M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150
Kerakli reaktivlar: ksilol, benzidinning 5 % li eritmasi, vodorod 
peroksidining 3% li eritmasi, distillangan suv, diazoreaktiv ( tayyorlash: a) 
5 g sulfanil kislota 300-400 ml distillangan suvda biroz qizdirish yo‘li 
bilan eritiladi, ustiga 15 ml konsentrlangan xlorid kislota qo‘shiladi va 
hajmi 1 l ga yetkaziladi, bu Diazoreaktiv-I; b) natriy nitratning 0,5%li 
eritmasi, bu Diazoreaktiv-II. Reaksiyani amalga oshirish uchun 10 ml 
diazoreaktiv I ni 0,3 ml diazoreaktiv-II bilan aralashtiriladi), etil spirti, 
kofein reaktivi (tayyorlash: 5 g toza kofein, 7,5 g natriy benzoat, 70 ml 
distillangan suvda haroratni 80
o
C gacha qizdirish yo‘li bilan eritiladi, 
so‘ng aralashmani hajmi 100 ml ga yetkaziladi),bikarbonatning spirtli 
eritmasi(tayyorlash: 60 mg natriy bikarbonatva 0,3g natriy xlorid 25 ml 
suvda eritiladi va unga 75 ml etil spirti qo‘shiladi). 


159 
1-tajriba. Erkin bilirubinga oid rangli reaksiya 
 
Ishni bajarish tartibiAErkin bilirubinni aniqlash. Probirkaga 1 
ml qon zardobi,2 ml etil spirti solinadi va aralashma filtrlanadi. Filtrat 
ustiga 5 tomchi yangi tayyorlangan diazoreaktivning aralashmasi 
tomiziladi, natijada qizg‘ich-pushti rang hosil bo‘ladi. 
B) Bog‘langan bilirubinni aniqlash. Tagiga oq qog‘oz to‘shab 
qo‘yilgan soat oynachasiga 1 tomchi bog‘langan bilirubinli qon zardobi 
(konservalangan) 
tomizib 
ustiga 

tomchi 
yangi 
tayyorlangan 
diazoreaktivning aralashmasi qo‘shib shisha tayoqcha yordamida 
aralashtiriladi. Bunda bilirubinga xos qizil rang paydo bo‘ladi. 
2-tajriba. Yendrashek va Kleggori usulida qon zardobi 
tarkibidagi bilirubin miqdorini aniqlash 
Ishni bajarish tartibi. 1 ml qon zardobiga 1ml distillangan suv 
qo‘shiladi va uchta probirkaga bu suyultirilgan qon zardobidan 0,5 ml dan 
solinadi. So‘ng birinchi va ikkinchi probirkalarga 2 ml dan kofein 
reaktividan, uchinchi probirkaga 2 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasi 
solinadi. Bundan keyin birinchi va uchinchi probirkalarga 0,3 ml dan 
diazoreaktivdan, ikkinchi probirkaga 0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid 
eritmasidan qo‘shib, 10 daqiqa o‘tgandan keyin FEK da birinchi va 
uchinchi probirkalardagi aralashma ikkinchi (nazorat) probirkadagiga 
qarshi yashil svetofiltrda fotoelektrometrlanadi. Olingan ma’lumotlar 
kalibrlangan egri chiziq ma’lumotlaridan foydalangan xolda mg/% 
hisobidagi ko‘rsatkichga aylntiriladi. Erkin bilirubinning miqdorini 
umumiy bilirubin miqdoridan ayirish asosida bog‘langan bilirubin 
miqdorini keltirib chiqariladi. Kalibrlangan egri chiziqni chizish uchun 10 
mg bilirubinni 50 ml xloroformda eritiladi, bu eritmaning 1 ml da 0,2 mg 
bilirubin bo‘ladi. to‘rtta probirka olib ularning birinchisiga 0,1ml, 
ikkinchisiga 0,2ml, uchinchisiga 0,3 ml va to‘rtinchisiga 0,4 ml dan shu 
xloroformli standart eritmadan solinadi, ularga bikarbonat eritmasidan 0,8 
ml dan va diazoreaktivdan 0,3 ml dan qo‘shiladi. Probirkalardagi 
aralashmalar yaxshilab aralashtirilgandan so‘ng ularning har birini hajmi 
2,8 ml ga yetkaziladigan hajmda etil spirti qo‘shiladi. Aralashmalar 
yuqorida keltirilganidek yashil svetofiltrda fotokolorometrlanib, olingan 
ma’lumotlardan kalibrlangan egri chiziq chizishda foydalaniladi. 


160 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling