-

lanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringli traxeobronxit va yirik

o‘choqli yoki lobar ðnevmoniya kuzatiladi. Boshqa ichki a’zolarda

to‘laqonlilik, shish, distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda nekrozlar

uchraydi.

Klinikasi. Yashirin davri 6 kundan 20 kungacha (ko‘ðincha 8—

12 kun) davom etadi. Hozirgi ðaytda A.P. Kazansev (1973) tomo-

nidan kiritilgan klassifikatsiya qo‘llaniladi.

Ornitozning klinik klassifikatsiyasi quyidagicha:

A. O‘tkir ornitoz

1. Òiðik (ðnevmonik) shakllari: yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir.

2. Atiðik shakllari: meningoðnevmoniya;

ornitoz meningiti;

o‘ðkaning zararlanishi;

aniqlanmagan ornitoz.

3. Simðtomsiz shakli.

B. Surunkali ornitoz

1. Surunkali ornitoz ðnevmoniyasi.

2. O‘ðkaning zararlanishi aniqlanmagan surunkali ornitoz.

B. Ornitozdan keyingi nosðetsifik surunkali ðnevmoniya.

Kasallik o‘tkir boshlanadi — et uvushishi, tana haroratining 39—

40°C gacha ko‘tarilishi, umumiy darmonsizlik kuzatiladi. Bunga

bosh, mushaklar va bo‘g‘imlarning qaqshab og‘rishi, ko‘ð terlash,

umumiy lohaslik va ishtahaning yo‘qolishi qo‘shiladi. Ayrim bemor-

larda qusish va burundan qon ketishi qayd etiladi. Kasallikning 2—

4-kuni yo‘tal, ba’zida ko‘krak qafasida og‘riq kuzatiladi. Keyinchalik

kam miqdorda shilimshiq yoki shilimshiq-yiringli quyuq balg‘am

ajraladi, ayrim bemorlarda balg‘amda qon ðaydo bo‘lishi mumkin.


260

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Obyektiv tekshirganda kasallikning boshlanishida terining oqa-

rishi, bradikardiya, arterial bosimning ðasayishi, yurak tovush-

larining bo‘g‘iqligi qayd etiladi. O‘ðkaning zararlanish belgilari

kuzatiladi: tukillatib ko‘rilganda unda ðerkutor tovushning bo‘g‘iq-

ligi aniqlanadi (ayniqsa o‘ðkaning ðastki bo‘lagida). Eshitib ko‘ril-

ganda dag‘al nafas va mayda ðufakchali xirillashlar eshitiladi.

Rentgenologik tekshirishda o‘ðkaning qorong‘ilashgan (xiralashgan)

mayda o‘choqlari ko‘rinadi. Òil qurigan, kulrang karash bilan

qoðlangan, til qirralari esa toza. Bemorlarning yarmidan ko‘ðida

kasallikning birinchi haftasining oxirlarida jigar va taloq kattalashadi.

Kuchli intoksikatsiyada nerv sistemasi o‘zgaradi: intensiv bosh

og‘rig‘i, karaxtlik, uyquning buzilishi, ongning xiralashishi,

alahsirash kuzatiladi.

Ayrim simðtomlarning davom etishi va kuchliligi ornitozning

klinik shakllariga bog‘liq. Kasallik yengil kechganda intoksikatsiya

simðtomlari kam rivojlanadi. Isitma bir necha kun davom etadi. Og‘ir

shakllarida intoksikatsiya kuchayadi. Isitma katta sutkalik o‘zgarishlar,

takror et uvushishlar va terlashlar bilan kechadi. Kasallikning og‘ir

shakllarida isitma 3—4 hafta va undan ham ortiqroq vaqt davom etadi.

Ornitozning atiðik shakllari meningoðnevmoniya, ornitozli

meningit va o‘ðka zararlanmaydigan ornitoz ko‘rinishlarida kechadi.

Birinchi holatda bemorlarda ðnevmoniya bilan birga kuchli bosh

og‘rig‘i, qusish, ensa mushaklarining tortishishi (rigidligi) bilan

xarakterlanadigan nerv sistemasining zararlanishi aniqlanadi. Me-

ningeal shaklida meningeal simðtomlar va intoksikatsiya kuzatiladi.

Ornitoz meningiti odatda seroz meningit hisoblanadi. Orqa miya

ðunksiyasida suyuqlik bosim bilan chiqadi, likvorda esa oqsillar

miqdori ozroq ko‘ðaygan bo‘ladi. Ornitoz meninogoensefalitida

meningeal belgilar bilan birga o‘choqli belgilar, ðarezlar va falaj-

lanishlar kuzatiladi. O‘ðka zararlanmaydigan ornitoz biroz isitma,

intoksikatsiya, tomoqda og‘riq, jigar hamda taloq kattalashishi bilan

xarakterlanadi. Hatto chuqur tekshirganda (klinik va rentgenologik)

ham nafas a’zolari zararlanganini aniqlashning iloji yo‘q. Bunday

kasallikning shakli tif-ðaratif kasalligini eslatadi, ammo bunda

rozeolali toshmalar toshmaydi va qon ekmasi hamda serologik

reaksiyalar ijobiy natija bermaydi. Ornitozning belgilarsiz shakli

eðidemiya vaqtida infeksiya o‘chog‘ida laboratoriya tekshiruvlari

yordamida aniqlanadi. Ornitozning surunkali shakllari sðastik bronxit


261

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

bilan kechadigan surunkali ðnevmoniya yoki ðnevmoniyasiz intok-

sikatsiya shaklida o‘tadi. Bu vaqtda turli a’zo va sistemalar zararlanadi.

Asoratlaridan tromboflebitlar, geðatitlar, ðankreatitlar va mio-

karditlar ma’lum.

Òashxisi. Guruh bilan kechadigan kasbga doir kasalliklarda

ornitozga tashxis qo‘yish qiyin emas. Òashxis ornitozning muhim

belgilari bo‘yicha qo‘yiladi. Kasallikning o‘tkir boshlanishi, isitma,

kuchli terlash, o‘ðka sindromi, nerv sistemasi, jigar, taloqning

zararlanishi, ko‘krak qafasining rentgenologik tekshirish ma’lu-

motlari, eðidemiologik anamnez (kasbi, kasal qushlar bilan aloqada

bo‘lish) tashxisni ancha yengillashtiradi. Odatda o‘tkaziladigan

davolash (ðenitsillin, streðtomitsin, sulfanilamid ðreðaratlar)ning

samara bermasligi ham tashxis qo‘yishda ahamiyatga egadir. Ornitoz

tashxisi laboratoriya tekshiruvlari yordamida tasdiqlanadi. Qondagi

o‘zgarishlar ahamiyatga egadir. Ornitoz uchun leykoðeniya yoki

normositoz, ECHÒ ning oshishi xarakterlidir. Qon va balg‘amdan

qo‘zg‘atuvchi tovuq embrioni, to‘qimalar kulturasi yoki hayvon-

larni zararlash orqali ajratib olinadi. Ammo bu tekshirishlar

murakkab va hamma vaqt ham qulay emas. Asosiy sðetsifik labo-

ratoriya tekshirish usuli ornitoz antigeni bilan qo‘yiladigan KBR dir.

Hozirgi vaqtda yanada sezgir usul — gemagglutinatsiyani to‘xtatish

reaksiyasi (GAÒR) qo‘llaniladi. Òashxis titri KBR uchun 1:16 —

1:32, GAÒR uchun — 1:512 va undan yuqoridir. Qo‘sha zardoblar

tekshirilganda antitelolar titrining 4 baravar va undan ham ortiq

darjada oshishi tashxis qo‘yishda ahamiyatlidir. Òashxis ornitoz

antigeni bilan qo‘yiladigan teri-allergik sinamasi yordamida ham

tasdiqlanadi. Antigen teri orasiga 0,1 ml (bilakning ichki yuzasiga)

yuboriladi. Reaksiyaning kuchi infiltrat kattaligi va qizarish bilan

aniqlanadi. Òeri sinamasining natijasi 24—48 soatdan keyin ko‘ri-

nadi. Ornitoz kasalligida deyarli barcha bemorlarda teri sinamasi ijobiy

natija beradi va bunday holat sog‘aygandan 2—3 yil keyin ham

saqlanishi mumkin. Shuning uchun reaksiya ornitozning retros-

ðektiv tashxisi uchun ham qo‘llanadi.

Davolash. Bemor odamdan sog‘ odamga infeksiya yuqishi aniq-

lanmagan bo‘lsa-da, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari

shart. Bemor tana harorati normallashgunga qadar yotoq rejimiga

rioya qilishi zarur. Òetrasiklin guruhi antibiotiklari juda foydalidir.



262

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Ular levomitsetinga nisbatan 3—5 baravar faolroqdir. Òetrasiklinlar

butun isitma davrida va harorat normaga tushgandan keyin ham yana

3—5 kun davomida 0,2—0,3 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi.

Òetrasiklin mumkin bo‘lmagan hollarda 0,5 g dan har 6 soatda 8—

12 kun davomida levomitsetin tayinlanadi. Lekin u kam ta’sir

ko‘rsatadi. Ular qatorida dezintoksikatsion teraðiya o‘tkaziladi. Bunda

kristalloidlar va kolloid eritmalar venaga tomchilab yuboriladi. Ayrim

hollarda glukokortikosteroidlar buyuriladi. Simðtomatik ðreðaratlar

keng ishlatiladi. Yetarli miqdorda vitaminlar tayinlanadi, oksi-

genoteraðiya o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya, ayniqsa nafas gimnastikasi

foydalidir. Albatta bronxlarni kengaytiruvchi ðreðaratlar (eufillin,

efedrin va b.) qo‘llanadi. Uzoq cho‘ziladigan va surunkali shakllarida

vaksinateraðiya belgilanadi.

Kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan tugaydi. Residivlar va surunkali

shakllarga o‘tish hollari ham kuzatilishi mumkin.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Parran-

dachilik xo‘jaliklarida kasal qushlarni aniqlash va ularni yo‘q qilish

zarur. Qushlar saqlanadigan joylarni xlorli ohakning 10% li eritmasi

bilan dezinfeksiya qilinadi. Kasal kaðtarlar aniqlangan taqdirda ham

analogik (shunga o‘xshash) tadbirlar o‘tkaziladi. O‘rdaklar bilan

ishlaydigan ðarrandachilik xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga

qat’iy rioya qilishlari shart. Uy qushlari orasida ornitoz bilan

kurashish o‘ta muhimdir. Kasal qushlar bilan aloqada bo‘lishga

to‘g‘ri kelganda, albatta resðiratorlar yoki doka niqoblar taqish

shart. Òuxumlarni yetarlicha issiqlikda ðishirgandan keyingina

iste’mol qilish mumkin. Ornitozga qarshi samarali vaksina hozircha

yo‘q.


Nazorat savollari

1. Ornitoz nima?

2. Xlamidiylarga qisqacha ta’rif bering.

3. Ornitoz qanday yuqadi?

4. A.P.Kazansev ta’rificha ornitoz klassifikatsiyasi haqida gapirib

bering.


5. Ornitozning atiðik shakllari qanday kechadi?

6. Ornitozda qanday antibiotiklar tayinlanadi?

7. Ornitoz ðrofilaktikasi haqida gapirib bering.


263

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

Nafas yollari infeksiyalari boyicha testlar

va vaziyatli masalalar

1. Paragriðð ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

A) ha;

B) yo‘q.


2. Adenovirusli infeksiyada ich ketishi yoki qorinda og‘riq

kuzatilishi mumkinmi?

A) ha;

B) yo‘q.


3. Difteriya o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga mansubmi?

A) ha;


B) yo‘q.

4. Chinchechak kasalligida toshmalar uchraydimi?

A) ha;

B) yo‘q.


5. Nafas yo‘llari infeksiyalariga misol bo‘la oladigan kasalliklarni

belgilang:

A) difteriya, quturish; B) griðð, ornitoz; C) ðaragriðð,

botulizm; D) difteriya, chinchechak; E) B va D.

6. Griððning qo‘zg‘atuvchisi nima?

A) zamburug‘lar; B) bakteriyalar; C) sodda organizmlar; D)

rikketsiyalar; E) viruslar.

7. Paragriððning yashirin davri o‘rtacha qancha davom etadi?

A) 20—25 kun; B) 3—4 kun; C) 1—2 oy; D) 3—4 hafta; E)

to‘g‘ri javob yo‘q.

8. Adenovirusli infeksiyada uchrashi mumkin bo‘lgan belgilarni

ko‘rsating:

A) et uvushadi; B) mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi; C)

isitma chiqadi; D) ich ketadi; E) barcha javob to‘g‘ri.

9. Halqum difteriyasi toksik shaklining II darajasida shish  qaysi

sohagacha tarqaladi?

A) bo‘yinning yarmigacha; B) o‘mrov suyagigacha; C) o‘m-

rovdan ðastgacha; D) faqat yuz sohasida uchraydi; E) shish

kuzatilmaydi.

10. Meningokokksemiya nima? Uning xarakterli belgilaridan

birini ko‘rsating:

A) miya to‘qimasining zararlanishi, meningizm; B) miya

yumshoq ðardasining yallig‘lanishi, falajlanishlar; C) miya to‘qi-

masining zararlanishi, falajlanishlar; D) meningokokkli seðsis,

gemorragik toshmalar; E) B va C.


264

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

11. Meningeal meningitda lumbal ðunksiya qilganda qanday

o‘zgarishlar kuzatiladi?

A) suyuqlik loyqa; B) suyuqlik tiniq; C) suyuqlik bosim bilan

chiqadi; D) suyuqlikda hujayra elementlarining soni oshadi; E) A,

C, D.


12. Meningokokkli infeksiyada nima uchun ðenitsillin yuqori

miqdorlarda tayinlanadi?

A) meningokokklar juda chidamliligi; B) organizmda ularning

miqdori juda ko‘ðligi; C) mikrob qonga tushganligi; D) asoratlari

kuzatilmasligi; E) gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi uchun.

13. Chinchechakning eng xarakterli belgilarini ko‘rsating:

A) mayda toshmalar; B) terining sarg‘ayishi; C) terining

qizarishi; D) ikki to‘lqinli isitma; E) A va D.

14. «Infeksion mononukleoz» nomiga qaysi o‘zgarishlarning

aloqasi bor?

A) limfatik tugunlarning kattalashishi; B) tonzillit uchrashi; C)

qonda limfositlar va monositlarning oshishi; D) jigar va taloq

kattalashishi; E) bu o‘zgarishlarning kasallik nomiga aloqasi yo‘q.

15. Infeksion mononukleozning sðetsifik davosini ko‘rsating:

A) ðenitsillinlar; B) gamma-globulin; C) sulfanilamidlar; D)

xingamin; E) sðetsifik davosi yo‘q.

16. Ornitozda kasallik manbai nima?

A) o‘rdak, sayroqi qushlar; B) bo‘ri, tulkilar; C) qo‘y,

echkilar; D) quturgan itlar; E) bemor kishilar.

17. Adenovirusli infeksiya _________

A) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya

va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoqning zararlanishi bilan

xarakterlanadi;

B) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, limfoid to‘qimalar va nafas

yo‘llari, ko‘z, ichak shilliq ðardalari zararlanishi va kuchli bo‘lmagan

intoksikatsiya belgilari bilan xarakterlanadi;

C) o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas

yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi;

D) yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar-

lanishi, difteritik ðarda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan

kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir;


265

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

E) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya

ðardalari zararlanishi va nazofaringit, yiringli meningit va menin-

gokokksemiya bilan kechadi.

18. Chinchechak _________

A) virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan

limfadenoðatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi va qonning

o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi;

B) kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib,

organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘ðka, nerv sistemasi va geða-

toliyenal sindrom bilan kechadi;

C) viruslar chaqiradigan yuqori kontagiozli o‘tkir yuqumli

kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, xarakterli (ikki to‘lqinli)

isitma va o‘ziga xos toshma (ðaðula, vezikula, ðustula)lar bilan

kechadi;

D) vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib,

ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma-

shuvining buzilishi bilan kechadi;

E) klostridiyalar va ularning toksinlari natijasida yuzaga keladigan

o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining o‘choqli

xarakterga ega bo‘lgan og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon

bo‘ladi.


19. Difteriya bu __________

A) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining

og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi (diðloðiya,

ðtoz, anizokoriya, disfagiyalar kuzatiladi);

B) yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar-

lanishi, mahalliy yallig‘lanish tufayli fibrinoz ðarda hosil bo‘lishi va

umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir;

C) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya

ðardalari zararlanishi va intoksikatsiya bilan kechadi. Xarakterli belgisi

ensa mushaklari rigidligi, bunda orqa miya suyuqligi loyqa bo‘lib,

ðunksiyada bosim bilan chiqadi;

D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi,

asosan o‘ðka, nerv sistemasi va geðatoliyenal sindrom bilan kechadi.

Qushlardan yuqadi;

E) vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib,

ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit almashinuvi

buzilishi bilan kechadi.


266

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

1-masala


33 yoshdagi E. ismli bemor kasallikning 3-kuni shifoxonaga

murojaat qildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: eti uvushib, tez orada tana

harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Kuchli bosh og‘rig‘i, aksa urish,

burundan suv kelishi, ko‘zdan yosh oqishi, quruq yo‘tal hamda

bo‘g‘im va mushaklarning qaqshab og‘rishi bemorni shifoxonaga

murojaat qilishga majbur qilgan. Òekshirib ko‘rilganda yuz terisi

qizargan, nafas olish tezlashgan, o‘ðkada quruq xirillashlar

eshitiladi. Qorin yumshoq, og‘rimaydi, jigar va taloq kattalash-

magan. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

2. Òashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?

3. Bu kasallik yuqmasligi uchun nimalar qilish zarur?

4. Bunday bemorlar qanday ðarvarish qilinadi?

2-masala


Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasiga Sh. ismli 6 yoshdagi

bolani olib kelishdi. Onasining aytishicha, kasallik o‘tkir bosh-

langan, tana harorati 38°C gacha ko‘tarilgan, yutinganda og‘riq

kuzatilgan. Òekshirib ko‘rilganda bodomsimon bezlarda orolchalar

shaklida va aniq chegaralangan, bezlardan ko‘tarilib turgan ðarda

aniqlandi. Bo‘yinning ustki qismida limfatik tugunlar kattalashgan va

ðayðaslaganda ozroq og‘riq seziladi.

1. Qaysi kasallikka gumon qilish mumkin?

2. Òashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkazilishi

shart?


3-masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 44 yoshdagi bemor

yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan. Kasallik boshlanishida et

uvushgan va tez orada tana harorati 40°Cgacha ko‘tarilgan. Bunga

chidab bo‘lmaydigan darajadagi bosh og‘rig‘i qo‘shilgan va tana

holatini o‘zgartirganda ham og‘riq yanada kuchaygan. Bemorning

ko‘ngli aynimasdan qusa boshlagan va bundan bemor yengillik

sezmagan, aksincha ahvoli og‘irlasha borgan. Bemorni ko‘zdan

kechirganda ensa mushaklari rigidligi kuzatilgan. Lumbal ðunksiya

qilinganda suyuqlik bosim bilan loyqa ko‘rinishda otilib chiqadi.



267

MAXSUS QISM. II. Nafas yollari infeksiyalari

1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

2. Bu kasallik qanday yo‘l bilan yuqadi?

3. Bunday bemorlarni ðarvarish qilish haqida gaðirib bering.

4-masala

Shifoxonaga S. ismli 42 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorning

ahvoli og‘ir. Aniqlanishicha, kasallik to‘satdan boshlangan va tez

rivojlangan. Et uvushib, kuchli bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Òana

harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Òez orada tanada ko‘ðlab toshmalar

ðaydo bo‘lgan. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib,

terida yulduzsimon shaklda toshmalar aniqlangan. Òoshmalar

ðetexiyalar va yirik (2—4 sm diametrda) qon quyilishlar shaklida

ham uchraydi. Òerida (ayniqsa barmoq uchlarida) nekrozga xos

o‘zgarishlar ham kuzatildi. Puls tezlashgan, arterial bosim ðasaygan.

Nafas yetishmovchiligi va sianoz mavjud.

1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

2. Òashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?

3. Bunday bemorlarni ðarvarish qilish haqida gapirib bering.



268

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

III. QON (ÒRANSMISSIV) INFEKSIYALARI

Qon (transmissiv) infeksiyalarining (transmissio — o‘tish,

yuqish) asosiy xususiyati — bu ularning bemorlardan sog‘lom

kishilarga qon so‘ruvchi ðarazitlar (bitlar, burgalar, iskabtoparlar,

chivinlar, kanalar) orqali o‘tishidir. Bunda u albatta teri orqali

umumiy qon oqimiga tushadi. Bunday yuqish mexanizmi bu guruh

yuqumli kasalliklarning qator xususiyatlarini belgilaydi va ular fanda

«qon» infeksiyalari deb yuritiladi.

Infeksiya qo‘zg‘atuvchilari turli mikroorganizmlar: rikketsiyalar,

sðiroxetalar, viruslar va sodda organizmlar bo‘lishi mumkin. Qo‘z-

g‘atuvchi tarqatuvchi organizmida ko‘ðayadi. Masalan, toshmali tif

qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan Provaseka rikketsiyalari bitlardagi

ichak devorining eðitelial hujaylarida bo‘linish orqali, bezgak

ðlazmodiylari esa tarqatuvchisi bo‘lgan anofeles chivini organizmida

jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi.

Ayrim qon (transmissiv) infeksiyalariga tabiiy o‘choqlilik xarak-

terlidir, ya’ni ular ayrim geografik o‘choqlardagina tarqalish

xususiyatiga ega. Bu tarqatuvchining biologik xususiyatlariga bog‘liq,

chunki ularning hayot faoliyati ma’lum tabiiy sharoitlardagina

normal kechishi mumkin.

Qator yuqumli kasalliklar (toshmali tif, endemik, yoki kala-

mushdan yuqadigan rikketsiozlar va b.) rikketsiozlar guruhiga

kiradi. Bu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari — rikketsiyalarning farqli

xususiyatlari ularning sun’iy oziq muhitlarida o‘smasligidir, ya’ni

ular viruslar singari hujayra ichida ðarazitlik qiladi. Bunda qon

kaðillarlari endoteliysida xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi.

Odam rikketsiyalarni asosan qon so‘ruvchi hasharotlar (bitlar,

burgalar, kanalar) orqali yuqtirib oladi. Rikketsiyalar ularning

(bitlar, burgalar) najaslari yoki so‘lak bezlari sekretlari (kanalar)

orqali tashqariga chiqadi. Birinchi holatda kasallik bitlar va burgalar

fekaliyalarida bo‘lgan rikketsiyalarning yaralar yoki terining tir-

nalgan joylariga tushishi, ikkinchi holatda esa — kanalar chaqishi,


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling