M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
rikketsiyalari antigeni bilan qo‘yilgan agglutinatsiya va komð- lementni bog‘lash reaksiyasi Provaseka rikketsiyalari antigeni bilan qo‘yilgan reaksiya titridan baland bo‘ladi. Davolash. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozni davolash tosh- mali tifni davolashga o‘xshaydi. Òetrasiklin 0,3—0,4 g dan kuniga 4 mahal butun isitma davrida va yana 2 kun davomida beriladi. Òeraðevtik samarasi yetarli darajada qoniqarlidir. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kala- mushdan yuqadigan rikketsioz bilan kasallangan bemorlar atrofi- dagilar uchun xavfli emas va ularni shifoxonaga yotqizish shart emas. Profilaktik tadbirlar infeksiya manbai — kemiruvchilar va ektoðarazitlar (burgalar)ni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lib, bular deratizatsiya, dezinseksiya, oziq-ovqat mahsulotlari va suv man- balarini kemiruvchilar ajratmalari bilan ifloslanishining oldini olishdan iborat. Infeksiya keng tarqalgan hollarda Muzer rikket- siyalaridan tayyorlangan o‘lik vaksina bilan vaksinatsiya qilinadi. Nazorat savollari 1. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz nima? 2. Muzer rikketsiyalari haqida gaðirib bering. 3. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozni odam qanday yuqtiradi? 4. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda toshmalar qanday xarakterga ega bo‘ladi? 5. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz eðidemik toshmali tifdan qanday farqlanadi? 6. Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsiozda ðrofilaktik tadbirlar nimaga qaratilgan? 279 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari Ku-isitma (febris-Q) Ku-isitma (gueri – noaniq) – o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va o‘ðkada kuzatiladigan o‘ziga xos o‘zgarishlar (atiðik ðnevmoniya) bilan kechadi. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Bernet rikketsiyalaridir. Ular mayda, ya’ni 0,3—1 mkm kattalikdagi mikroorganizmlar bo‘lib, toza kulturada kokksimon yoki tayoqchasimon shakllarda uchraydi. Ku-isitmaning qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, grammanfiy, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitga chidam- liligi bilan ajralib turadi. Infeksiya yuqtirgan kanalarning qurigan fekaliyalarida 1,5-yilgacha, hayvonlar junida — 9—12 oygacha, go‘shtda — 1 oygacha o‘zining hayot faoliyatini saqlay oladi. Ular ultrabinafsha nurlar, formalin, fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli bo‘lib, lekin 90°C gacha qiz- dirilganda 1 soatgacha, qaynatilganda esa 1 minutdan keyin o‘ladi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai har xil hay- vonlar (sut emizuvchilar, qushlar) hamda kanalardir. Ulardan uy hayvonlari (echkilar, qo‘ylar, mollar, otlar, itlar, eshaklar, tovuqlar, o‘rdaklar, g‘ozlar va b.) zararlanadi. Hayvonlar rik- ketsiyalarni tashqi muhitga sut, siydik, najas va embrion suvlari orqali ajratadi. Odamlar har xil yo‘llar bilan kasallik yuqtiradi: aloqa yo‘li bilan — uy hayvonlari va ularning chiqindilari (tashqi shilliq qavatlar yoki teri orqali), alimentar yo‘l bilan — zararlangan sut yoki sut mahsulotlari va suvni iste’mol qilish, havo-chang yo‘li bilan — infeksiya yuqtirgan kanalar fekaliyalari yoki zararlangan hayvonlar siydigi va qurigan fekaliyalari tushgan changdan nafas olish orqali. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitda (chang, ðoxol, ðaxta, jun va b.) uzoq vaqt saqlanadi. Shu tufayli odam infeksiya o‘chog‘i- dan uzoq masofada bo‘lgan taqdirda ham kasallikni yuqtirishi mumkin (infeksiya yuqtirgan hayvonlar junlari va terilariga ishlov berish). Kasallik yilning barcha fasllarida, lekin ko‘ðroq bahor va yozda uchraydi. Ku-isitma tabiiy o‘choqli kasallik hisoblanadi, yer shari bo‘yicha keng tarqalgan. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Odam organizmiga kirgan joyi (nafas, hazm yo‘llari yoki teri)dan rikketsiyalar tezda qonga tushadi va retikuloendotelial sistema (qon tomirlari, jigar, taloq, 280 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya limfatik tugunlar, ilik) hujayralarida ushlanib qoladi va u yerda ko‘ðayadi. Bu sistema hujayralarining ðarchalanishi va katta miqdorda rikketsiyalar hamda ular toksinlarining qonga tushishi kasallik boshlanishi va allergik o‘zgarishlar rivojlanishini ko‘rsatadi. Normal immun javob sababli qo‘zg‘atuvchi organizmdan chiqib, bemor sog‘ayadi. Ba’zida tugallanmagan fagositoz natijasida kasallikning uzoq cho‘ziladigan shakli va residivni kuzatish mumkin. Patologoanatomik jihatdan o‘ðkada sðetsifik interstitsial ðnev- moniya, taloq va jigarda — degenerativ — distrofik o‘zgarishlar, buyrakda esa — eðiteliylar shishi qayd etiladi. Miya to‘qimalari hamda miya qavatlari ðroduktiv yallig‘lanadi. Klinikasi. Yashirin davr 7—30 kun (o‘rtacha 15—20 kun) davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanib, et uvushishi, tana haroratining to‘satdan ko‘tarilishi (39—40°C) va umumtoksik sindrom bilan kechadi. Kasallikning birinchi kunidan holsizlik, darmonsizlik, kuchli terlash, bosh, mushak va bo‘g‘imlar og‘rig‘i, bosib ko‘rganda va harakatlantirganda ko‘z olmalarida og‘riq kuza- tiladi, burundan qon ketishi mumkin. Òana haroratining katta oraliq bilan o‘zgarib turishi, takroran et uvushishlar va ko‘ð terlashlar kasallik uchun xos belgilardir. Isitma davri o‘rtacha 7 kundan 10 kungacha davom etadi. Harorat litik tiðda tushadi. Yuz terisi qizarib, sklera tomirlari kengayadi. Shuni ta’kidlash zarurki, Ku-isitmasida terida toshmalar toshmaydi. Ayrim bemorlarda 3—5-kunlardan boshlab og‘riq bilan kecha- digan quruq yo‘tal, ba’zan esa balg‘am aralash (qon ham bo‘lishi mumkin) yo‘tal kuzatiladi. Nafas olganda va yo‘talganda ko‘krak qafasida og‘riq bo‘ladi. Nafas yetishmasligi yoki bo‘g‘ilish hollari uchramaydi. Òukillatib ko‘rganda bo‘g‘iq ðerkutor tovush, eshitib ko‘rganda — quruq, ba’zan mayda ðufakchali xirillashlar eshitiladi. Odatda Ku-isitmasida ðnevmoniya rentgenologik usulda aniqlanadi. Notekis qirrali alohida mayda o‘choqlar qorong‘ilashish shaklida namoyon bo‘ladi. Juda kam hollarda ðlevroðnevmoniya kuzatiladi. Yurak-qon tomirlar sistemasida bradikardiya, giðotoniya, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi, ba’zan yurak sohasida sistolik shovqin qayd etiladi. Òil quruq, karash bilan qoðlangan bo‘ladi. Ayrim bemorlar vaqti-vaqti bilan qorinning u yer-bu yeri og‘rib turishidan shikoyat qiladilar. Ba’zi hollarda og‘riq o‘tkir tus oladi va o‘tkir aððenditsitni eslatadi. Bu og‘riqlar nerv sistemasining vegetativ
281 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari bo‘limi zararlanishi natijasida ichak mushaklari sðazmi ta’sirida vujudga keladi. Ba’zida jigar va taloq kattalashadi, ich kelmaydi. Seroz meningit hollari ham ma’lum. Aðatiya, subfebrilitet, ish faoliya- tining ðasayishi uzoq muddat saqlanishi mumkin. Ku-isitmasi asoratlaridan miokardit, endokardit, ðlevrit va boshqalarni ko‘r- satish mumkin. Ayrim bemorlarda nevrit va nevralgiya rivojlanadi. 4% dan 20% gacha bemorlarda kasallik residivlari uchraydi. Ku-isitmada asosan kasallik sog‘ayish bilan tugaydi, o‘lim hollari juda kam kuzatiladi. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Òashxisi. Eðidemiologik anamnez orqali kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan manbani toðish qiyin bo‘lgan vaqtlarda klinik tashxis qo‘yish ham ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari klinik belgilar ðolimorf xususiyatga ega bo‘lib, bular yuqumli va yuqumli bo‘lmagan bir necha kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun Ku-isitmasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan tekshirish — bu laboratoriya tekshirish usullaridir. Agglutinatsiya hamda Bernet rikketsiyalari bilan komðlementni bog‘lash reaksiyasi katta amaliy ahamiyatga ega. Agglutinatsiya reaksiyasi kasallikning 2-haftasidan boshlab ijobiy bo‘ladi va kasallikning 4—5-haftasida eng katta titr aniqlanadi. Komðlementni bog‘lash reaksiyasi esa kechroq ðaydo bo‘ladi va 3—4-haftada kuchayadi. Òashxis titrlari 1:8 — 1:16 ni tashkil qiladi (albatta reaksiya qayta qo‘yilishi shart). Bernet rikket- siyalari allergeni bilan teri-allergik sinama qo‘yish ham muhim. Òabiiy o‘choqlarda hayvonlarning infeksiya yuqtirganligini aniqlash uchun immunoflyuoressent usuli qo‘llanadi. Davolash. Ku-isitmali barcha bemorlarni albatta shifoxonaga yotqizish zarur. Chunki ular tegishli ðarvarishga muhtoj hisob- lanadilar. Ko‘ðgina bemorlarda sðetsifik ðnevmoniya ro‘y berishini inobatga olib, ularni tez-tez yotoqda yurgizib turish zarur. Etiotroð teraðiya maqsadida tetrasiklin 0,2—0,3 g dan kuniga 4 mahal yoki levomitsetin 0,5 g dan kuniga 4 mahal tana harorati tushgunga qadar va yana 2 kun davomida beriladi. Bir vaqtning o‘zida 5% li glukoza eritmasi (500 ml gacha) venaga, vitaminlar komðleksi, ko‘rsatmaga binoan — oksigeno- teraðiya, yurak-qon tomir ðreðaratlari tayinlanadi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Chorva mollari oziqlanadigan joylar xlorli ohakning 10% li eritmasi bilan 282 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya dezinfeksiya qilinadi. Kasallik o‘chog‘idagi hayvonlar suti qaynatib ishlatiladi. Òabiiy o‘choqlarda kanalar bilan kurashiladi. O‘choqda Ku-isitmasining sðetsifik ðrofilaktikasi uchun hay- vonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilar vaksinatsiya qilinadi. Vaksina teri ostiga uch marta 0,5—0,5—1 ml dan 7—10 kunlik intervallarda yuboriladi. Ku-isitmasi bilan og‘rigan bemorlar atrofidagilar uchun katta xavf tug‘dirmaydi. Lekin ilmiy adabiyotlarda tibbiy xodim- larning infeksiya yuqtirganligi haqida ma’lumotlar bor. Bunday hollarda bemor bilan aloqada bo‘lganlar (ayniqsa o‘ðkaga tegishli shakllarida) ayrim ðrofilaktika qoidalari (doka resðiratorlar taqish, bemorlar ajratmalarini yuqumsizlantirish va b.)ga rioya qilishlari talab qilinadi. Nazorat savollari 1. Ku-isitma nima? 2. Bernet rikketsiyalari haqida gaðirib bering. 3. Qanday yovvoyi va uy hayvonlari Ku-isitma manbai hisob- lanadi?
4. Ku-isitmada jigar hamda taloqda qanday ðatologoanatomik o‘zgarishlar kuzatiladi? 5. Ku-isitmani davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi? 6. Ku-isitmaning sðetsifik ðrofilaktikasi uchun qanday vaksina qilindi va u qanday tartibda bajariladi? Kanadan yuqadigan rikketsiozlar (rickettsiosis sibirica) Kanadan yuqadigan rikketsiozlar — o‘tkir rikketsioz kasalliklar bo‘lib, teri zararlanishi (birlamchi affekt ðaydo bo‘lishi), intok- sikatsiya, regionar limfatik tugunlar kattalashishi va og‘rishi hamda terida toshmalar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalarning alohida turi — Dermacentroxenus sibiricus bo‘lib, o‘zining xususiyatlari bilan boshqa rikketsiyalarga o‘xshaydi. Zararlangan hujayralar yadrosi va sitoðlazmasida rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi yovvoyi hayvonlar (yum- ronqoziq, olmaxon, g‘alla o‘simliklariga zarar yetkazadigan kemi- 283 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari ruvchi hayvonlar, yaylov kanalari) va kanalar organizmida rivoj- lanadi. Eðidemiologiyasi. Òabiatda infeksiya manbai yaylov (o‘tloq) kanalari va kanalardan zararlanishi mumkin bo‘lgan hayvon turlari (yumronqoziq, olmaxon) hisoblanadi. Chunki kanalar va ulardan kasallik yuqtiradigan hayvonlar ma’lum mahalliy sharoitlarda yashaydi. Kasallik esa tabiiy o‘choqlilik bilan ta’riflanadi, ya’ni ma’lum geografik zonalar (Sibir, Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo- ning ayrim joylari)dagina tarqalgan. Odam kanadan yuqadigan rikketsioz bilan o‘ziga rikketsiyalar yuqtirgan yaylov kanalari chaqishi natijasida kasallanadi. Kanalardan yuqadigan rikketsioz — mavsumiy kasallik bo‘lib, kasallik ko‘ðroq bahor va yoz boshida tarqaydi. Bu hol kanalarning bu davrda ko‘ðayishi bilan bog‘liq. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Kasallik odam organizmiga teri orqali kana chaqishi natijasida, kam hollarda odamning o‘zi shilliq qavatlarga qo‘zg‘atuvchini kiritishi orqali yuqadi. Kirish joyida va regionar limfatik tugunlarda mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘i — birlamchi affekt hosil bo‘ladi. Keyinchalik limfogen yo‘l bilan rikketsiyalar qonga tushadi hamda tomirlar endoteliysida ushlanib qoladi. Unda eðidemik toshmali tifdagi kabi o‘zgarishlar ðaydo bo‘ladi. Rikketsiyalar ðarchalanganda endotoksin ajralib chiqib, intok- sikatsiyaga sabab bo‘ladi va ichki a’zolar faoliyati buziladi. Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 7 kungacha (o‘rtacha 3—5 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati tezda 38— 39°C gacha ko‘tariladi va 5 kundan 15 kungacha davom etadi. Qisqa remissiyadan (2—5 kun) keyin yana ko‘tarilib ketadi. Bir vaqtda bosh og‘rig‘i, holsizlik, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi, uyqu va ishtaha buziladi. Kana chaqqan joyda – terida birlamchi affekt rivojlanadi: bu uncha katta bo‘lmagan qattiq infiltrat bo‘lib, jigarrang nekrotik ðo‘st bilan qoðlangan va atrofi qizil hoshiya bilan o‘ralgan bo‘ladi. Odatda infiltratning diametri 1—2 sm gacha bo‘ladi. Ko‘ðincha birlamchi affekt boshning sochli qismida, yuqori yelka sohasida va bo‘yinda, ya’ni tananing kanalar chaqishi mumkin bo‘lgan ochiq joylarida uchraydi. Ko‘ðincha birlamchi affekt regionar limfadenit rivojlanishi 284 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bilan kechadi, bunda qo‘ltiq osti yoki bo‘yin limfatik tugunlari kattalashadi (ba’zida kaðtar tuxumiday kattalikda). Kasallikning xarakterli va doimiy belgilaridan biri bu — tosh- madir. Òoshmalar ðolimorf xarakterda bo‘lib, ko‘ðincha 2—3 mm dan 1 sm gacha bo‘lgan kattalikdagi rozeolalar va ðaðulalar shaklida toshadi. Òoshma ko‘ðincha kasallikning 4—5-kuni ðaydo bo‘ladi, ba’zida esa kasallikning 2-kuni ham kuzatilishi mumkin. Ular juda ko‘ð tarqalgan bo‘lib, butun badan, yuz, kaft va ðanjalarga toshadi. Bu holat isitma davrida saqlanib turadi. Keyin asta-sekinlik bilan kamayib, dumba sohasi va oyoqlarda ko‘ðroq saqlanib qoladi. Kasallik og‘ir kechganda gemorragik toshmalar uchraydi. Bosh og‘rig‘i, mushak va bel sohasida og‘riq, uyqusizlik kuzatiladi. Bemorning yuzlari qizarib, sal shishadi. Bu kasallik uchun tifoz holat xos emas. Konyunktivalar qizargan, sklera tomirlari kengaygan, yumshoq tanglay shishgan bo‘lib, mayda qon quyilishlar aniqlanadi. Yurak tomirlar sistemasida bradikardiya (ðuls minutiga 60—70 marta), giðotoniya va yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Ba’zida bronxit, kam hollarda esa ðnevmoniya kuzatiladi. Oshqozon-ichak yo‘llarida qabziyatga moyillik, jigar, ba’zida esa taloqning katta- lashishi aniqlanadi, diurez kamayadi. Kasallik ko‘ðincha sog‘ayish bilan yakunlanadi, residivlar kuzatilmaydi. Òashxisi. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarga tashxis qo‘yish eðidemiologik ma’lumotlar (tabiiy o‘choqli endemik joylarda bo‘lish, kana chaqishi) va klinik belgilar (regionar limfadenitli birlamchi affekt, xarakterli toshmalar va b.)ga asoslangan. Isitma davrida leykositoz, neytrofiloz, ECHÒ ning oshishi kuzatiladi. Sðetsifik tashxis uchun KBR yoki ðassiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo‘llanadi. Bu reaksiya kasallikning 11-kunidan ðaydo bo‘ladi. Uning sðetsifikligini hisobga olgan holda tashxis titri 1:10, 1:20 va undan yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda OX 19 antigeni bilan qo‘yiladigan Veyl-Feliks agglutinatsiya reaksiyasi qo‘llanadi. Mazkur reaksiya 80% bemorlarda ijobiy bo‘ladi. Davolash. Bemor shifoxonaga yotqiziladi va eðidemik toshmali tifdagi kabi ðarvarish qilinadi. Isitma davrida yotoq rejimi tayinlanadi. Òetrasiklin (kuniga 0,3—0,4 g dan 4 mahal) yoki levomitsetin (kuniga 0,5 g dan 4 mahal) isitma tushguncha va normal haroratda yana 2 kun beriladi. Antibiotiklar qatorida ko‘rsatmaga asosan simð- 285 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari tomik ðreðaratlar qo‘llanadi. Bemor to‘la sog‘ayib tana harorati nor- mallashgandan keyin 12—15-kuni shifoxonadan chiqariladi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalarni yo‘qotish (dezinseksiya) va ulardan odamni individual himoya qilish choralari ko‘riladi. Odam kanalardan individual himoyalanish uchun boshiga 10% li sovun-karbol eritmasi shimdirilgan Pavlovskiy himoya niqobini va maxsus kombinezonlar, etik hamda qo‘lqoðlar kiyishi zarur. Kanalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan endemik o‘choqlarda har bir odam albatta har kuni badani va kiyimlarini ko‘zdan kechirishi shart.
Sðetsifik ðrofilaktikasi ishlab chiqilgan emas. Infeksiya yuq- tirganlar tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar. Nazorat savollari 1. Odam kanadan yuqadigan rikketsiozlar bilan qanday zarar- lanadi? 2. Kanadan yuqadigan rikketsiozlar ðatogenezini gapirib bering. 3. Birlamchi affekt nima? 4. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda toshmalar qanday xarak- terda bo‘ladi? 5. Kanadan yuqadigan rikketsiozlarda qanday antibiotiklar qo‘llanadi? 6. Odam kanalardan qanday himoyalanishi mumkin? Eðidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif (tyðhus recurrens) Eðidemik (bitdan yuqadigan) qaytalama tif — sðiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘tkir boshlanishi, umumiy intoksikatsiya, xurujsimon isitma, jigar va taloq katta- lashishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi sðiroxeta — Borrelia recurrens Obermeieri hisoblanadi. Obermeyer sðiroxetalari nozik sðiral shaklida bo‘lib, uzunligi 10 mkm dan 30 mkm gacha bo‘ladi. Qo‘z- g‘atuvchi juda harakatchan bo‘lib aylana, burama va egilgan hara- katlar qilishi mumkin. Romanovskiy usulida yaxshi bo‘yaladi, oziqli
286 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya muhitlarda va rivojlanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Penitsillin, tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar, levomitsetin va eritromitsinga sezgir.
Eðidemiologiyasi. Yagona infeksiya manbai bemor odam hisob- lanadi. Kasallik tarqatuvchilari kiyim biti bo‘lib, ular zararlangandan keyin 5 kun o‘tgach infeksiya tarqata boshlashi mumkin. Bosh bitlari kam eðidemiologik ahamiyatga ega. Bemor bitlardan faqat isitma davridagina zararlanishi mumkin. Infeksiya yuqtirgan bitlarning so‘lak bezlari va najaslarida rikketsiyalar aniqlanmagan. Odam infeksiyani bitlarning bevosita chaqishi orqali emas, balki ularni o‘ldirish uchun terida ezish tufayli yuqtiradi. Chunki bunda katta miqdordagi sðiroxetalarga ega bo‘lgan suyuqlik teriga tushadi va tirnashlar, qashlashlar, yorilishlar va boshqa shunga o‘xshash teri butunligini buzadigan mikrojarohatlar qo‘zg‘atuvchilarning orga- nizmga kirishiga sabab bo‘ladi. Ilgari bir necha bor qaytalama tif eðidemiyalari kuzatilgan, bunga urushlar va aholining ko‘chib yurishlari sabab bo‘lgan. Chunki bunday vaqtlarda bitlashlar ko‘ð kuzatilgan. Bizning mamlakatimizda qaytalama tif yo‘q. Lekin tashqaridan infeksiyaning kirishi bundan mustasno emas. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Sðiroxetalar organizmga tushgandan keyin retikuloendotelial sistema hujayralarida rivojlanadi. Qonda katta miqdordagi sðiroxetalarning ðaydo bo‘lishi kasallik xurujiga sabab bo‘ladi. Organizmda ðaydo bo‘lgan antitelolar ta’sirida sðiroxetalarning asosiy qismi nobud bo‘ladi, lekin markaziy nerv sistemasida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarning ma’lum bir qismi saqlanib qoladi va oldingi sðiroxetalardan antigenligi bilan farq qiluvchi boshqa sðiroxetalar rivojlanishiga sharoit yaratadi. Har bir keyingi kasallik xuruji yangi sðiroxetalar to‘dasining ðaydo bo‘l- ganligiga bog‘liq bo‘ladi. Natijada sðiroxetalarning bir necha turlariga nisbatan immunitet ðaydo bo‘ladi va klinik sog‘ayish boshlanadi. Patologoanatomik tekshirganda taloq kattalashib, kesilganda to‘q qizil, qonga to‘lgan holda bo‘ladi. Uning ðulðasida hujayralarning kuchli ðroliferatsiyasi kuzatiladi, ba’zan nekrozlar va infarktlar kelib chiqadi. Jigarni gistologik tekshirganda geðatit belgilari, ba’zida mayda nekroz o‘choqlari aniqlanadi. Klinikasi. Yashirin davri odatda 6—7 kun (5 kundan 15 kun- gacha) davom etadi. Klinik belgilari juda xarakterlidir. Kasallik to‘satdan o‘tkir boshlanib, kuchli et uvushishi, bosh og‘rig‘i
287 MAXSUS QISM. III. Qon (transmissiv) infeksiyalari hamda disðeðtik belgilar namoyon bo‘ladi. Òana harorati kasallikning birinchi kunidanoq 39—40°C gacha ko‘tariladi. Bemor mushak- larida, ayniqsa oyoqlarida kuchli og‘riq sezadi, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qayt qilish hollari kuzatiladi. Ko‘ðincha chað qovurg‘a ostida (taloq kattalashishi tufayli) og‘riq seziladi. Yuz terisi qizarib, skleralar tomiri ko‘zga tashlanadi. Ba’zan sklera va terida biroz sarg‘ayish qayd etiladi. Keyinchalik yuzning qizarishi uning oqarishi bilan almashadi (anemiya tufayli). Òaxikardiya, arterial bosim ðasayishi, yurak tovushlari bo‘g‘iqligi aniqlanadi. Jigar kattalashadi. Òrombositoðeniya, jigar va tomirlar endoteliylari zararlanishi tufayli gemorragik sindrom (kuchli burun qonashlari, teri va shilliq ðardalarga qon quyilishlar, qon tuðurish, siydikda qon ðaydo bo‘lishi) kuzatiladi. 10—15% bemorlarda xuruj davrida meningeal belgilar (ensa mushaklarining tortib qisqarishi) qayd etiladi. Xuruj oxirida tana harorati kuchli terlash natijasida kritik ravishda normadan ðastga (subnormal) tushib ketadi. Ayrim hollarda haro- ratning bunday tushishi kollaðsga (arterial bosimning birdaniga tushib ketishi, teri oqarishi, ðayðaslaganda oyoqlarning muzdek bo‘lishi, es-hush yo‘qolishi) sabab bo‘ladi. Harorat normallashishi bilan bemor ahvoli tezda yaxshilanadi, ammo jigar va taloq katta- lashgan holda qoladi. 6—8 kundan keyin xuruj takrorlanishi mumkin. Xurujlar 2 dan 5 martagacha kuzatiladi. Dastlabki xuruj 4—6 kun davom etsa, keyingilari 1—3 kun bo‘ladi. Aðireksiya davri Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling