157
va bu tajribalar natijasiga tayangan holda mavzuga oid nazariy bilimlarni
mustahkamlash.
63- ish. Qonni fibrindan tozalash va qon gemoglobinini vodorod
peroksidini parchalashiga oid benzidin bilan reaksiyasi.
Kerakli biomaterial: quyondan olingan qon, fibrinsizlantirilgan qon.
Kerakli jihozlar: qon olish uchun nina, paxta,stakan, shisha tayoqcha,
shtativ probirkalari bilan.
Kerakli reaktivlar: ksilol, benzidinning 5 %
li eritmasi, vodorod
peroksidining 3 % li eritmasi, distillangan suv, 96% li spirt.
Gemoglobin vodorod peroksidini
parchalash xossasiga ega, uning bu
xossasini tajriba yo‘li bilan isbotlash uchun qonni
defibrillangan holatga
keltirish lozim. Shu sababli qonni fibrindan xolis qilish talab qilinadi.
1-
tajriba.
Qondan
fibrinni
ajratish
va
defibrinlangan
(fibrinsizlantirilgan) qon olish.
Ishni bajarish tartibi. Bu xildagi qonni olish uchun quyonning
qulog‘ini junini qirib tashlab paxtaga spirtni xo‘llab
artiladi, so‘ng shu
joyni iliq suv bilan xo‘llangan paxta bilan artiladi va quruq paxta bilan
artib quritilgandan
keyin jarohatlanadi, hamda stakanga uning devori
bo‘ylab oqizdirib 10 ml qon yig‘iladi. Bu qonni shisha tayoqchani stakan
devoriga tekizmasdan asta-sekin aralashtiriladi
va uning tarkibidagi
fibrinni tayoqchaga o‘rab ajratib olinadi. Stakandagi qon fibrinsizlangan
bo‘ladi.
2-tajriba. Fibrinsizlantirilgan qon bilan benzidin reaksiyasi.
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib, birinchisiga 5 ml
fibrinsizlantirilgan qon, ikkinchisiga 5 tomchi distillangan suv tomiziladi .
So‘ng har ikkala probirkaga 5 tomchidan 5 % li benzidin eritmasi va 5 ml
dan 3 % li vodorod peroksidi qo‘shiladi.
Reaksya natijasida birinchi probirkadagi aralashma ko‘kimtir-yashil
rangga kiradi, ikkinchi probirkada esa o‘zgarish bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: